
Homiladorlik va soch parvarishi
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlik va soch parvarishi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:22
Homiladorlik va soch parvarishi
Homiladorlik davrida sochlar yanada
go'zallashadi, lekin ayni shu davrda ular
qo'shimcha parvarishni talab etadi.
Quyidagi maslahatlar homiladorlik davrida
soch kuchini yoqotmaslikka va tuqqandan
so'ng sog'lom soch tolalariga ega bo'lishga
yordam beradi.
1. Homilador ayolni ko'p narsaga vaqti
ba'zida esa kuchi ham yetmaydi. Shuning
uchun bu davrda qulay va ko'p vaqt talab
etmaydigan soch turmagini qo'llash lozim;
2. Agar sochingiz quruq bo'lsa, homiladorlik
payti va sovuq kunda ularni kamroq yuvish
tavsiya etiladi;
3. Homiladorlik payti uchun kerakli shampun
tanlay olish muhim. Ba'zida shu davrgacha
foydalanilgan shampun birdaniga soch
tolalariga yoqmay qolishi mumkin;
4. Sochlarni fen bilan emas sochiq bilan
quritgan ma'qulroq;
5. Dush ostida turib bosh terini massaj qilish
qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi;
6. Elektr depilyatorlar zararsiz hisoblanadi.
Lekin kimyoviy epilyasiya va rang beruvchi
vositalarni homiladorlik davrida qo'llamagan
ma'qul;
7. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
homilador ayolning soch bo'yashi uchun
kimyoviy vositalarni qo'llashi homilada
xromosom o'zgarishlarni keltirib chiqarishga
sababchi bo'lar ekan;
8. Sochlar salomatligi uchun vitaminga boy
sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol
qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар