Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:10
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi
Onaning holati Bachadon taxminan 10 smga kattalashgan bo'lib, toz qismiga sig'may qorin tomon ko'tarilmoqda. Endi ultra tovushli diagnostika yordamida shifokor homila razmerlarini va tug'ish muddatini aniqroq aytib berishi mumkin. Sizning yuragingiz urishi bir oz tezlashgan, chunki qon aylanishi kuchaygan. Hozirdan qaddingizni rostlab yurishga o'rganing, bukchaymang. Qorin kattalashgan sari o'zingizni to'g'ri ushlab turishingiz foyda bo'ladi. Ba'zi ayollarda ko'krak o'g'riqlari sezilishi mumkin. Asta sekinlik bilan toksikoz kamayishi kuzatilmoqda. Ovqatlanishingizga ahamiyat bering. Meva va sabzavotlar kundalik rasioningizda juda ko'p va xilma xil bo'lishi kerak. Shifokor bilan maslahatlashgan holda homilador ayollar uchun maxsus gimnastika, yoga yoki suzish bilan shug'ullanishni boshlasangiz bo'ladi. Sizning vazningiz tahminan haftasiga 0.5 kgga oshib bormoqda. Shirinliklardan nariroq bo'ling. Quyidagilarni his qilsangiz shifokorga murojaat qiling: - qindan ko'p miqdordagi ajralishlar, ayniqsa hidli bo'lsa; - qorindagi o'tkir og'riq; - qon ketishi. Bolaning holati homila 12 hafta UTD Homilaning uzunligi 70-90 mm, og'riligi 14-15 gramm. Bola keskin rivojlanib va o'sib kelmoqda. Oxirgi uch hafta ichida u 2 barobar kattalashgan. Homilaning boshi hali ham tanasiga nisbatan kattaroq bo'lishiga qaramay, u tobora odamchaga o'xshab ketmoqda. Bolaning harakatlari ko'paygan: endi u o'z barmoqlarini so'ra oladi, uyqusizlik payti o'g'zini ochib yopadi, qo'l va oyoqlarini qimirlatadi. Endi u tashqi muhitdagi tovush va harakatlarga javoban reaksiya qiladi. Shu davrdan e'tiboran homiladorlar uchun mo'ljallangan maxsus klasik musiqa tinglashni boshlang. Bu davrda bolaning deyarli barcha a'zolari shakllanib bo'lib, endi u tashqi muhit salbiy ta'siriga, xususan, ona ichayotgan dori vositalarga va infeksiyalarga bardoshliroq. Homilaning oyoq va qo'llari barmoqlarigacha to'liq shakllanib bo'ldi. Barmoqlarida tirnoq o'sishni boshladi. Homila atrofidagi suyuqlikni ichib yuta olmoqda, u hattoki siyadi ham. Quloqlari endi aniqroq belgilanmoqda. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: