Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:58
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi
Onaning holati Vazningiz oshgan sari sizni kichik muammolar bezovta qilib turadi. Bu bosh og'riq, oyoq tomilarining tortishi, bel va tozdagi og'riqlar. Ba'zida bolaning tepinishlari ham og'riq keltirishi mumkin bo'ladi. Yotganingizda biqiningizda yotsangiz og'riqlar kamayishi mumkin. Endi yon atrofdagilaringiz ham qorningizga qo'lini qo'ysa bolaning qimirlashini qorningizga qo'lini qo'ysa seza oladi. Hozir siz uchun muhim narsa - bu uxlash uchun qulay holatni topish. Iloji boricha ko'proq yostiq atrofingizda bo'lsin. Kerak paytda ularni yoningizga, oyoqlaringiz tagiga yoki orasiga qo'yib olishingiz foydali va qulayroq bo'ladi. Chap biqiningizda yotishga odatlaning. Onada vujudga kelishi mumkin bo'lgan holatlar: bolaning qimirlashi kuchliroq sezilishi; qindan oz miqdorda ajralishlar paydo bo'lishi; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi; burun yoki milklarning qonashi; oyoq mushaklarining og'rishi; tomir tortishi; oyoq, qo'l va yuzning shishi; oyoq tomirlarining varikoz kengayishi; qorin terisining qichishi; bel og'rishi; qorin va yuzga dog' tushishi; ko'krak kattalashishi; charchov. Bolaning holati Bolaning uzunligi 32.5-33 sm Og'irligi - 794-800 gr Ushbu haftadan boshlab bola asta-sekin ko'zlarini ochishni boshlaydi. Uning kozlari endi butunlay shakllanib bo'ib hozir bola tug'ilganidagi ko'rinishga ega. Lekin bolaning ko'z qorachig'i rangi hozir ko'k rangda bo'lishiga qaramay, u tug'ilganidan so'ng bir necha oy o'tgandan keyin uning haqiqiy qorachiq ranglari belgilanadi. Hozir bola hali ham juda ozg'in va nozik bo'ladi. Lekin uning yog' qatlamlari ko'payib borayotgani uchun u tez orada o'zgaradi. Tug'ish davriga kelib u yog'larni yetarlicha yig'ib chaqaloqlarga xos to'liqlikka ega bo'ladi. Ba'zi chaqaloqlar esa semizgina bo'lib tug'ilishadi. Bolada kiprik, qosh va tirnoqlar butunlay shakllanib bo'lgan, ular hali ham o'sishda davom etmoqda. Uning terisi orasidan tomirlari ko'rinib turadi. U atrof muhitdagi barcha tovushlarni eshitmoqda. Bachadon ichida bo'lishiga qaramay, u sizning yuragingiz urishini, qonning tomirlar bo'ylab harakatini, hatto ovqat hazm bo'lishini eshitadi. Bolaga foydali klassik musiqalarni qo'yishni, bola bilan muloyim gaplashib turishni, unga ertaklar va chiroyli voqealar aytib berishni unutmang. Klassik musiqalar orasida Vivaldi, Chaykovskiy va Motsart kompozitorlarining musiqasi aynan foydali deb aniqlangan. Bu davr organlar rivojlanishidagi bir muhim hodisaga ega. Endi bolaning miyasi buyrak usti bezlari bilan aloqa o'rnatib oldi. Bu aloqaning natijasida bola tug'ilganidan so'ng tashqi muhitga moslashishi uchun gormonlar ishlab chiqiladi. Endi uning gipofizi yetilmoqda, u onaning organizmidan mustaqil ravishda o'sish gormonini ishlab chiqarmoqda. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: