100 yil yashashga yordam beruvchi oddiy qoidalar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: 100 yil yashashga yordam beruvchi oddiy qoidalar
- Дата релиза: 14-01-18, 19:18
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda sayyoramizda uzoq umr ko‘ruvchilar soni kamayib bormoqda. O‘rtacha umr ko‘rishning pasayishi ko‘pgina sabablarga bog‘liq.
Bu yerda atrof-muhit, zamonaviy odamlarning yashash tarzi va odatlari ham katta rol o‘ynaydi. Lekin har qanday odam o‘z umrini uzaytirish imkoniyatlarini topa oladi — buning uchun ba’zi narsalarga bo‘lgan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishning o‘zi kifoya.
Hayotdagi maqsadi
Hammaga ma’lumki — ishlovchi va faollikni saqlab qolgan qariyalar vaqtini vegetativ holatda o‘tkazadiganlarga qaraganda ancha uzoqroq yashaydi. Bu nafaqat yashash uchun bor kuchi bilan tirmashish kerak bo‘lgan yoshda ish beradi. Hayot oqimining unumli bo‘lishi har qanday yoshda ham mo‘jizaviy tarzda quvvat bag‘ishlaydi.
To‘g‘ri ovqatlanish
Me’yorida va xilma-xil, oddiy mahsulotlar bilan ovqatlanish — inson organizmining uzoq va mukammal faoliyat ko‘rsatishining muhim qoidasi hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, me’da va butun hazm qilish tizimimiz tegishlicha ishlashi kerak — buning uchun unga yetarli miqdorda ozuqa tolalari va muvofiqlashtirilgan miqdorda oqsil, yog‘ va uglevodlar kerak bo‘ladi.
Muntazam mashqlar
Doimiy me’yoriy mashqlar uzoq va funksional hayotning asosiy omili hisoblanadi. Kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash va yangi harakatlarni o‘rganish eskirishga olib kelmaydi, aksincha organizmning o‘z-o‘zini tiklashiga yordam beradi.
Bilingvizm
Neyrofiziologlar ikki va undan ortiq tilni biladigan odamlar ishtirokida bir necha tadqiqotlar o‘tkazdi va hayratlanarli natijalarni aniqladi.
Suhbatlashish vaqtida bilinglarning miya zonalari ancha faollashgani, kam tilni biladigan tadqiqot qatnashchilari esa ancha passiv faoliyat ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi.
Bu ayniqsa keksayganda, miyaning aqliy imkoniyati ancha pasaygan yoshda juda muhimdir.
Uy hayvonlari
Hayotingizda biron-bir jonivorning paydo bo‘lishi sizni beixtiyor aktiv faoliyat ko‘rsatishga majbur qiluvchi tartibsizlik yaratishga qodir.
Hayvonlar bilan aloqa qilish shuningdek, shaxsiy hayotingizga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар