
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 5 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 5 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:14
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 5 haftasi
Shu haftada homiladorlikni
aniqlovchi testni amalga oshirish
mumkin.
Chunki hayz kelmagan, demak
homilador bo'lish ehtimoli katta.
Ushbu davrda ayolda
homiladorlik alomatlari o'tgan
haftaga nisbatan sezilarliroq
bo'lishi mumkin. Xususan, bosh
og'riqlar, ko'ngil aynish, yig'loqilik,
o'ta sezgirlik, ishtahaning oshishi
yoki kamaygani, uyquchilik va
hokazo. Lekin ba'zi ayollarda
homiladorlikning alomatlari
sezilmasligi ham mumkin. Bu
normal holat bo'lib, xavotir olish
o'rinsizdir.
Homiladorlik 3 trimestrga
bo'linadi.
1-trimestr: homiladorlikning 13
haftasigacha davom etadi;
2-trimestr: homiladorlikning
14-27 haftalari oralig'ida bo'ladi;
3-trimestr: 28-42 haftalari
oralig'ida bo'ladi.
1-trimestr homila rivojlanishidagi
eng muhim va keskin rivojlanuvchi
davrdir. Aynan shu davrda homila
tushish ehtimoli kattaligi tufayli
unda ayol o'z salomatligiga o'ta
e'tiborli bo'lishi talab etiladi.
Embrion uzunligi 1.5-2.5 mm
bo'lib, u silindr shaklini o'xshatadi.
Homila kerakli ozuqani ayol
qonidan olmoqda. Aynan shu
haftada uning yuragi shakllanadi
va uning urishini maxsus Ultra
tovushli diagnostika apparatida
eshitish mumkin bo'ladi. Bu
davrda bolada vujudga kelishi
mumkin bo'lgan ayrim tug'ma
nuqsonlarni oldini olish
maqsadida foliya kislotasini ichib
yurish tavsiya etiladi.
Boshqa vitamin va dorilarni
shifokor tavsiya qilmagan bo'lsa,
ichmaslik kerak
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар