Главная » Tug'ish » Otalar uchun 10 maslahat
Otalar uchun 10 maslahat

Otalar uchun 10 maslahat

  • Категории: Tug'ish
  • Название: Otalar uchun 10 maslahat
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:35
Otalar uchun 10 maslahat
Xonadonda yangi chaqaloq tug'ilganda katta o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ota-ona munosabati, uy-ro'zg'or ishlari, katta farzandlar bilan munosabat - bularning barchasi qayta shakllanishni talab etadi. Shu o'rinda otalarning o'rni beqiyos. Agar siz mas'uliyatni his qiladigan, suyukli xotiningiz uchun barcha sharoit yaratib berishdan bosh tortmaydigan, qolaversa yangi tug'ilgan chaqaloq sizga ham bog'langan bo'lishini istagan va oilada tinchlik va xotirjamlikni maqsad qilib qo'ygan ota bo'lsangiz, u holda bu maslahatlar siz uchun juda foydali bo'ladi. 1. Uyni toza saqlang. Chaqaloqli uy toza bo'lishi shart. Lekin chaqalog'i bor ona hozircha uy- yumush ishlari bilan band bo'lishga kuchi ham, iloji ham yo'q. Shuning uchun o'zingiz yoki do'st-qarindoshlar yordamida uyni tozaligini ta'minlang. Yig'ishtirilmagan, chang bo'lib qolgan uy onani asabiylashishiga, bu esa o'z navbatida chaqaloqni qiynalishiga olib keladi. 2. Xotiningizga ko'p ahamiyat bering. Kuni bilan bola bilan ovora bo'lgan onaga mehr, qo'shimcha taom, mazali yeguliklar, sharbat va mevalar berib turish foydadan xoli bo'lmaydi. Siz bolaga ozingiz qarab turganingizda, xotiningiz issiq vanna qabul qilib olishini yoki kosmetolog, parikmaxerga borib kelishga vaqt ajrata olishini ta'minlang. 3. E'tiborli bo'ling. Xotiningiz sizdan iltimos qilmasidan oldin uning ehtiyojlarini qondirishga harakat qiling. Ayrim ayollar qiynalib qolsa, eridan yordam so'ramasdan o'zi bir amallab eplaydi. Lekin o'zi qilyapti deb ahamiyat bermaslik noto'g'ri, chunki ayol qiynalishi boshida bilinmay keyin asabda, sog'lig'ida namoyon bo'lishi mumkin. 4. Uyni ortiqcha mehmonlardan xoli qo'ying. Yangi tug'ilgan chaqaloqli uy tinch va toza bo'lishi kerak. Uyga kunda mehmon kelaversa ona ham, bola ham qiynalishi mumkin. 5. Katta farzandlar bo'lsa, ular bilan o'zingiz band bo'ling. Uyda yangi chaqaloq tug'ilganda iloji bo'lsa ta'tilga chiqib katta farzandlar yumushini o'zingizga oling. Katta farzand chaqaloq kelganiga onasiga, ya'ni mehrga yanada ko'proq zor bo'ladi, onaning bir o'ziga esa uni ehtiyojlarini qondirish qiyin bo'ladi. 6. Yomon maslahatchilardan oilangizni saqlang. Chaqaloqli ota-onaga deyarli barcha o'z maslahatini berishga tayyor bo'lib turadi. O'z oilangiz manfaatlaridan kelib chiqib, xotiningiz bolani katta qilishga bo'lgan nuqtai- nazarini hurmat qilgan holda maslahatchilarga yo'q deyishni va bu borada xotiningiz nuqtai- nazarini, fikrlarini yonini olishni o'rganing. 7. Uyda katta o'zgarishlarni amalga oshirmang. Yangi uyga ko'chish, remont, yangi ish qidirish kabi katta o'zgarishlarni chaqaloq tug'ilishidan oldin yoki kattaroq bo'lganida amalga oshirganingiz ma'qul. 8. Siz ham yangi tug'ilgan chaqaloqqa qarang. Faqat ona emas, balki ota ham chaqaloqni parvarish qilishga qodir. Xotiningizga bolani parvarish qilishda, uxlatishda yordam bering. 9. O'zingizni ishda ko'rsating. Bolani tinchlantirish, kechasi uyg'onganda qayta uxlatish, cho'miltirish kabi ishlarda yordamingizni ayamang. 10. Xotiningizga minnatdor bo'ling. Iloji boricha xotiningizga ko'p e'tibor bering va unga mehringizni ayamang. Bu maslahatlar sizdan ko'p kuch talab etsa ham, uning foydasini baxtli yor va sog'lom bolangizda ko'rasiz. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: