Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:03
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi
Onaning holati Keyingi 10 hafta davomida bola yog' saqlashni boshlagani uchun sizning vazningiz tez ko'payishni boshlaydi. Bu davrda vazningiz oshish darajasi butun homiladorlik davomida orttirilgan vazn miqdorining yarmiga teng bo'ladi. Undan tashqari sizning ushtaxangiz oshayotganini sezasiz, chunki hozir organizmdagi modda almashinuvi 500 kalloriyaga ko'proq ozuqa talab qilmoqda. Yaxshi ovqatlaning, faqat yo'gliq mahsulotlar va shirinliklardan kamroq yeyishga harakat qiling. Birdan g'alati narsa yegingiz kelib qolsa, hayron bo'lmang. Ba'zi ayollar qum yegisi kelib qolishi ham mumkin. Bu shunchaki homiladorlikning qiziq tomonlari, xolos. Bachadonning yuqori qismi taxminan kindikdan 1.25 sm balandroqda. Sizning ko'kraklaringiz ancha kattalashgan. Ba'zi ayollarda ko'krak uchidan suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Uni toza chit mato bilan artib tashlang. Aslo siqmang. Sizing soch va tirnoqlaringiz juda tez o'smoqda. Oldin o'smagan joylarda ham soch o'sishi kuzatilishi mumkin. Beldagi og'riqlarni kamaytirish maqsadida quyidagilarni bilib olganingiz ma'qul: Og'irlik ko'tarmaslikka harakat qiling. Agar ko'tarish talab etilsa, u holda oyoqlaringizni keng ochib, belni egmasdan tizzangizni bukkan holda o'tiring va og'irlik kuchi oyoqlarga tushishini ta'minlab ko'taring. Og'irlikni ikki qo'lga bo'lib olib ko'taring. Birdaniga og'ir yukni ko'tarib olmang. Asta-sekin shoshmasdan harakat qiling. Agar orqa tomon (anus)dan qon chiqishi kuzatilsa, qo'rqib ketmang. Orqadan qon chiqishiga odatda gemorroy sababchi bo'ladi. Gemoroy homilador ayollarda qon tomirlarining kengayishi natijasida va ich qotishi tufayli ko'p uchrab turadi. Gemorroy va tomilarning kengayishini oldini olish uchun quyidagilarga rioya qiling: Ich qotishini oldini oling, buning uchun ko'proq meva va sabzavotlardan, turshak va olxo'ri sharbatlaridan iste'mol qiling. To'g'ri ichak tomirlariga og'irlikni kamaytirish maqsadida yon tomoningizda uxlang. Uzoq vaqt mobaynida turmang, o'tirmang. Ichingiz kelayotganda qattiq kuchanmang; Homiladorlik davrida klizmadan foydalanish aslo mumkin emas, chunki homila tushishiga, bachadon mushaklari bo'shashib ketishiga olib kelishi mumkin. Kun davomida oyoqlaringizni ko'targan holda ko'p dam oling. Bu kichik qiyinchiliklar odatda homiladorlikdan so'ng o'tib ketadi. Bolaning holati Bolaning uzunligi 25 sm atrofida, og'irligi 360-370 gramm Uning qonida qizil moddalarning miqdori yetarlicha bo'lib, endi oq qon hujayralari ham ishlab chiqarilmoqda. Ular infeksiyalar bilan kurashishga yordam beruvchi moddalardir. Bolaning tilida ta'm aniqlovchi a'zolari shakllanmoqda. Uning peshanasi, labining yuqori qismida momiqni aniq ko'rsa bo'ladi. Ayniqsa qosh va ko'zlari atrofida momiq miqdori juda ko'p. Yuzning aynan shu qismi dastlabki chaqaloq moyi bilan ko'p qoplangan. Bu moy o'tgan haftadan beri ishlab chiqilmoqda. Uning ko'zlari hali ham qovoqlar ostiga berkitilgan. Hozirgi davrda bolaning jinsini aniq bilsa bo'ladi. Lekin ba'zi bolalar oyoqlarini bekitib olib jinsini bildirishni istamaydilar. U homila oldi suvlarida tez harakat qilmoqda. Ushbu trimestrning oxiriga kelib bola bir pozitsiyaga o'rnashishni boshlaydi. Odatda bola boshi bilan tug'ilish yo'llari tomon qaragan bo'ladi. Ba'zida taxminan 3-4% homilador ayollarda bola qin tomonga dumbasi yoki tozi bilan qaragan bo'lib qolishi mumkin. Bolaning hazm qilish tizimi yetarlicha shakllanib bo'lgani uchun endi u homila oldi suvlaridan ichib yuborganda undagi qand ajralib ichaklariga shimirilmoqda. Bu ovqatlanishning yangi usuliga o'tishdagi birinchi qadam. Albatta hozirgi kunda hali ham bolani asosiy oziqa moddalari bilan yo'ldosh ta'minlab kelmoqda. Shu davrga qadar qon yaratilish funksiyasini jigar va selezyonka bajargan bo'lsa, endi bu jarayonga suyak miyasi ham rivojlanib qo'shilmoqda. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: