Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:08
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi
Onaning holati Homiladrolkning eng chiroyli davri boshlandi. Bu davrda onani deyarli hech narsa bezovta qilmaydi. U o'zining bo'lajak ona bo'lishidan bahramand bo'lib yuradi. Bachadon tobora qorin qismi tomon ko'tarilib kindikdan yuqorida ekanligi bilinmoqda. Organizmdagi gormonal o'zgarishlar sizda namoyon bo'lmoda. Ba'zi ayollarda kindikdan boshlab pastga tomon ingichka to'q rangli chiziq - "linea negra" - paydo bo'lishi mumkin. Homiladorlikdan so'ng u o'tib ketadi. Bu davrda burun oqish yoki burundan qon oqishi qonda progesteron va estrogenlarning ko'payganidan vujudga keladi. Bu holatni yengillashtirish uchun havo namlagichlardan foydalanish va burunni vazelin bilan artib turish tavsiya etiladi. Ovqat rasionida vitamin C ga boy mahsulotlarning ko'pligi tomirlarni kuchaytirib qon oqishini oldini oladi. Qo'shimcha vitaminlar ichishdan ehtiyot bo'ling, ular bolaning vaznini ko'payib ketishitishi, unda har xil teri kasalliklarini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bu davrda odatda quyidagilar qilinadi: - ayol vazni va qon bosimi o'lchanadi; - oqsil va qand darajasini aniqlovchi siydik analizi qilinadi; - homila yurak urishi aniqlanadi; - bachadon rezmerlari aniqlanadi; - ayolning qo'l va oyoqlari tomirlar varikoz kengayishi yoki shishlar vujudga kelganligiga tekshiriladi; - bo'lajak onani bezovta qiladigan barcha savollar aniqlanadi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 12-13 sm, vazni 90-100 grammni tashkil qiladi. Homilaning yuzi tobora o'zgarmoqda. Uning lo'njlari va kanshari belgilanmoqda. Quloqlari bo'yindan tobora bosh tomon yaqinlashmoqda. Ko'zlarning orasidagi masofa oldingi singari katta emas. Bu davrning asosiy ko'rsatkichi bo'lib bolaning barmoqlarida lanugo-mikroskopik rasm paydo bo'lishidir. Bu rasm keyinchalik inson barmoq izlariga aylanadi. Lanugodan tashqari bolaning qoshlari paydo bo'lmoqda. Ushbu hafta ichki organlar uchun juda muhim. Qalqonsimon bezi gormon ishlab chiqarishda davom etmoqda. Qiz bolalarda tuxumdoni qorin qismidan toz qismiga tushdi. Endi bola amniotik suyuqlikka siymoqda. Undan tashqari amniotik suyuqlikni o'pkalariga nafas olish harakatlarini qilayotgan chog'i kirg'azib yubormoqda. Shunisi qiziqki, amniotik suyuqlik har 3 soatda yangilanadi. Lekin u qaerdan va qanday ishlab chiqilishi hali ham to'liq aniq emas. Agar jigar oldin faqat qon ishlab chiqarish funksiyasini bajargan bo'lsa, endi u hazm qilish tizimida ham o'z o'rnini egalladi. Qonning barcha to'qimalari shakllanmaganligiga qaramay, hozirdan qonning guruh va rezusini aniqlash mumkin. Ichaklarda dastlab chiqindilar paydo bo'lmoda, lekin ular hozircha faqat safrodir. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: