Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:07
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi
Onaning holati O'sayotgan homilani oziqlantirishda yo'ldoshga yordam beruvchi sizning yurak faoliyatingiz 40%ga oshgan. Kuchli qon aylanish kichik qon tomirlariga og'irlik qilishi mumkin. Shuning uchun burundan qon oqishi yoki milklar qonashi shu davrda tez-tez kuzatilib turishi mumkin. Bachadoningiz kindikdan 3.8-5 sm pastroqda joylashgan. Homiladorlik davrida onaning qon bosimi o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Odatda homiladrolikning dastlab davrida u biroz pasaygan bo'lsa, homiladorlikning 7-oylaridan so'ng ko'tarilishni boshlaydi. Homiladorlik davrida qon bosimining ko'tarilganligiga quyidagilar sabab bo'ladi: asabiylashish; tez yurish; vahima; vaznning tez oshishi; organizmda suv qolib ketishi natijasida qo'l va oyoqlarning shishi; siydikda oqsil paydo bo'lishi. Agar sizda qon bosimingiz tez-tez ko'tarilib turayotgan bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berishingiz kerak. Undan tashqari iloji boricha asabiylashmay, vahimaga tushmay yaxshi narsalar haqida o'ylab, chiroyli niyatlar qilib yurishingiz foydali bo'ladi. Homiladorlikning 2-trimestrida anemiya (kamqonlik) holati ham uchrab turadi. Anemiya haqiqatan mavjudligini shifokor analizlardan bilib oladi. Anemiyani oldini olish uchun homilador ayol temir moddasiga boy mahsulotlardan iste'mol qilishi kerak. Agar shifokor lozim topsa homiladorlarga mo'ljallangan temirga boy maxsus temir preparatlarini qabul qilishi kerak bo'ladi. Odatda homilanining temirga bo'lgan ehtiyoji birinchi navbatda qondiriladi. Shuning uchun anemiyasi bor homilador ayollar tuqqan bolada temir kamchiligi kuzatilishi juda kam. Lekin ba'zida bola muddatidan oldin yoki kichik vazn bilan tug'ilib qolishi mumkin. Bolaning holati Bolaning uzunligi 17 sm Og'irligi - 142 gr Homila tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Yo'ldosh ham undan qolmay rivojlanishda davom etmoqda. Agar homiladorlikning boshida yo'ldosh ingichka parda shaklida bo'lgan bo'lsa, homiladorlikning oxiriga kelib qalinligi 2.5 sm lik devorlarga ega bo'lgan o'g'ir massaga aylanadi. 17 haftada yo'ldosh butunlay shakllanib bo'lgan bo'ladi. Uning qalin qon tomirlari orqali homilaga ozuqa yetkazilib berilmoqda. Shu haftada maxsus jigar rang yog' ajralib turadi. Bu yog' to'qimasining maxsus qatlami bo'lib, u organizm uchun muhim bo'lgan issiqlik aylanishida ishtiroq etadi. Ushbu davrda bolaning butun badani maxsus lanugo momig'i bilan qoplanadi. Bu keyinchalik insonning terisidagi betakror chiziqlarga aylanadi. Bolaning teri hali ham juda ingichka bo'lib, yog' qatlamlari mavjud emas. Lekin yog'lar asta sekinlik bilan yig'ilishni boshlayapti. Shu yog'lar bola tug'ilgandan so'ng badanini kerakli haroratda ushlab turishda yordam beradi. Endi bola yo'ldoshdan ko'ra og'irroq. Bachadondan tashqaridagi sho'lqinlar bolani hayron qoldirmoqda. Bolaning bo'yni aniq ko'rinmoqda. Ko'krak qismi nafas olish harakatlarini amalga oshirishi ko'rinmoqda. Sut tishlari kurtaklari dentin - tishning asosiy to'qimasi - bilan qoplanmoqda. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: