30 YoShDAN OShGAN AYoLLARGA MASLAHATLAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: 30 YoShDAN OShGAN AYoLLARGA MASLAHATLAR
- Дата релиза: 23-09-17, 19:50
30 yoshdan oshgan ayollar o`zlarini qirolichaday his qilishlari rost, biroє ammo organizmdagi gormonal o`zgarishlar o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Qomatni bir maromda saqlab turish mushkullashadi, ilk ajinlar paydo bo`la boshlaydi.
1. Parhezshunos tavsiya qiladi:
— 30 dan oshgan ayollarga nonushta qilish oltin qoidaga aylanishi lozim. Nonushtada tuxum, tvorog, mevalar va don mahsulotlaridan biri bo`lishi lozim. Kolbasa, shirinliklar, bulochkalar o`rnini yong`oqlar bilan to`ldiring. Tushlikda esa go`sht va sabzavotlar tanovul qiling. Do`kon peshtaxtalaridagi mayonez va ketchuplardan voz keching, iloji bo`lsa, o`zingiz uy sharoitida mayonez tayyorlang yoki salatga mayonez o`rniga yog`siz smetanadan soling. Taomlanish rasioningizda, albatta, baliq bo`lsin. Kun davomida esa 2-2,5 litr suv iching. Uxlash oldidan bir stakan qatiq yoki yogurt qabul qilsangiz tiniqib dam olasiz.
2. Ayollar shifokori maslahati:
— 30dan oshgan ayollar mammolog shifokori ko`rigidan o`tishlari shart. Shuningdek kamqonlikning oldini olishga ham alohida e`tibor qaratish zarur. Organizmda temir moddasi etishmasligi natijasida holsizlik, teri qurishi, tirnoqlar sinuvchanligi va sochlar to`kilishi kuzatiladi. Bunday holatlarni sezishingiz bilan shifokorga murojaat qiling.
Kosmetolog maslahati:
— Agar shu kunga qadar yuz terisi uchun faqatgina tozalash va namlantirish talab etilgan bo`lsa, endi tiklash va ajinlarga qarshi kurashishga to`g`ri kelishini unutmaslik lozim. Buning oldini olish uchun har 2 xaftada yuzingizga mos niqoblardan foydalaning.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар