Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:12
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi
Onaning holati Gormonlar miqdorining ko'pligi ayol jismoniy va ruhiy holatiga katta ta'sir o'tkazmoda. Asta sekinlik bilan bel yo'qolishi boshlamoqda. Toksikoz alomatlari bo'lajak onani kuchli bezovta qilmoqda. Agar toksikoz tufayli ayol ko'p vazn yo'qotib, ko'p qusayotgan bo'lsa, u holda ginekologga murojaat qilish tavsiya qilinadi. Qusish natijasida ayolning suvsizlanishi homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Homilador ayollarda ich qotishi tez-tez uchrab turadi. Homiladorlikning 1-trimestrida ortiqcha kuchanish mumkin emas. Vujudga kelishi mumkin bo'lgan gemmoroyni oldini olish maqsadida ayol meva va sabzavotlar, qaynatilgan loviya, turshak va uning sharbati, olxo'ri sharbatidan iste'mol qilib turishi kerak. Homilador ayollarga klizma qilish man etiladi, chunki u bachadon mushaklariga ta'sir qilib homilani tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Yotishdan oldin 1 stakan qatiq ichish ham ich qotishini oldini oladi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 27-35 mm bo'lib, og'irligi taxminan 4 grammni tashkil qilmoqda. Homiladrolkning 10-haftasida homila tanasining umumiy parametrlari shakllanib bo'lib, keyingi 6.5 oyda ular rivojlanishda davom etadilar. Homilaning shu paytgacha mavjud bo'lgan "dum" i bu hafta yo'qoladi. Uning barmoqlarining har biri ajralib, endi tishga asos solinmoqda. Miyaning rivojlanishi har doimgidek keskin. Homilaning tashqi jinsiy a'zolari shakllanmagan bo'lishiga qaramay, o'gil bola homilada tuxumdonlari testosteron ishlab chiqarishni boshladilar. Homila pufagini to'ldirib turgan homila oldi suvlari (amniotik suyuqlik) taxminan 20 mlni tashkil qilib, uning ichida homila qulay joylashib o'tiribdi. Uning eritrotsitlarida har xil aglyutinogen (A, B, M,N va RH) lar paydo bo'lmoqda. Ular homilaning qon gruppasini asoslaydilar. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: