Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:56
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi
Onaning holati Homiladorlikning oxirgi oylarida beldagi og'riqlardan afsuski qutulib bo'lmaydi. Buning sababi bel mushaklarining bo'lajak tug'ish jarayoniga tayyorgarlik ko'rib hozir bo'shashganidir. Oyoqlarda tomirlarning kengayishi ham hozirgi davrga kelib ko'p uchraydigan holat. Undan tashqari jig'ildoq qaynashi sizni tobora ko'proq bezovta qilib kelishi mumkin. Hozir sizning organizmingiz relaksin gormoni ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu gormon toz suyak va mushaklarini bo'shatib, tug'ish jarayoniga tayyorlamoqda. Ba'zi ayollarning yurishi o'rdakka oxshab qolgani ham shundan. Lekin shunday ayollar borki ular, bel og'rishi, tozdagi og'riqlar, yurishning o'zgarishini boshdan kechirmaydilar. Bu degani organizm tug'ish jarayoniga tayyorgarlik ko'rmayapti degani emas. Bunga har xil faktorlar ta'sir qiladi, masalan, ayolning jismoniy holati va tayyorgarligi, irsiyati va boshqalar. Homiladorlikning 31-haftasiga kelib ayolning umumiy vazni o'rtacha 8.6 kgga oshgan bo'ladi. Bu og'rilik bola, yo'ldosh, homila oldi suvlari, kattalashgan bachadonning og'riligidan bo'lib, undan tashari organizmda qon miqdorining, yog' qatlamlarining va suv miqdorining oshganligi hisobiga yig'ilgan. Shu muddatda homilador ayol shifokor huzurida 2 haftada bir marta bo'lishi tavsiya etiladi. Kechki toksikoz alomatlariga ahamiyatli bo'ling. Ular oyoq va qo'l shishi va vazning keskin oshib borishidir. Imkon qadar sho'r, dudlangan va achchiq mahsulotlarni yeyish rasioningizdan chiqarib tashlang. Agar sizni o'tkir bosh og'riqlari, ko'z oldi jimirlashi, talvasa bezovta qilsa, tezda shiforkorga bu haqda xabar bering. Bu homiladorlik davrida yuz berishi mumkin bo'lgan eklampsiya kasalligi alomatlari bo'lishi mumkin. Bolaning holati Bolaning uzunligi 38-39 sm Og'irligi - 1500 gr Agar bola shu hafta tug'ilib qolsa, uning yashab ketish imkoniyati ancha yuqori. Chunki uning o'pka faoliyati yetarlicha shakllangan. Bundan oldin ham ular shakllangan bo'lishiga qaramay, bola hali mustaqil nafas ololmas edi. Endi uning o'pkasida surfaktant moddasi yaxshi ishlab chiqilmoqda. Ushbu modda yordamida o'pka devorlari bir- birga yopishmay, bolaga bemalol nafas olishga imkoniyat yaratadi. Hozir bachadonga qon tizimi bo'ylab 500 ml ga yaqin qon aylanmoqda. Bachadon o'z navbatida yo'ldoshning kapillyar tizimi bilan bevosita bo'gliq. Bu tizim bola organizmidagi qon aylanishiga javob beradi. Sizning qonigniz hech qachon bola qoni bilan aralashib ketmaydi. Ularning orasida yo'ldosh baryer bo'lib turib, u orqali suv va ozuqa moddalari va hayot faoliyati chiqindilari 1 soniyaga 10ml tezligi bilan almashinadi. Undan tashqari bola homila oldi suvlarini yutib siydik qilib chiqarib yubormoqda. Bolaning teri osti yog' qatlamlarining ko'paygani tufayli endi uning teri qizil emas pushtiroq rangda bo'ladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: