Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:07
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi
Onaning holati O'sayotgan homilaga joy bo'lishi uchun sizning bachadoningiz tobora kengayib bormoqda. Homila oldi suvlarning miqdori bu haftaga kelib 250 ml ni tashkil qiladi. Odatda homiladorlikning 16-20 haftasida ko'plab test va analizlar topshiriladi. Aynan shu davrda AFP va uchlamchi test amalga oshiriladi. Bu testlar xavfsiz bo'lib Daun sindromi, spina bifida(umurtqa kasalliklari) va boshqa kasalliklarga xatar borligi yo yo'qligini aniqlaydi. Agar test natijalariga ko'ra, onaning qonidagi ko'rsatkichlar normadan chetlashgani, chuqurroq tekshiruvlar, masalan, amniosentez muolajasi amalga oshiriladi. Statistikaga qaraganda, analiz topshirgan 1000ta ayol ichidan 50 tasida qon testlari normadan uzoqlashganini aniqlanadi, shulardan faqat 1-2 tasida keyingi tekshiruvlar natijasi haqiqiy kasallik borligini aniqlab beradi. Sizning ko'krak bezlaringiz ishlashni boshladilar, shuning uchun ko'krak sezuvchan bo'lib, ozgina shishmoqda. Ko'krak bezlari tomon qon o'tishining kuchayishi natijasida ko'krak qon tomirlari teridan aniqroq ko'rinib turmoqda. Belingiz deyarli yo'qolgan bo'lib qorin asta dumoloqlashmoqda. Sizning hissiyotlaringiz: Kayfiyatingiz juda yaxshi. Tez-tez xursand bo'lib hayajondasiz. Teringizda o'zgarishlar paydo bo'lgan (dog' tushishi, ko'krak uchining rangi to'qlashi, qorinda dog'lar). Bu alomatlar homiladorlikdan so'ng o'tib ketishi kerak. Homila o'sgan sari sizning ishtahangiz oshib boryapri. Kundalik kiyimingiz siqishni boshlagani bilan homiladorlarning kiyimini kiyishga hali erta. Talab etilsa, temir preparatlarini va vitaminlarni ichishni boshlasangiz bo'ladi. Agar sizda bundan oldin homiladorlik bo'lgan bo'lsa, u holda siz bu haftada bolaning birinchi qimirlashini sezishingiz mumkin bo'ladi. Agar bu birinchi farzandingiz bo'lsa, u holda yana 2 haftacha kutishga to'g'ri keladi. Vazningiz 2.5 kg ga oshgan bo'lishi kerak. Bolaning holati Homilaning uzunligi 16 sm bo'lib, og'irligi 85-100 grammni tashkil qilmoqda. Uning qosh va kipriklari paydo bo'lgan bo'lib, uning badani momiq bilan qoplangan. Qo'l va oyoq bo'g'imlari shakllanib suyak qattiqlanishni boshlanmoqda. Jinsiy a'zolaridan bolaning jinsini aniqlash mumkin. Lekin buni Ultra tovushli diagnostika ham hali aniq bilib bera olmaydi. Bolaning ko'krak qismi nafas olish harakatlarini qilmoqda. Bola barmog'ini sormoqda. U hozir juda ko'p harakat qilishi bilan siz hali buni sezmasligingiz mumkin. Uning yuragi sizning yuragingizdan 2 barobar tezroq urmoqda. Homiladorlikning 14 chi haftasidan so'ng ginekolog buni maxsus stetoskop yordamida eshita oladi. Hali ham bolaning boshi tanasiga nisbatan katta. Uning bo'yni yanada yaqollashdi. Bolaning tirnoqlari butunlay shakllanib bo'ldi. U har 40-45 daqiqa siydik pufagini bo'shatmoqda. Endi bola organizmi ishlash faoliyatiga buyraklar qo'shildi. Endi siydik ishlab chiqarishni ular o'z zimmasiga olgan. Bola kosmonavt singari homila oldi suvlarida bemalol mazza qilib suzib yurmoqda. Ichki sekretsiya bezlari takomillashib borib, bolaning buyrak usti bezlari gormon ishlab chiqarmoqda. Bu gormonlar bola organizmining umumiy gormonlar darajasiga o'z hissasini qo'shmoqda. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: