
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 35 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 35 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 21:53
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 35 haftasi
Onaning holati
Sizning qorningiz ko'krak
qafasingizni siqishni
boshlamoqda, sizga nafas olish va
ovqatni hazm qilish borgan sari
qiyinlashmoqda. Kun mobaynida
tez-tez oz-ozdan yeganingiz
ma'qul.
Ko'proq dam oling, shishlarni
oldini olish maqsadida uzoq vaqt
davomida o'tirgan yoki turgan
holatda bo'lmang. Agar uzoq
yo'lga mashinada ketayotgan
bo'lsangiz, orada toza havoga
chiqib mushaklaringizni u'qalab
qo'ying. Hozir sizni uyqusizlik yoki
uyqu bilan bog'liq muammolar
bezovta qilishi mumkin. Kechasi
uyquga ketolmaslik yoki yaxshi
uxlab qolib keyin tun orasida
uyg'onib qayta uxlolmaslik,
uyquning chuqur bo'lmasligi, tuni
bilan g'imirlab joy topa
olmasligingiz sizni qiynab
yuborishi mumkin. Bu
muammolarni hal qilish
maqsadida uxlatadgan dori
vositalaridan aslo icha ko'rmang.
Bu yoqimsiz holatni sizni tabiat
ona bo'lganingizdagi bo'lajak
uyqusiz tunlarga tayyorlamoqda
deb o'ylang. Undan tashqari
siydikning tez-tez qistashi va
beldagi og'riqlar ham sizni chuqur
uyquga ketishingizga xalaqit
qiladi.
Homiladorlik davrida sizning
qoriningiz shakli va kattaligi
sizning bo'yingiz, og'irligingiz,
suyaklaringiz yo'g'on yoki
ingichkaligiga bog'liq.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 45 sm
Og'irligi 2200-2220 gr
Ushbu haftada bolaning tirnoqlari
uning barmoq uchigacha o'sib
qoldi. Uning tug'ilgan kunida
tirnoqlari uzunligini ko'rishingiz
mumkin bo'ladi. Uning yuzlarida
esa shu tirnoqlarning arzimagan
izlari bachadon davrini eslatib
turadi. Uning barcha
organlarining barkamollashuvi
nihoyasiga yetmoqda.
Bolaning teri osti yog' qatlamlari
o'sishda davom etib, asosan yelka
qismlarda ko'paymoqda: endi
bolaning yelkalari dumaloqlashgan
va yumshoq bo'lmoqda. Yangi
tug'ilgan chaqaloqlarning
hammasini ko'zi ko'kish rangda
bo'ladi. Shu rang bola o'sgan sari
uning irsiyatiga qarab o'zgarib
ketadi.
Bola chiqish yo'llariga
yaqinlashishi natijasida sizning
bachadoningiz bo'yni bir uzayib
bir qisqarmoqda, bir kengayib bir
toraymoqda. Bachadon bo'ynini
torayishini latent davri deb ataladi.
Tug'luq jarayoni va bachadon
bo'ynini kengayishini aktiv davr
deb ataladi. Oxirida o'tish davri
ya'ni bachadon bo'ynini tug'ish
jarayoniga tayyorlanib 10 sm ga
ochilishiga aytiladi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар