2014-yilning salomatlik taqvimi

2014-yilning salomatlik taqvimi

2014-yilning salomatlik taqvimi
Yangi yil salomatlik bobida ko‘pchilik uchun 2013 yilga nisbatan omadli kelishi kutilmoqda.
Ot yili bilan birga keladigan quvvat bizga faqat foyda beradi, o‘zimizni yanada tetik va bardam his qilamiz. Organizm ilohiy kuch yordamida o‘z-o‘zini davolashga kirishadi, biz esa bel bog‘lab, unga yordam berishga kirishamiz. Diqqatimiz sog‘lom turmush tarzi kechirishga jamlangani bois mavjud xastaliklarning chuqurlashishi, zo‘rayishiga izn bermaymiz.

Lekin, shunga qaramasdan, ba’zi organlarimizga e’tibor qilishimizga to‘g‘ri keladi. Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar bilan zinhor hazillashib bo‘lmaydi.

Nafas olish tizimini asrab-avaylash zarur. Yaxshi shamollatilmaydigan xonalar, zax binolarda kamroq bo‘lish, avtomashinalardan holiroq joylarda sayr qilish sog‘liqqa ijobiy ta’sir etadi.

Jigar ham diqqat-markazdan chetda qolmasin. O‘ta yog‘li taomlarni iste’mol qilmaganingiz, tabiiy toza va sof mahsulotlar bilan oziqlanganingiz ma’qul. Spirtli ichimliklarni esa hech ikkilanmay bir chetga surib qo‘yavering.

Asab tizimi ham turli zarbalarga uchrashi ehtimoldan holi emas. Jaxlni tiya olmaslik va jizzakilik ruhiy holatingizga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu bois asabiylashmaslik, bunday hollar ro‘y bergan taqdirda shifokorga murojaat etish, nafas olish mashqlari bilan ko‘proq shug‘ullanish, tinchlantiruvchi choy ichish tavsiya etiladi.

Qo‘yQo‘y (21 mart– 20 aprelь)

Qo‘ylar 2014 yilda oshqozon osti bezi bilan bog‘liq bezovtaliklarga duchor bo‘lishlari mumkin. Iste’mol qilayotgan taomlarga e’tiborli bo‘ling, faqat foydali mahsulotlardan foydalaning. Yog‘li, qovurilgan eguliklar, oq non, shirinliklardan tiyiling.

Toliqish sabab bosh og‘riqlari sizni tez-tez bezovta qilib turishi mumkin. Ishingiz kompьyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, ko‘proq yuring, toza havoga sayrga chiqing. Kuniga kamida 30 daqiqa ko‘chada sayr qilish tavsiya etiladi.

BuqaBuqa (21 aprelь – 20 may)

2014 yilda Buqalarning salomatligiga hech qanday jiddiy xastalik soya sola olmaydi. Hatto anchadan beri sizni behuzur qilayotgan kasalliklaringiz ham Ot yilida ortga chekinadi. Biroq sovuq havoda qalinroq kiyining, aks holda, shamollasangiz, tuzalishingiz biroz cho‘zilib ketishi mumkin. Ayniqsa, oyoqlarni ehtiyot qiling. Bilasiz, gripp organizmga avvalo oyoqdan ilashadi.

Angina, bronxit kasalliklaridan saqlanish uchun sovuq suyuqliklar ichmang, ayniqsa, sovuq havoda bo‘yin va ko‘krak qafasini sharf bilan yaxshilab o‘rab, keyin ko‘chaga chiqing. Aslida kuchli ayozda tashqariga chiqmaslikka harakat qilganingiz ma’qul. Aytganday, konditsionerdan nariroq yursangiz, hech ham yutqazmaysiz.

EgizaklarEgizaklar (21 may – 21 iyunь)

2014 yilda egizaklarga asab tizimini avaylab tavsiya etiladi. Bu tizimdagi muammolar turli fiziologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois har qanday vaziyatda hotirjamlikni yo‘qotmaslik, ruhiy muvozanatni qo‘ldan boy bermaslikka tirishing.

Bronx va o‘pka e’tibordan chetda qolmasin. Hatto salgina yo‘tal tutsa ham bunga jiddiy yondoshing. Mehnat ta’tilida hordiq chiqarish uchun joy tanlash masalasiga mas’uliyat bilan yondoshganingiz ma’qul. Ta’tilning jilla qursa, bir qismini surunkali xastaliklaringizni davolash muolajalariga sarflang.

QisqichbaqaQisqichbaqa (22 iyunь – 22 iyulь)

Qisqichbaqalar 2014 yilda o‘pka, oshqozon va jigarga alohida e’tibor bilan yondoshishlari muhim. Haddan tashqari sovib ketish organizmingizga katta zarari keltirishi turgan gap. Ovqatlayotganda hazir bo‘ling. Umumiy ovqatlanish joylarida tamaddi qilmaganingiz ma’qul. Yog‘li mol go‘shtining o‘rniga tovuq go‘shtini tanlang, har qanday sous va marinadlangan sabzavotlar qfo‘yilgan dasturxonlardan nariroq bo‘ling.

Asab tizimi ham turli xavflar ta’siri ostida qolishi mumkin. Yo‘q joydan muammo axtarib, o‘zingizni qiynamang. Atrofga ijobiy ko‘z bilan qarang, o‘zingizga kichik bo‘lsa ham sovg‘alar qiling, avvalo o‘zingizni seving va siylang. Ana shundagina asabiylashish, jig‘ibiyron bo‘lish va ruhiy tushkunliklardan halos bo‘lasiz.

Arslon (23 iyulь – 22 avgust)

Arslonlarni 2014 yilda umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq xastaliklar qiynashi mumkin. Faoliyati ishlab chiqarish bilan bog‘liq insonlar surunkali xastaliklarga duchor bo‘lishlari ehtimoldan holi emas. Turnikdagi mashqlar, sog‘lomlashtirish massajlarining nafi katta bo‘ladi.

Shu bilan birga yurak, qon-tomir tizimini ayash tavsiya etiladi. Kun tartibiga rioya qiling, arterial kon bosimini tez-tez o‘lchab turing. Shunday iste’mol mahsulotlarini tanlangki, qon tomirlaringizga zarari etmasin. Energiyani go‘sht mahsulotlari, sariyog‘ kabi quvvatli eguliklardan emas, balki foydaliroq bo‘lgan boshqa mahsulotlardan olganingiz olishga harakat qiling. Meva va sabzavotlarni muntazam tanovul qiling, ko‘katlar doim dasturxoningizni bezasin.

ParizodParizod (23 avgust – 22 sentyabrь)

2014 yilda Parizodlar salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelishmaydi. Biroq sportning serharakatlik va jismoniy zo‘riqish talab etadigan turlaridan yiroq bo‘ling. Ayniqsa, balandlik bilan bog‘liq har qanday harakatlarning zarar keltirish ehtimoli baland.

Oshqozon-ichak tizimiga bee’tibor bo‘lmang. Organizmingiz o‘rgangan eguliklar sizga naf beradi. Taomnomaga yangiliklar kiritish xavf tug‘dirishi mumkin. Yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilmaslikka, barra meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qilishga harakat qiling.

TarozuTarozu (23 sentyabrь – 22 oktyabrь)

2014 yilda Tarozu burji vakillari salomatlik bobida qiynalishmaydi. Sizni hatto surunkali va nasliy kasalliklar ham mutlaqo bezovta qilmaydi. Lekin baribir asab tizimiga ehtiyot bo‘ling. Taranglikni yo‘qotadigan, hordiq chiqarishga yordam beradigan muolajalar qabul qiling, quvnoq insonlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling, vaqtida uxlab, vaqtida ovqatlaning.

Havo etishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘gan har qanday mashg‘ulot sizga zarar etkazadi, asab tizimingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kutilmagan noxush vaziyatlar asabbuzarliklarga sabab bo‘lishi mumkin, keyin ulardan qutulishingiz oson bo‘lmaydi.

ChayonChayon (23 oktyabrь – 21 noyabrь)

2014 yilda chayonlar kasbiy faoliyati bilan bog‘iq xastalikka duchor bo‘lishlari mumkin. Agar ishingiz gavdani bir xil tarzda tutib turish bilan bog‘liq bo‘lsa, yoki qaysidir a’zoingiz (qo‘l, oyoq, umurtqa) ko‘proq zo‘riqadigan bo‘lsa, muntazam ravishda massaj qiling yoki mutaxassis yordamiga murojaat etishingiz ham mumkin.

Bundan tashqari, hayot tarzingiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Sizga xuzur baxsh etayotgan mashg‘ulotlar salomatligingizga salbiy ta’sir etishi hech gap emas. Shunday ekan, odatlaringizni qayta tahlil etib, umumiy holatingizga salbiy ta’sir etadiganlaridan voz kechganingiz ma’qul. Ayniqsa, spirtli ichimliklar fiziologik va ruhiy holatingizga o‘zining "kuchini” ko‘rsatishi mumkin.

O‘qotarO‘qotar (22 noyabrь – 21 dekabrь)

O‘qotarlar tos-son suyaklari bo‘g‘imlariga ehtiyot bo‘lishalri darkor. Iloji boricha, og‘ir narsalar ko‘tarmang, noqulay poyabzalda yurmang. Ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, darhol ozish uchun harakatlarni boshlab yuboring. Aks holda surunkali kasalliklar girdobiga tushib qolishingiz hech gap emas. Ko‘p vaqtni tik oyoqda o‘tkazish yaramaydi. Agar kabiy faoliyatingiz doim turib ishlashni talab etadigan bo‘lsa, fizioterapiya seanslarini muntazam qabul qiling.

G‘ayri ixtiyoriy harakatlar turli jarohatlarga olib kelishi mumkin. Ruhiy jo‘shqinlik va hayajonga berilish asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jazavaga tushib qolish, tushkunlik holatlariga ham yo‘liqasiz. Mabodo shunday bo‘ladigan bo‘lsa, mutaxassis yordamidan foydalansangiz, yaxshi samara beradi.

Tog‘ echkisiTog‘ echkisi (22 dekabrь – 19 yanvarь)

Bu burj vakillariga 2014 yilda deyarli hech qanday kasallik xavf solmaydi. Sog‘lig‘ingiz mustahkam, ruhiy holatingiz barqaror bo‘ladi. Biroq infektsion shamollash kasalliklari sizni chetlab o‘tmaydi. Shu bois immun tizimingiz oqsayotgan bo‘lsa, uni mustahkamlashni hozirdanoq boshlab yuborganingiz yaxshi. Shamollagan bemorlar bilan aloqa qilayotgan ehtiyot bo‘ling.

Sport bilan muntazam shug‘ullanish tavsiya etiladi. Jilla qursa, ertalabki badantarbiyani kanda qilmang. Bu organizmingizni chiniqtirib borish, viruslarga nisbatan chidamlilikni oshirishda qo‘l keladi. Bahor va kuz oylarida vitaminga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling, maxsus vitaminli dorilarni qabul qilsangiz ham bo‘ladi.

Qovg‘aQovg‘a (20 yanvarь – 18 fevralь)

Qoag‘alar ayniqsa, elvizakdan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Chunki ular shamollash bilan bog‘iliq kasalliklarni keltirib chiqarish bilan birga elkadagi va oyodagi og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Surunkali horg‘inlik sindromi kelib chiqish xavfi bor. Shu bois to‘laqonli dam olish uchun vaqt ajrating, to‘yib uxlang, bir kunda ikki soatcha vaqtni o‘zingiz va sevimli mashg‘ulotlaringizga sarflang.

Baliq

Baliq (19 fevralь – 20 mart)

Ushbu burj vakillarining surunkali va nasliy xastaliklarga giriftor bo‘lganlari ehtiyot bo‘lganlari ma’qul. Yangi kasalliklarga sizga yopishmaydi. Hatto eskitdan mavjud bo‘lgan illatlardan biri bilan xayrlashasiz.

Biroq ovqatlanishga e’tiborliroq bo‘ling. Iste’mol qilganingizdan so‘ng o‘zingizni behol his etadigan mahsulotlardan tiyiling. Bu bilan organizmga katta yordam bergan bo‘lasiz. Ko‘proq suzish mashqlarini bajarish foyda keltiradi. Shunda jismoniy hamda ruhiy holatingiz a’lo darajada bo‘ladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: