Главная » Homiladorlik » Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:53
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi
Onaning holati Shu hafta yoki keyingi haftalarda tug'ish alomatlari paydo bo'lishi mumkin. Bu degani bola boshi (agar uning holati boshi bilan pastga bo'lsa) bilan toz tomon tobora ko'proq tushganini bildiradi. Natijada sizga nafas olish osonlashadi, lekin siydik qistashi bolaning siydik pufagini ezishi tufayli ko'payadi. Tez-tez siyib siydik pufagingizni bo'shatib turing. Bola hozir juda tez o'sib 40- haftaga kelib uning oyoqlari sizning ko'krak qafasingizni taqab turadi. Homiladorlikning oxirgi davrlarini yodingizda ushlab qoling bu davrdan zavqlaning. Bolangizni sizning bag'ringizdagi qimirlashlarini eslab qoling, siz ularni hali sog'inasiz. Agar tug'ruq boshlanib qolsa, shifoxonaga borish imkoniyatingiz doim tayyor ekanligiga amin bo'ling, o'sha payt mashina topilmay qolsa, Tez yordam chaqiring. Homiladorlikning oxirgi haftalarida shifokor huzurida quyidagi testlar amalga oshiriladi: - vazn va qon bosimini o'lchash; - siydik analizlari; - bolaning yurak urishini aniqlash; - bachadon o'lchovlari; - bolaning razmeri va joylashgan holatini aniqlash; - onaning qo'l va oyoqlarida shishlar yo'ligiga amin bo'lish; - onani bezovta qiladigan savollarga javob olish. Bolaning holati Bolaning uzunligi - 48-50 sm Og'irligi - 2800 gr Bola tug'ilishga butunlay tayyor. Lekin u o'sish va rivojlanishda davom etmoqda. Yog'larning yig'ilishi kuniga kamida 14 grammga ko'payib, miyasidagi mielin qatlamining paydo bo'lishi boshlanib, bolaning tug'ilganidan so'ng davom etib boradi. Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo'lsa, siz homiladorlikning oxirgi muddatigacha borsangiz kerak. Agar bundan oldin tuqqan bo'lsangiz yoki egizaklarni bag'ringiz ostida ko'tarib yurgan bo'lsangiz, u holda tug'ish 37- haftada ham boshlanishi mumkin. Egizaklar o'rtacha 37-haftada tug'iladi. Bolaning burun va quloq tog'aylari biroz qattiqlashmoqda. Bolaning ona bag'ridagi oxirgi haftalarida tez uyqu davri (puls urushining tezlashishi, qon bosimining oshishi, mushak tonusining pasayishi) butun uyqu davrnining 30-60% egallaydi. Qolgan davrni tinch uyqu (tinlanish) egallaydi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: