
Kesarev kesish
- Категории: Tug'ish
- Название: Kesarev kesish
- Дата релиза: 15-02-16, 22:31
Kesarev kesish
Kesarev kesish uchun qachon
zarurat paydo bo'ladi:
homila asfeksiyasi (bo'g'ilib
qolishi) vujudga kelsa ;
dard tutishning zaifligi bo'lsa;
homila bachadonda noto'g'ri
joylashgan bo'lsa(ya'ni chiqish
yo'llariga boshi bilan emas, balki
tozi yoki qo'l-oyoqlari bilan);
bosh va chanoq oralig'ida
nomutanosiblik bo'lsa;
yo'ldosh ko'chgan bo'lsa;
homila patalogiyasi bo'lsa.
Kesarev kesilish rejalashtirilgan va
rejalashtirilmagan bo'lishi
mumkin. Kesarev kesilishda
homilador ayolning qorin pastki
qismi orqali jarrohlik yo'li bilan
bachadondan homila olinadi.
Operatsiyadan keyin ayol
reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi
va u yerda 3 sutka davomida
kuzatiladi. Bachadon o'z shakliga
qaytishi, kesilish joylarida
yallig'lanish vujudga kelmasligi
uchun maxsus muolajalar qilinadi.
Ko'pincha kesarev kesishdan keyin
tabiiy yo'l bilan tug'ish mumkin,
buning uchun keyingi
homiladorlikgacha kamida 3 yillik
interval bo'lishi lozim.
Kesarev kesilish
bilan tuqqan
ayollar
tug'ruqxonada
fiziologik
tuqqan
ayollarga ko'ra
3-4 kun ko'proq
bo'ladilar.
Kesarev kesilish yo'li bilan
tug'ilgan bolaning sog'lig'i oddiy
tug'ilgan bola sog'lig'idan farq
qilmaydi.
Agar kesarev kesilish shart bo'lsa,
operatsiyadan qo'rqib undan
bosh tortish mumkin emas. Chunki
homila tug'ilayotganida to'g'ri va
shikkastlanmay tug'ilishi uning
salomatligi uchun juda muhim.
("O'zingizni asrang ayollar" - E.
Ahmedova, L. Boymirzaeva)
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар