
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 7 haftasi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 7 haftasi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:13
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 7 haftasi
Onaning holati
Ko'p ayollar bu davrda quyidagi
jismoniy va psixologik
ko'rinishlarini his etadilar:
ko'ngil aynish, qusish,
so'lakning keskin ajralib chiqishi;
ich qotishi;
jig'ildoq qaynashi, qorinda
gazlar yig'ilishi, ovqat hazm qilish
tizimining buzulishi;
ishtahaning o'zgarishi;
ovqatlarga nizbatan kuchli
nafrat yoki ehtiyoj paydo bo'lishi;
ko'krak bezlarining oz'garishi:
kattalashishi, uchlarining atrofi
to'qlashishi;
bosh og'riqlar namoyon bo'lishi;
bosh aylanishi;
vahima, qo'rquv, kayfiyatning
tez-tez o'zgarishi.
Homiladorlikning 2-oyida quyidagi
analizlar topshiriladi:
Qin mazogi;
OITS va sifilis testlari;
Qon va siydikning umumiy
analizlari;
Xorionganodropin gormonini
aniqlovchi siydik analizi (uning
yordamida homiladorlik ma'qul
tarzda o'tayotgani aniqlanadi);
Boshqa maxsus tekshiruvlar (agar
bundan oldingi homiladorlikda
muammolar yoki homila
yo'qotilishi sodir bo'lgan bo'lsa).
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 6-9 mm ni,
og'irligi esa 0.8 grammni tashkil
qiladi. Uning jigari qon yaratish
markaziga aylandi. Qizilo'ngach va
traxeya rivojlanmoqda. Ingichka
ichak bilan ko'krak qismi
rivojlanishni endi boshlamoqda.
Buyrak usti bezlari shakllanmoqda.
Bosh miya intensiv rivojlanmoqda.
Embrionning katta boshi
ko'kragiga egilib turmoqda. Qo'l
va oyoqlari ajralib
kelmoqda.Markaziy asab
tizimining umumiy holati
shakllanmoqda. Suyak
hujayralarining rivojlanishi
boshlandi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар