
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 2 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 2 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:15
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 2 haftasi
Bu haftada ayol tuxumdonida
ovulyatsiyaga tayyorlanish avj
olmoqda. Haftaning oxiriga kelib
tuxumdonda tuxum hujayralari
vujudga kelib bachadon yo'llariga
tushish va erkak spermatozoidlari
bilan uchrashish ehtimoli bor.
Ovulyatsiya bo'lganini dorixonada
sotadigan maxsus ovulyatsiya
testlari yordamida aniqlasa bo'ladi.
Undan tashqari hayz kelgan
kunidan boshlab 2 hafta oldinga
sanab ovulyatsiya davrini
tahminan hisoblasa bo'ladi. Aynan
shu kunlarda ayol tuxum hujayrasi
urug'lanishga tayyor bo'ladi.
Ayol tuxum hujayralari 1-2 kun
davomida aktiv holatda bo'ladi.
Erkak spermatozoidlari esa 3-4
kun davomida urug'lantirish
qobiliyatini saqlab tura oladilar.
Shunga homilador bo'lish uchun
jinsiy aloqani tahminan
ovulyatsiyadan 1 kun oldin yoki
ovulyatsiya kuni yoki undan 2 kun
o'tmasdan amalga oshirish lozim.
Shunda spermatozoidlar ayol
tuxum hujayralarini uchratish
ehtimoli eng katta bo'ladi.
Shu hafta davomida erkak sog'lom
hayot tarzida yashamog'i
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Alkogol, chekish, zararli gazlar
kabilardan yiroqda bo'lib, yaxshi
ovqatlanib yurishi lozim. Ayolni
urug'lantirish kunidan oldin
spermatoizoidlarning sonini
oshirish maqsadida 2-3 kun
davomida jinsiy aloqada bo'lmaslik
tavsiya qilinadi.
Ayol tuxum hujayrasi X
xromosomalaridan iborat bo'lib,
erkak spermatozoidlari X yoki Y
xromosomaga ega. Agar
urug'lanayotganda ayol tuxum
hujayrasini erkakning X
xromosomali spermatozoidi
urug'lantirsa, u holda qiz tug'iladi,
agar Y xrmosomali spermotozoid
urug'lantirsa, unda o'g'il tug'iladi
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар