
Og’riqsiz tug’ruq
- Категории: Tug'ish
- Название: Og’riqsiz tug’ruq
- Дата релиза: 15-02-16, 22:28
Og’riqsiz tug’ruq
Farzandni dunyoga keltirish
arafasida har bir ayol cheksiz
quvonch bilan birga qo’rquvni
ham his etadi. «Tug’ruq
qanchalik og’riqli kechadi?»
«Qancha davom etadi?» «Unga
bardosh berish mumkinmi?»
«Og’riqdan xalos bo’lish uchun
nima qilish darkor?» kabi
savollar har bir ayolni
o’ylantiradi.
Baxt gormoni
Tug’ruq paytida og’riqni tabiiy
usulda yoki dori-darmon
yordamida engish mumkin.
Qarangki, tabiatning o’zi bizga
eng muhim og’riq qoldiruvchi
vosita — endorfin (baxt)
gormonini taqdim etgan.
Endorfin og’riq qoldiruvchi va
quvvatni oshiruvchi vosita
bo’lib, ayolning ayni dardi
boshlanganda ko’p miqdorda
ishlab chiqariladi. Faqat
organizm etarli miqdorda
bunday tabiiy «anestetik»ka
ega bo’lishi uchun ayol
tug’ruqqa psixologik jihatdan
to’g’ri tayyorgarlik ko’rishi
zarur.
To’g’ri holatni tanlash
Agar shifokor tomonidan hech
qanday cheklovlar qo’yilmasa,
bo’lajak ona o’ziga qulay
holatda tug’ruqqa kirishishi
mumkin. Kimdir to’lg’oqni
yotgan holda engil o’tkazsa,
boshqalarda turgan holida
og’riq engilroq kechadi. Bunda
har kimning o’ziga xosligidan
kelib chiqiladi.
Nafas olish
Nafas olayotganda engil va
yoqimli bosh aylanishi his
etsangiz, bilingki, to’g’ri nafas
olayapsiz va tanangiz sizga
endorfinlari bilan yordamga
oshiqmoqda. To’g’ri nafas olish
og’riq qoldirish bilan birga
tug’ruqning nisbatan engil
kechishiga yordam beradi. Axir
bachadon mushak
to’qimalaridan iborat bo’lib,
jadal ishlaganda kislorod bilan
to’yinadi. Natijada bolaning
ham kislorodga bo’lgan ehtiyoji
qondiriladi.
Uqalash
Uqalash xuddi to’g’ri nafas
olish singari og’riqni ancha
engillatish xususiyatiga ega.
Uqalashni tug’ruq jarayonida
ishtirok etayotgan
yaqinlaringizdan biri bajarishi
maqsadga muvofiq. Bundan
asosiy maqsad to’lg’oq paytida
tana mushaklarini imkon qadar
bo’shashtirishdir.
Baqirish foyda beradimi?
Ko’pgina bo’lajak onalar
atrofdagilardan «Baqirsang,
og’riq engillashadi» degan
maslahatlarni eshitishadi. Aslida
qattiq baqirish tug’ilgan
bolaning yurak urishini
tezlashishiga sabab bo’lishi
mumkin. Demak, bor ovoz bilan
qichqirishga oshiqmaymiz.
Kimyoviy og’riq qoldiruvchilar
Tug’ruq jarayonida og’riq
qoldiruvchi vositalardan
foydalanishni bo’lajak onaning
holatiga qarab shifokor hal
qiladi. Akusher-ginekolog va
anasteziolog ayolning holatini
chuqur tahlil qilib, so’ng
quyidagi og’riq qoldirish
usullardan birini qo’llash
borasida bir qarorga keladi.
Epidural usul zamonaviy
og’riqsizlantiruvchi vositalar
orasida ona va bolaning qon
tarkibiga ta’sir qilmaydigan,
nisbatan xavfsiz hisoblanadi.
Bunda bo’lajak onaning bel
qismiga og’riqsizlantiruvchi
vosita yuboriladi va tananing
beldan pastki parvona.com saytidan olingan qismi
sezuvchanligini yo’qotadi.
Butun dunyoda epidrual
og’riqsizlantirish usuli tan olingan bo’lsa-da, u bosh aylanishi, bosh og’rishi yoki
to’satdan allergiya qo’zg’atib
yuborishi mumkin. Tug’ruqdan
keyin ayolning beldan past qismida vaqtincha falajlik
yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
Vositaning ta’siri tarqagach
(3-4 soadan so’ng), nojo’ya
ta’sirlari ham ortda qoladi.
Qay hollarda qo’llaniladi?
Bola chala tug’ilganida bu usul
yordamiga murojaat etilishi
mumkin. Ya’ni bola kamroq
qarshilikka uchrashi uchun
onaning tos mushaklarini
bo’shashtirish kerak.
Tug’ruqning
diskoordinatsiyalanishida, ya’ni
to’lg’oq bo’lsa-yu, bachadon
mushaklari noto’g’ri qisqarsa,
bir vaqtda ochilmasa.
Onaning arteril bosimi
me’yordan yuqori bo’lganda,
yurak-qon tomir xastaliklarida.
Jarrohlik amliyotiga murojaat
qilishga ehtiyoj tug’ilganda.
Umumiy narkozga faqat favqulodda holatlardagina
murojaat qilinadi. U
mushaklarni bo’shashtirib,
bo’lajak onani uxlatib qo’yadi.
Odatda kesarcha kesish
amaliyoti oldidan qo’llaniladi.
Og’riqni barcha birday his qiladimi?
Har bir organizm o’ziga xos bir
olam. Shundan kelib chiqib
aytish mumkinki, kimdir
tug’ruqdagi og’riqni nisbatan
kamroq his qilsa, boshqalarda
qattiqroq og’riydi, bu individual
xodisadir. Og’riqsizlantiruvchi
vositalarga ham aynan shu
individuallikdan kelib chiqqan
holda murojaat etiladi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар