
Tuqqandan so'ng bavosil (gemorroy)
- Категории: Tug'ish
- Название: Tuqqandan so'ng bavosil (gemorroy)
- Дата релиза: 15-02-16, 22:39
Tuqqandan so'ng bavosil (gemorroy)
Ko'pchilik ayollarda homiladorlik va undan
so'ng bavosil(gemorroy) yuzaga keladi.
Ba'zilarda bu holat bir necha kundan so'ng
o'zi o'tib ketsa, ba'zilarda oylab ayolga salbiy
ta'sirini ko'rsatib keladi.
Bavosil(gemorroy) nima degani?
Bavosil deb, varikoz tomirlarning keskin
shishiga aytiladi. Bavosil shakli va kattaligi
turlicha bo'ladi. U qichish, og'riq, ba'zida
anusdan qon ketishini bilan namoyon bo'ladi.
Ba'zida kattalashgan bavosil tashqariga
chiqib ketadi, shunda uning mavjudligi orqa
tomonda shish borligi hissi bilan namoyon
bo'ladi.
Homiladorlik payti va tug'ish dan so'ng bavosil
(gemorroy) chiqishi keng tarqalgan holat.
Agar homiladorlikdan oldin ayolda bavosil
mavjud bo'lgan bo'lsa, homiladorlikda u
ko'pincha qayta chiqadi va qo'ziydi.
Nega bavosil(gemorroy) yuzaga keladi?
Homiladorlik nafaqat katta ichak tomirlarini,
balki oyoq va ba'zida jinsiy a'zolar tomirlarini
ham shishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab,
homilador ayolning o'sayotgan bachadoni toz
tomirlarini va o'ng tomonda joylashgan katta
tomirni siqib qo'yishidadir. Natijada qorindan
pastda joylashgan qon tomirlaridan qon
qaytishi qiyinlashadi va shuning ta'sirida ular
shishadi.
Undan tashqari homiladorlik payti progesteron
gormonining oshishi tomir devorlarini
mayinlashishiga olib keladi. Bu esa o'z
navbatida ularning oson shishiga sababchi
bo'ladi. Aynan shu progesteron gormoni
homilador ayolda ich qotishini ham keltiradi.
Ich qotishi esa, o'z navbatida bavosilga
sababchi bo'ladi.
Tug'ish jarayonida bolani itarish payti
ayolning kuchanishi ham bavosil(gemorroy)
paydo bo'lishini keltiradi.
Bavosil alomatlarini pasaytirish yo'llari
qanday?
1. Shish chiqqan joyga (anus atrofiga)
yumshoq matoga o'ralgan muzni kunda 2-3
marta qo'ying. Muz shishni kamaytiradi va
noqulaylikni yengadi.
2. Kunda bir necha marta 10 daqiqa
davomida orqani ivitib o'tiring. Issiqroq suvni
tog'arachaga to'ldirib, unda 10 daqiqa
davomida o'tirish shishni salbiy ta'sirini
kamaytirishga yordam beradi.
3. Muz qo'yish va iliq suvda o'tirish
moulajasini birin-ketin amalga oshirgan
yanada samaraliroq bo'ladi.
4. Xojat chiqargandan so'ng, qog'ozdan
foydalanmay, iliq suvda yuvinish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
5. Pastki tomirlarga zarbani kamaytiring.
Uzoq vaqt mobaynida o'tirish, turish pastki
tomirlarni zo'riqtiradi. Kunda bir necha bor
oyoqlarni balandroqqa ko'tarib yoting.
6. Kuchli og'riq bolgan paytlar uchun shifkor
bilan maslahatlashgan holda homila yoki
yangi tu'gilgan chaqaloqqa salbiy ta'siri
bo'lmagan biron dori-vositasidan foydalaning.
Tuzalishni tezlashtirish yo'li bormi?
Eng muhimi - ich qotib qolmaslikni ta'minlash
zarur. Ko'proq meva va sabzavotlardan
iste'mol qiling. Kuniga kamida 10 stakan suv
iching. Kun davomida jismoniy mashg'ulot
bajaring yoki harakatda bo'ling.
Xojat chiqarish ehtiyoji paydo bo'lgan zahoti
chiqaring. Kutmang va cho'zmang. Chunki
vaqtida chiqarilmagan najas qotib,
quruqlashib keyinchalik chiqishida katta ichak
chiqish yo'llariga zarba beradi.
Kegel mashg'ulotlarini har kuni bir necha bor
bajaring. Bu mashg'ulotlar nafaqat jinsiy
a'zolar uchun foydali, balki tuqqandan so'ng
bo'shashib qolgan orqa mushaklarini ham
kuchayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Agar uy sharoitida qilayotgan muolajalarga
qaramay , bavosil kuchayib borayotgan ,
og 'riq keskinlashgan va orqadan qon ketishi
kuzatilayotgan bo 'lsa , u holda shifokorga
murojaat qilish zarur
Manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар