
Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)
- Дата релиза: 15-02-16, 21:49
Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)
Ushbu davr mobaynida
homilaning bo'yi 30 sm gacha
o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi.
Homiladorlikning 2-trimestrida
bo'lajak farzand jinsini aniqlash
mumkin.
Ikkinchi trimestr ko'pchilik ayollar
uchun eng yengil va yoqimli
davrdir. Bu davrga kelib toksikoz
alomatlari deyarli yo'qolgan
bo'ladi. Qorin kattalashgani
bilinadi, birinchi bor
tug'ayotganlarda aynan shu
davrdan boshlab qorin chiqqani
atrofdagilarga ayon bo'ladi. O'n
oltinchi haftalarga kelib yo'ldosh
va homila organlarining deyarli
barchasi shakillanib bo'ladi. Agar
1-trimestrda homiladorlikni
saqlanishiga ayol organizmi ishlab
chiqaradigan progesteron javob
bergan bo'lsa, endi homiladorlik
uchun muhim bo'lgan gormon
ishlab chiqarilishini, tashqi
muhitdagi zararli moddalardan
homilani asrash kabi funksiyalarni
yo'ldosh bajaradi. Undan
tashqari, homilani oziqa va
kislorod bilan ta'minlash ham
yo'ldoshning vazifasi.
Birinchi farzand
kutayotganlarda
20-haftadan,
ikkinchi farzand
kutayotganlarda
esa 18-
haftadan
boshlab
homilaning
qimirlashi
seziladi.
Homilador ayol
uchun
homilaning
birinchi bor
qimirlashi juda
katta
xursandchilik
keltiradi. parvona.com saytidan olingan. Ikkinchi trimestrning o'rtalaridan
bel og'rishini oldini olish, qorinda
iz tushishini profilaktika qilish
maqsadida bandaj taqib yurish
tavsiya qilinadi.
Ushbu davrda homilador ayol
yaxshi ovqatlanib, yaxshi dam
olishi kerak. Vitamin va
minerallarga boy mahsulotlar juda
foydali. Kremli tort, shirmoy non
kabi mahsulotlar o'rniga meva va
sabzavotlardan ko'proq iste'mol
qilishni o'rganing. Undan tashqari
har kuni toza havoda aylanish
homilani kislorod bilan
ta'minlashga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
Ikkinchi trimestrda xavf
tug'diradigan vaziyatlardan biri -
bu muddatidan oldin tug'ruq
boshlanishidir. Agar kunda bir
necha bor qaytariladigan
muntazam og'riqlarni, jinsiy
a'zolardan rangsiz suyuqlik oqib
chiqayotganini, qon chiqishini
sezsangiz darhol vrachga
murojaat qiling. Yigirma sakkiz
haftagacha tug'ilgan bolani
hayotini asrab qolish mumkin,
lekin imkoniyati boricha
homiladorlikni 37 haftagacha
cho'zish kerak.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар