
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 6 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 6 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:14
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 6 haftasi
Onaning holati
Toksikozdan qiynalayotgan ayollar
quyidagi maslahatlarga amal
qilsalar, toksikoz namoyondalari
kamroq bilinadi:
Kun davomida tez-tez lekin oz-
ozdan yeyish;
Ertalabki birinchi nonushtani
karavatdan turmasdan yotgan
holda yeyish;
Oqsilga boy mahsulotlar
toksikoz alomatlarini kamaytirgani
tufayli ulardan ko'roq ist'emol
qilish.
Shu davrda homilador ayol o'ziga
juda ehtiyot bo'lishi, o'tkir
harakatlar qilmasligi, sakramasligi,
zinalardan yiroqroq yurish,
poshnali tuflidan 9 oyga voz
kechish va vannaxonada sirpanib
ketishdan ehtiyot bo'lish kerak
bo'ladi.
Homilador ayollarda ovqatlanish
tarzi butunlay o'zgarib ketishi
mumkin. Birdan shirinlikka yoki
sho'r mahsulotlarga talab paydo
bo'lib qoladi. Yoki umuman
ovqatlanishdan bosh tortadiganlar
ham bo'ladi. Kimdir esa ko'p
yeyishga o'tadi. Lekin shunday
ayollar borki, homiladrolik davrida
hech qanday o'zgarishni his
qilmay xuddi oldindagidek hayot
tarzini davom etadilar.
Bir nima yeyishni istab qolsangiz,
uni imkon qadar topib yeb
olganingiz lozim. Agar u foydasiz
shirinlik, shokolad, pivo kabi
mahsulot bo'lsa, u holda ularning
o'rnini bosuvchi va shu bilan birga
sizni ehtiyojingizni qondirib bolani
salomatligiga zarar bermaydigan
boshqa mahsulotlar bilan
almashtiring. Masalan shakar
o'rniga shirali mevalar yoki quruq
mevalar yeyish foydali bo'ladi.
Bolaning holati
Bolaning bosh va orqa miyasi
shakllanmoqda. Ko'z chano'gi
vujudga kelmoqda. Embrion kichik
chig'anoq shakliga ega. Ichki
organlar rovojlanishining ilk
bosqichlari boshlanmoqda: ichak,
jigar, siydik yo'llari, buyraklar.
Yurak va miya rivojlanishda davom
etishmoqda. Intensiv ravishda
yo'ldosh rivojlanmoqda. Aynan u
kelajakda homilaning nafas olishi,
ovqatlanishi, himoyasi va gormon
ishlab chiqarilishi uchun mas'ul
bo'ladi.
Homilaning uzunligi 4-6 mm.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар