5-6 KG OZMOQChIMISIZ? MUAMMO EMAS!

5-6 KG OZMOQChIMISIZ? MUAMMO EMAS!

5-6 KG OZMOQChIMISIZ? MUAMMO EMAS!
Hamisha go`zal ko`rinishni istasangiz qaddi-qomatga e`tibor bering-u, ortiqcha santimetrlardan osongina qutiling. Shu bois bu gal e`tiboringizga arzimagan 4-5 kilogramdan xalos bo`lishda asqotuvchi tavsiyalarni havola etamiz.

Ildizini aniqlang

Bugungi kunda tez va samarali ozdiruvchi turli markazlar va «maslahatgo`y»lar bemaza qovunning urug`i kabi ko`payib bormoqda. Ba`zilari ovqatlanishni o`rgatamiz desa, boshqalari mashq qilishga chorlashadi. Buning yaxshi yoki yomonligi haqida xech narsa deyolmaymiz. Ammo nimagadir ularning xech biri ortiqcha yog` o`zi qaerdan paydo bo`lgani haqida o`ylab ham ko`rishmaydi. Ehtimol, bu gormonal muvozanatning buzilishidir yoki organizmga biror modda etishmayotgandir. Buni aniqlashga ikkinchi darajali masalaga aylanib qolgan. Axir xastalikning sababini emas, uni keltirib chiqargan omilni bartaraf etish kerakligini hammamiz bilamiz-ku. Shuning uchun sizga aytadigan eng birinchi tavsiyamiz ortiqcha vaznning kelib chiqish sabablarini aniqlang! Masalan, ko`pincha qishdan keyin ayol organizmida uchraydigan temir etishmovchiligi ham aynan ishtahaning ochilishi bilan kechadi. Bunday holda mashq yoki parhez qilish emas, temirga bo`lgan ehitiyojni qondirish darkor. Chunki tanamiz o`ziga qaysi modda kerakligini biladi va o`sha modda zahirasini taom orqali to`ldirishga intiladi. Lekin biz bu signallarni ochlik deya qabul qilamiz-da, oldimizda turgan taomlarni saralamay iste`mol qilishga tushamiz. Natijada yo`q joydan ortiqcha santimetrlarni orttirib olish hech gap emas. Agar shunday ahvolga tushishni istamasangiz, dietolog shifokor ko`rigidan o`tib, muammoning ildizini aniqlashga kirishing.

Uxlaymiz va ozamiz!

Inson tanasida maxsus uyqu jarayonida ozdiruvchi gormon borligini bilarmidingiz? Ha, ha agar o`z vaqtida va tiniqib uxlasangiz, bir kechada bir necha yuz gramm yog`dan qutilishingiz mumkin. Bunda sizga somotatrop gormoni yordam beradi. U kechquringi metobalizm jarayonida (nafas olish, yurakning urishi...) yog`larning erishiga javob beradi. Agar samototrop gormoni kechki 00:00dan 2:00ga qadar jadalroq ishlab chiqarilishini inobatga oladigan bo`lsangiz, u ishlab chiqariladigan fursatda uyquga ketgan bo`lishingiz lozim. Aynan shuning uchun ham mutaxassislar oritqcha “yuq”dan xalos bo`lish niyatida yurgan insonlarga birinchi navbatda o`z vaqtida uyquga ketishni tavsiya etishadi.

Nima uchun kechqurun och bo`lamiz?

Kechqurun maxsus gormon yog`larni parchalashini bilib oldik. Inson uyqudan uyg`onganida o`sha somatotrop gormon hali ham o`z faoliyatini davom ettirayotgan bo`lishi mumkin. Aynan shuning uchun ham uyg`ongach kishida nonushta qilish istagi yo`qoladi. Ba`zi hollarda qorningiz ochganligini tushga tomon seza boshlaysiz. Kuni bilan taomlanmagach tabiiyki, kechga borib jilovlab bo`lmas ochlik hissi qiynaydi. Xo`sh, unda kechki yoki tungi ishtaha bilan qanday kurashish kerak? Maslahatimiz bu ochlikka qarshi kurashib, o`zingizni qiynamang. Yaxshisi organizmning talabini qondiring, faqat uglevodlar hisobiga emas, oqsil va sabzavotlar bilan! 18:00 dan keyin uglevodlarga «yo`q» deyishni o`rgansangiz, asta-sekinlik bilan gormonlar faoliyati izga tusha boshlaydi.

Biologik faol qo`shimchalar kerakmi?

Ortiqcha vazndan xalos bo`lshiga qaror qilgan ayol borki, turli vitaminlar, ishtahani bo`g`uvchi o`simliklardan tayyorlangan biologik faol qo`shimchalarga murojaat qilishga intiladi. Bir qarashda ular muammoning oson echimi bo`lib tuyuladi-da. Aslida, biologik faol qo`shimchalarni butunligicha «qora ro`yxat»ga kiritishga haqqimiz yo`q. Chunki aytaylik jismoniy mashqlar yordamida ozayotgan insonning tanasi oqsil va vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun bir necha kilogrammlab maxsulotlarni iste`mol qilish kerak. Buning o`rniga mana shunday qo`shimchalarga murojaat qilish mumkin. Ammo, albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda, faqat dorixonalarda sotiladigan, sinalgan qo`shimchalardan foydalangan maqsadga muvofiq. Biroq o`sha vitamin va faol qo`shimchalarni iste`mol qilib, mashq qilmasdan ozaman deb o`ylasangiz chuchvarani xom sanagan bo`lasiz. Єolaversa vitaminlarni o`zibilarmonlik bilan ichish mumkin emas! Masalan, o`simta xastaligidan aziyat chekadigan inson (xoh yaxshi, xoh yomon sifatli bo`lishidan qat`iy nazar) A vitaminini qabul qilsa, vaziyat og`irlashib, o`smaning o`sishi tezlashadi.

Metobalizmga doping kerakmas

Bugungi kunda reklama roliklari va internet tarmog`i dori vositasini ichib «mo`jizaviy» tarzda bir necha o`n kilogrammga ozgan insonlar haqida bong urishmoqda. Bu natijaga qanday erishdingiz, deb so`rashsa, moddalar almashinuvini tezlashtirish hisobiga deya javob berishadi ular. Chindan ham ortiqcha vazn moddalar almashinuvining jadalligiga to`g`ridan to`g`ri bog`liq. Sizning ham gamburgeru xot-doglarni paqqos tushirsa-da, bir santimetrga ham o`zgarmaydigan dugonangiz, tanishlaringiz bo`lsa kerag-a? Aynan o`sha insonlarni ortiqcha vazndan moddalar almashinuvining jadalligi himoyalab turibdi. Farmasevtikada tez fursatlarda ortiqcha vazndan xalos etuvchi preparatlar mavjud. Va ular metobolizmni tezlashtiradi. Biroq bunday preparatlar barcha sog`liqni saqlash tashkilotlari tomonidan bir ovozdan ta`qiqlangan. Biroq “uddaburon” kishilar ularni bekitiqcha olib kelib sotuvga qo`yishmoqda. Xo`sh ularning ishlash mexanizmi qanday?

Bir kunda inson organizmida o`rtacha 10 000 dona saraton hujayrasi paydo bo`ladi. Ammo immun tizimining maxsus xujayralari borki, mana shu saraton hujayralarini topib, yo`q qiladi. Endi tasavvur qiling, moddalar almashinuvini 10 barobarga tezlashtirsangiz, qancha saraton hujayralari paydo bo`ladi? Immun tizimingiz esa ularni topib zararsizlantirishga ulgurmay qolishi mumkin. Natija haqida esa ortiq to`xtalishni istamaymiz. Aytishimiz lozim bo`lgan yagona gap esa salomatligingizni qadrlang. Tarkibi noma`lum dori vositalarini qabul qilib tuzalmas dard orttirib olmang.

Atigi 4 maxsulotni cheklab 4-5 kilogramdan xalos bo`lish mumkin

Albatta, ortiqcha vazningiz me`xyordagidan 15-20 kilogramm ortiq bo`lsa, muammoni mutaxassis ko`magida hal etishni tavsiya etamiz. Biroq 5-6 kilogrammni deb dietolog qabuliga borish hammamiz uchun ham qulay chora emas. Bunday hollarda taomnomangizdan shakar, xamirli taomlar, non, kartoshka va oq guruchni cheklab, ortiqcha muammodan xalos bo`lishingiz mumkin. Va, albatta, sayr qilishni unutmang.

MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: