
Homiladorlikda og'riqlar
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlikda og'riqlar
- Дата релиза: 15-02-16, 22:23
Homiladorlikda og'riqlar
Homiladorlik davomida ayolni turli xil og'riqlar
bezota qilishi mumkin. Bularning ba'zilari
homiladorlik uchun xavf soluvchi og'riqlar
bo'lsa, ba'zilari xavfsiz normal og'riqar
hisoblanadi. Ularni qanday ajratsa bo'ladi?
1. Homiladorlikning dastlabki davridagi
sanchishlar.
Ko'pchilik homilador ayollarda
homiladorlik ning ilk 12 haftasida qorinda,
qorinning past qismida va belda yengil, og'riq
bermaydiagn sanchishlar kuzatiladi. Bu
sanchishlar o'sayotgan bachadonning mushak
va toz suyaklariga og'irliq berishi natijasida
yuzaga keladi va ular xavotirli emas.
Xavfli holatlar:
O'griq, sanchishlar kuchi va soni ortib
borayotgan bo'lsa;
Og'riq yoki sanchishlar qon ketish bilan birga
namoyon bo'lsa;
Davomiy og'riq faqat bir tomonda kuzatilsa;
Siyish og'riq bilan kelib, siydikda qon bo'lsa.
2. Qorin pastki qismidagi og'riqlar.
Shu kabi og'riqlar odatda homiladorlik ning 2
trimestridan boshlanadi. Bunga sabab
bachadonning keskin kattalshib qorin pastki
ligament(mushaklar)ni tortilishiga olib
kelishidir. Bu mushaklar oyoqlarning badanga
to'qnashgan joyida joylashgan. Aynan
ligamentlar beradigan og'riq biron harakatdan
so'ng, jismoniy holatni birdan o'zgartirish yoki
uzoq vaqt mobaynida oyoqda turish natijasida
yuzaga keladi. Undan tashqari aksirish,
yo'talish, qattiq kulish, qaqalib qolish ham
ushbu mushaklarning tortilib sanchishiga
sababchi bo'lishi mumkin. Bu og'riqlar tabiiy
bo'lib homiladorlik ka xavf solmaydi. Odatda
keskin harakatlanmaslik, qo'pol jismoniy
harakat qilmaslik, yo'talish, kulish payti o'tirib
olish tavsiya etiladi.
Xavfli holatlar:
Og'riq o'ta kuchli bo'lsa;
Og'riq bir necha daqiqadan uzoqroq davom
etsa;
Tana harorati ko'tarilsa;
Yurish qiyinlashib qolsa;
Keskin og'riq qorinning faqat bir tomonida
kuzatilsa;
Siyish bilan bog'liq muammolar paydo bo'lsa.
3. Qindagi og'riqlar.
Homiladorlikda ko'p uchraydigan yana bir
og'riq qindagi og'riqdir. Bu og'riqlar
homiladorlik davomida bir-bir kuzatilib turadi.
Dastlabki 9-12 haftada yuz beradigan qin
sanchishlari asosan bachadonning bu davrda
keskin kattalashishni boshlaganidan bo'ladi.
Xavfli holatlar:
Agar sanchishlar qon ketishi bilan birga
namoyon bo'lsa;
Sanchishlar ma'lum bir muddat davom etib,
bir soat davomida qayta-qayta takrorlansa;
Sanchishlar yelkaga og'riq bersa
(bachadondan tashqari homiladorlik bo'lishi
xavfi katta);
O'griqlar yuqori qon bosimi bilan birga
namoyon bo'lsa(preeklampsiya);
Og'riq kuchi keskinlashib, qindan qizg'ish,
qizil, pushti, jigarrang, qoraroq ajralmalar
chiqsa(yo'ldoshning vaqtidan oldin ajralishi);
Tana harorati ko'tarilsa;
Kuchsizlanish, qusish va ishtaha buzilishi
kuzatilsa;
Qindan suyuq, oqish yoki yashilrang suyuqlik
ajralsa.
4. Qorindagi og'riqlar.
Bu og'riqlar hatto tinch yotgan holatda ham
kuzatiladi. Ular muntazam bo'lmay, ba'zi-
ba'zida namoyon bo'ladi, ayniqsa kechki payt.
Bu og'riqlar qorinning barcha qismlarida
paydo bo'lishi mumkin. Buning sababi
gazlardir. Homiladorlik payti gaz ajralishi
ko'payadi. Ortiqcha gazlar ichaklarda yig'ilib
qolib qoringa og'riq berishi mumkin. Qatiq
mahsulotlarini ko'proq iste'mol qilish tavsiya
etiladi. Gaz chiqish payti uni ushlab qolmay,
albatta chiqarib yuborish maqsadga muvofiq
bo'ladi. Gaz chiqib ketsa, og'riqlar ketishi
kerak.
Xavfli holatlar:
Qorindagi og'riq kelib-ketib 1 soatni ichida bir
necha bor takrorlansa;
Qorindagi og'riqlar belga berib, gaz
chiqargandan so'ng ham o'zgarmasa;
Tana harorati oshsa;
Og'riqlar to'xtamay bir necha kun davomida
keskinlashib borsa.
5. Beldagi og'riqlar.
Homiladorlik umurtqadan juda katta kuch
talab etadi. O'sib borayotgan bachadonni
ushlab turish umurtqa zimmasiga tushadi.
Shuning uchun bel og'rishi homiladorlikning
ilk davridan deyarli oxiriga qadar kuzatilib
turadi. Muhimi og'riqlar doimiy emas, yengil
bo'lishi lozim. Ular asosan uzoq vaqt oyoqda
bo'lish, turib ish qilish, charchash sababli
bo'ladi. Ba'zida homilador ayollarda ko'p
rivojlanadigan bavosil (gimorroy) ham belning
pastki qismida og'riq keltirib chiqarishi
mumkin.
Xavfli holatlar:
Og'riqlar kuchi ortib borayotgan bo'lsa;
Og'riqlar bir muddat davom etib 1 soat
davomida qayta-qayta takrorlansa;
Og'riqlar bilan birga qindan suv kabi suyuqlik
yoki qon ajralsa;
Dam olib, bo'shashgan holatda ham og'riqlar
kuchi o'zgarmasa;
Tana harorati oshsa.
Manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар