Главная » Homiladorlik » Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)
Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)

Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:49
Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)
Spermatazoid bilan tuxumdon uchrashgan hujayra bachadonga o'rnashishi (implantatsiya), homilaga aylanishi va uning deyarli barcha organlarining shakllanishi davri. Odatda 1- trimestr oxiriga kelib homila uzunligi 9 sm ni tashkil etadi. parvona.com saytidan olingan. Birinchi trimestrda ayollarning ko'krak shakli va razmeri o'zgara boshlaydi, undan tashqari ko'krak tomirlari kattalashgandek tuyulib, ko'krak uchi to'qroq rangga bo'yaladi. Ayrim ayollarda ko'krak og'riqlari kuzatilishi mumkin. Bularning sababi bo'lajak ona ko'kragi sut ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko'rayotganidadir. Birinchi trimestrning eng asosiy alomati bu toksikozdir. Deyarli 70% homiladorlar 1-trimestrda toksikozga uchraydi. Ko'ngil aynash, qayd qilish, ayrim hidlarga nisbatan nafrat, ayrim yeguliklarni qumsash yoki aksincha ma'lum yegulikdan bosh tortish kabi tuyg'ular toksikoz namoyondalaridir. Toksikoz haqida bu yerda batafsil o'qing Birinchi trimestrning alomatlaridan yana biri ayolning tez charchashi va uyquchiligi. Bunday paytda ko'p dam olish kerak, homilador ayolning yaqinlari unga yetarlicha dam olishi uchun sharoit yaratib berishi kerak. Ayolning kuniga kamida 10-12 soat uxlashi homilaga ham foyda keltiriladi. Gormonal o'zgarishlar natijasida hushdan ketish, yig'lamsirash, asabiylashish hollari kuzatilishi mumkin. Homilador ayolning jismoniy holatiga yordam berish, toksikozni yenglillashtirish, hazm qilish tizimini rivojlantirish maqsadida ushbu muddatdan boshlab ayol ko'p suyuqlik (suv) iste'mol qilishi foydadan xoli bo'lmaydi. Homiladorlik aniqlangandan so'ng ayol ovqat yeyishiga ahamiyat berishi kerak. Vitamin va minerallarga boy oziqa homilani yaxshi va sog'lom rivojlanishiga yordam beradi, undan tashqari homilador ayol holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Narkotik moddalar, spirtli ichimliklar va kofeinli mahsulotlarni qabul qilish man etiladi. Homiladorlikning birinchi trimestrida homilaning deyarli barcha a'zolari shakllanadi, shuning uchun bo'lajak bola sog'lom bo'lishi uchun ushbu davr juda muhim hisoblanadi. Bu davrda dori ichmaslikka harakat qiling. Gripp kabi virusli kasalliklardan nari bo'ling. Aynan bu davrda ona organizmidagi kasalliklar homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatish imkoniyati katta. Birinchi trimestrda havotirli vaziyatlarning asosiysi - bu qon ketishidir. Har xil ayollarda 1 trimestr turlicha kechadi. Ayrim ayollarda homiladorlik sodir bo'lgan qo'shilishning 7-kunida arzimagan qon tomchilari kuzatilishi mumkin. Bu xavotirli hol bo'lmay, bachadonda yangi yaralgan homila hujayrasining implantatsiyasi (hujayrani bachadonga o'rnashishi) sodir bo'lganidan dalolat beradi. Agar qon chiqishi ko'payib, muntazam davom etsa, vrachga murojaat qilish kerak. Bu ayol organizmida progesteron gormoni yetarlicha ishlab chiqarilmayotgani va homiladorlik saqlanib qolmasligi mumkinligidan dalolat berishi mumkin. Yana bir xavotirli holat bu bachadondan tashqari homiladorlik. Bunda homila bachadonda emas balki bachadon bo'ynida o'rnashadi. Bu ona uchun juda xavfli holat. Bachadondan tashqari homiladorlik alomatlariga qorin yoki yon tomondagi qattiq og'rishni kiritishimiz mumkin. Og'riq birdan boshlanib kuchayib boradi. Qon ketishi ham kuzatilishi mumkin, lekin og'riq bu asosiy alomatdir. Bachadondan tashqari homiladorlik sodir bo'lishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: - jinsiy a'zolarda infeksion kasallik mavjud bo'lgani; - ayol organizmidagi gormonal buzulishlar; - toz yoki jinsiy a'zolarda operatsiya qilinganligi; - bundan oldin bachadondan tashqari homiladorlik bo'lgani; - homiladorlik tibbiy stimulyatsiya (dori yordamida) vujudga kelgani. Homiladorlik juda masu'liyatli hol. Ayol nafaqat o'zi yoki o'z ehtiyojlari haqida qayg'uradi, balki bu yog'iga bag'ridagi bolajoni haqida ham o'ylab ish tutishi lozim bo'ladi. Birinchi trimestr jismonan og'ir bo'lishidan tashqari psixologik jihatdan ham ayol uchun qiyin kechishi mumkin. Yaqinlarning har tomonlama dalda bo'lishi, uning ehtiyojlarini vaqtida qondirishi va unga mehr va g'amxo'rlik ko'rsatishi ayol va homila uchun bu davrdan boshlab juda kerakdir. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: