
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 34 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 34 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 21:54
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 34 haftasi
Onaning holati
Endi Brekston Xiks tug'luqlari
muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar
bachadonning yuqori qismida
boshlanib keyin past tomonga
yoyilib yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu
haqiqiy tug'luqlar deb bezovta
bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy
tug'luqlardan farqi ular tez tugab,
yaqin orada qaytmaydi.
Agar suv ketib qolsa, ya'ni qindan
tiniq suv ajralishi namoyon bo'lsa,
bu tug'ish jarayoni
boshlanganidan dalolat beradi.
Homiladorlikning bu davrida
ko'pincha ultra tovushli
diagnostika qilinadi. Bunda
bolaning joylashuvi, homila oldi
suvlar miqdori, yo'ldoshning holati
va uning yetukligi aniqlanadi.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 42 sm
Og'irligi 200 gr
Bolaning boshidagi sochlari
qalinlashgan, lekin ularning rangi
bola kattaroq bo'lganidagi
rangdan farq qiladi. Uning momiq
tuklari deyarli to'kilib bo'lgan, lekin
yangi chaqaloq moyi miqdori
ko'payib bormoqda.
Bolaning buyrak usti bezlari
kattalarnikiga nisbatan 10
barobar ko'proq steroid
gormonini ishlab chiqmoda. Bu
gormon laktasiya, ya'ni ona
ko'kragiga sut kelishini
ta'minlaydi. Undan tashqari
bolaning buyrak usti bezlari
razmeri ham xuddi kattalarniki
singari bo'ladi, faqat tug'ilganidan
so'ng ular kichiklashadi.
Bola o'z suyaklarini o'stirish
maqsadida sizdan kalsiyni
olmoqda.
Agar bola ushbu davrda tug'ilib
qolsa, uni muddatidan oldin
tug'ilgan degandan ko'ra vaqtida
tug'ilgan deb atashadi. Chunki
uning o'zi va o'pka to'qimalari
barkamol rivojlangan. Bu davrda
tug'ilgan bolalar mustaqil nafas
oladilar va hech qanday intensiv
ko'rikka muhtoj bo'lmaydilar.
Shifokorlar talab etilsa, bolaning
o'pkasi rivojlanganligi darajasini
homila pufagini punksiya qilib
surfaktant miqdoridan aniqlasalar
bo'ladi. Bunday muolaja
muddatidan oldin tug'ilish
ehtimoli katta bo'lgandagina
amalga oshiriladi.
Bola bachadonda tiqilgan bo'lib, u
holatini deyarli o'zgartira olmaydi.
Ko'pincha u boshi bilan onaning
qin tomoniga qaragan bo'lib
joylashgan bo'ladi.
Uning teri rangi ancha
ochlashgan. Tirnoqlari barmoq
uchidan chiqib turmoqda. Oyoq va
qo'llaridan har bir inson uchun
yagona jimjimador bezak
shakllangan. Endi uning quloqlari
boshidan ajralib turibdi, oldin ular
boshga yopishgan edi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар