
Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)
- Категории: Homiladorlik
- Название: Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)
- Дата релиза: 15-02-16, 21:50
Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)
Homila razmerlari tezlik bilan
ko'payadigan davr. Uchinchi
trimestr mobaynida homila
o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda
bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga
teng bo'ladi.
Homiladorlikning 7 oyi ham yetib
keldi. Ko'pchilik ayollar shu
muddatga kelib yana oz
qolganidan yengil tortadilar.
Homiladorlikning ushbu
muddatida bachadon razmerlari
ancha kattalashgan bo'ladi. Homila
harakatlari ko'payadi va
kuchayadi. Endi tug'luqlar
namoyon bo'lishi ham mumkin.
Agar ular regulyar bo'lsa yoki 1
soatni ichida kamida 2 marta
qaytarilsa, u holda tezda vrachga
murojaat qilish shart.
Uchinchi trimestrda
bachadon siydik pufagini siqishi
tufayli homilador ayol tez-tez
hojatga chiqishi kuzatiladi. Vazni
ko'paygan homilador ayollarda
ko'p yurganda yoki harakat
qilganda nafas olishi qiyinlashishi
namoyon bo'lishi mumkin. Buning
sababi kattalashgan bachadon
o'pkani ham bir oz
siqayotganidadir. Shuning uchun
toza havoda ko'p bo'lish lozim,
onaga ham homilaga ham
kislorod juda kerak bo'ladi. Lekin
homiladorlikning oxirgi
haftalariga kelib homila pastroq
siljiydi va nafas olish, harakat
qilish osonlashadi. Shuning uchun
ko'pchilik homilador ayollar 9-
oyga kelib o'zini yengil bo'lib
qolgandek sezadi.
Ayrim ayollarda
Brekston-Xiks
tug'luqlari
(bachadon
mushaklarining
30 soniyadan 2
daqiqaga qadar
qisqarib turishi)
paydo bo'lishi
mumkin. Bu
tug'luqlar
normal bo'lib,
bachadon
tug'ish
jarayoniga
tayyorlanayotganidan
dalolatt beradi.
Bu tug'luqlar
haqiqiy
tug'luqlardan
noregulyarligi,
og'riq
keltirmasligi va
qisqa
muddatliligi
bilan farq qiladi.
Uyqusizlik ham uchinchi
trimestrda namoyon bo'ladigan
holat. Bunga sabab homilador
ayolning kattalashgan qorni tufayli
yotganda qulay holatni topa
olmasligidir. Uyqusizlik shundoq
ham ko'p charchayotgan
homilador ayolni juda qiynaydi.
Shuning uchun bo'lajak onaga
qulay bo'lish maqsadida uning
yon tomonlarini, belini, qolaversa
oyoqlarini suyantirish uchun
yostiqlar bilan qoplab qo'yish
lozim. parvona.com saytidan olingan. Undan tashqari uyqudan
yarim soat oldin 1 piyola iliq sut
ichib olish ham uyquga osonroq
ketishga yordam beradi.
Ko'pincha homiladorlikning oxirgi
oylarida bel og'rishi, oyoq
tomirlari chiqishi, oyoq shishi
kuzatiladi. Bu qiyinchiliklar haqida
vrachga aytish lozim.
Homiladorlikning ushbu
muddatida havf tug'diradigan
asosiy muammollar
quyidagilardan iborat:
1. Qon ketishi. Agar qon ketishi
kuzatilsa, darhol vrachga murojaat
qilish lozim. Ultra tovushli
diagnostika (UTD) orqali qon
ketish sababi aniqlanadi va kerak
bo'lsa muolajalar qilinadi. Qon
ketishning 90% holatlarida
yoldoshning bachadondan
ajralishi bunga sabab bo'ladi.
Shuning uchun homilaga,
qolaversa onaga ziyon yetmasligi
hamda homiladorlikni 36
haftagacha yetqazish uchun o'z
vaqtida muolaja qabul qilish kerak.
2. Homila harakatining yo'qligi.
Agar homilaning harakatlari
kuzatilmay qolgan bo'lsa, bu juda
jiddiy holatdir. Darhol vrachga
murojaat qilib buning sababini
aniqlash kerak. Homilaning
harakat qilmay qolishi ko'pincha
kislorod ta'minlanishi to'xtab
qolgani (masalan, kindigiga o'ralib
qolgani)dan vujudga kelishi
mumkin. O'z vaqtida vrachga
murojat qilinsa, kesarevo
operatsiyasi yordamida bolani
ziyonsiz tug'dirib olish imkoniyati
bor.
3. Muddatdan oldin tug'ish. O'ttiz
besh haftagacha bo'lgan tug'ruq
muddatidan oldin tug'ruq deb
hisoblanadi. Muddatidan oldin
tug'ruq sabablari ko'p bo'lib,
ularni oldini olish uchun sog'liqqa
e'tiborli bo'lish lozim. Ko'pincha
uning sababi infeksiya,
gipertoniya, bachadon va
bachadon bo'yni shaklidagi
anomaliyalar bo'lishi mumkin.
Ammo muddatidan oldin
tug'ruqning barcha sabablari
hozirgacha aniqlangan emas.
Bugungi kunda tibbiyot va
texnologiyani rivojlanishi tufayli
muddatidan oldin tug'ilgan
bolalarni umrini saqlab qolish
mumkin bo'lmoqda.
4. Homilaning tozi bilan joylanishi.
Ayrim sabablarga ko'ra homila
chiqish yo'liga boshi bilan emas
tozi bilan qarab joylashgan bo'ladi.
Bu holda normal tug'ish homilaga
ziyon keltirishi mumkinligi tufayli
kesarevo operatsiya qilinadi. Agar
homila tozi bilan joylashgani
UTDda aniqlangan bo'lsa, vrach
bilan maslahatlashgan holda
maxsus jismoniy mashg'ulotlarni
amalga oshirib homilani boshi
bilan chiqish yo'liga qaratib olish
imkoniyati mavjud. Undan
tashqari, yana bir kichik yordam,
klassik musiqani playerda normal
balandlikda qo'yib eshitgichlarni
qorin pasti (bachadon pastki
qismi)ga o'rnatib eshitib yurilsa,
homila boshi bilan pastga
musiqani eshitish maqsadida
ag'darilib olish imkoniyati bor.
Yana bir maslahat, har kuni
onaning o'zi homilasi bilan
suhbatlashib uni boshi bilan
ag'darilib olishini iltimos qilishi
kerak. Psixologik jihatdan ushbu
mashg'ulot ham yuqorida
ta'kidlangan muammoni hal qilishi
mumkin.
Eng asosiysi, 3-trimestr bu ayolni
ona bo'lishiga olib keluvchi ohirgi
qadamdir. Yana bir ozdan so'ng
homilador ayol dunyodagi end
baxtiyor ona bo'ladi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар