
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 40 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 40 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 21:51
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 40 haftasi
Onaning holati
Bola tug'ilishini kutayotib tinch
bo'lishga asabiylashmaslikka
harakat qiling. Og'riqlar bezovta
qilgan payti chuqur nafas oling.
Homiladorlikning oxirgi
kunlarida yoningizda doim
yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi
kerak. Tug'luqlar boshlanib
qolganda shifoxonaga borish
uchun sizga yordam kerak
bo'ladi.
Shifokor tug'ish muddatini
belgilagan bo'lishiga qaramay,
aynan o'sha kuni tug'ishingiz
ehtimoli juda kichik. Shuning
uchun tug'ish jarayoniga oldindan
tayyor bo'lib yuring.
Siz endi umuman sekin
harakatlanadigan, bir joyga
sig'maydigan bo'lib qoldingiz.
Siz tug'ishga shoshayotganingiz
bilan endi oz qolganini bilib
turibsiz.
Uxlayotganda qulay holatda
bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin
ko'proq dam olish haqida
unutmang. Uyqingiz kelmasa ham,
yotib yaxshi niyatlar qilib yoting.
Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p
kuch kerak bo'ladi.
Bolaning harakatlariga ahamiyat
berib yuring. Uning uzoq vaqt
harakat qilmasligi u
qiynalayotganidan dalolat berishi
mumkin.
Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib
borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar
ularni sezmay birdaniga haqiqiy
tug'luqlar bilan tug'adilar.
Vahimada va xavotirda bo'lmang.
Tug'ish jarayonida kerak
bo'ladigan nafas olish
mashg'ulotlarini qayta-qayta
takrorlab turing.
Homiladorlikning 40-haftasiga
kelib onaning vazni biroz
kamayishi kuzatilishi mumkin. Bu
degani tez kunlarda tug'ish
boshlanadi.
Homiladorlik davrida umumiy
oshgan vaznning optimal miqdori
10-13 kgga teng.
Vazn o'sish quyidagilar hisobiga
yuz beradi:
- yo'ldosh - 9%
- bola - 38%
- bachadon, bo'ksa va ko'krak
og'irligi- 20%
- qon va suyuqlik miqdorini
oshgani - 22% parvona.com saytidan olingan. Bolaning holati
Bolaning uzunligi 48-51 sm
Og'irligi 3100-3500 gr
Yangi tug'ilgan chaqaloq ota-
onasiga bir oz kutilmagandek
tuyulishi mumkin. Uning boshi
dumaloq emas, teri rangi ko'kish
hattoki sarg'ish ham bo'lishi
mumkin. Undan tashqari terida
dastlabki tug'luq suyuqligi, qon,
mekoniy qoldiqlari va momiq
tuklari qolib ketgan bo'lishi
mumkin. Ba'zida esa
gormonlarning faoliyati tufayli
uning jinsiy a'zolari kattalashgani,
kichik ko'kraklaridan esa hatto sut
chiqayotgani ham namoyon
bo'lishi mumkin. Yuqoridagi bacha
holatlar bir necha kundan so'ng
izsiz o'tib ketadi.
Bolaning immun tizimi yetuk
bo'lmagani bilan u mavjud va
uning takomillashuvi tug'ilgandan
so'ng ko'krak suti ichishi bilan
davom etadi.
Bolaning momiq tuklari to'kilib
bo'lgani bilan yelka va belida
ularning qolib ketgan joylarini
ko'rishingiz mumkin.
Tug'ilgan yo'ldosh og'irligi odatda
bola vaznining 1/8 qismini tashkil
qiladi. Uning kindik ichakchasi esa
bolaning uzunligiga teng bo'ladi.
Bola tug'ilishi bilan uning
yetukligiga baho beriladi. Tug'ilish
vaqti aniq qilib yozilib qo'yiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq tug'ilishi
bilan yig'lab yuborishi shart.
Chunki shu orqali uning o'pkalari
ochilib bola nafas olishni
boshlaydi.
To'qqiz oylik shirin xayollar,
bezovta, og'ir va qiyin kunlardan
so'ng bahramand bo'ling. Endi siz
onasiz!
Bolani tugilishi bilan vazni va bo'yi
o'lchanadi. Uning asta ovoz
chiqarib yotishi uning dunyoga
kelganidan dalolat berib turadi.
Agar bola hali tug'ilmagan bo'lsa,
uning momiq tuklari to'kilishda
davom etmoqda. Dastlabki moy
uning badanini qoplab turibdi.
Ichaklarida esa dastlabki najas
mekoniy yi'gilmoqda.
U butunlay shakllanib bo'lgan.
TABRIKLAYMIZ!
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар