
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 11 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 11 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:10
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 11 haftasi
Onaning holati
Bu davrda onani quyidagi holatlar
bezovta qilishi mumkin:
- charchov;
- uyquchilik;
- tez-tez siydik qistashi;
- ko'ngil aynish va qusish;
- so'lakning ko'p ajralishi;
- jig'ildoq qaynashi;
- gaz yig'ilishi;
- ko'krak bezlarining o'zgarishi
(kattalashgani, tajanglashgani,
ko'krak uchinining chiqib qolishi,
va rangi o'zgarishi);
- qorin va oyoqlarda tomirlarning
kengayishi;
- bosh og'rishi;
- kayfiyatning o'zgaruvchanligi.
Har kuni kamida 2-3 soat
davomida toza havoda aylanib
yurish, chiroyli narsalarga qarab,
yoqimli musiqa eshitish haqida
unutmang.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi - 55 mm,
og'irligi 7 gramm atrofida.
Homila nafaqat qimirlayapti, balki
onaning harakatlari (kulishi,
yo'talishi)ga javob ham
qaytarmoqda. Uning qo'lchalari
ushlash harakatlarini amalga
oshirmoqda. Endi homila hid seza
oladi. Ona yeyayotgan ovqatning
hidini homila ham his eta oladi.
Qon-tomir tizmi shakllanishni
tugatmoqda. Shakllanish
jarayonida onaga tashqi
muhitning salbiy ta'siri homilada
yurak kasalliklar paydo bo'lishiga
olib kelishi mumkin. Shuning
uchun 1-trimestr homilani himoya
qilish va tashqi muhitdan
asrashda eng muhim davr. Tashqi
muhit ta'siriga har xil dori
vositalarni qabul qilish ham kiradi.
Homilaning ko'zlari rivojlanib
bo'ldi, lekin hali jajji ko'z qovoqlari
bilan qoplanib turibdi. Eng asosiysi
bu davrda uning og'iz va ichak
tizimi butunlay shakllanib bo'ldi.
Miyaning ikkala yarimsharlari
shakllanib rivojlanishda davom
etmoqda.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар