Agar teringiz quruq bo'lsa…

Agar teringiz quruq bo'lsa…

Agar teringiz quruq bo'lsa…
Quruq teri — nafaqat teri to'qimasiga, balki terining quyi qatlamlariga ham ta'sir qiladi. To'g'ri, bu jiddiy muammo hisoblanmasa-da, ko'plab noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Qish mavsumida esa bu muammo yanada jiddiylashadi. Bugungi sahifamizda uy sharoitida quruq terini parvarishlash choralari haqida to'xtalamiz.

BODOM YoG'I

Agar teringiz o'ta quruq bo'lsa, tabiiy mahsulotlar yordamida uni namlantiring. Bodom yog'i — tabiiy mahsulotlar ichida quruq teriga qarshi kurashuvchi eng yaxshi vosita. Narxi ham qimmat emas. Uning asosida bemalol terining qurishiga qarshi kurashuvchi niqob tayyorlash mumkin.

Buning uchun 2 stakan suv (500 ml), 1/2 osh qoshiq bodom yog'i, mato va qo'l sochig'i kerak.

Yuzingizni issiq suvda chayib, keyin bodom yog'ini kaftlaringizga olib, biroz qizdiring. Yuzingizga moyni surtib, aylana harakatlar bilan uqalang. Bir necha daqiqa massaj qilgach, sochiqni issiq suvda chayib, ozgina nam holatida yuzingizga qo'ying. Sochiq soviganidan so'ng uni yuzingizdan olib tashlang. Oxirida yuzingizni toza mato bilan artib olishingiz mumkin. Muolajani haftada 3 marotaba takrorlang.

KOSMETIK LOY

Kosmetik loyning foydali xususiyatlaridan biri quruq terini namlantira olishidir. Ularning ichida oq loy eng yaxshisi.

Demak bizga 1 stakan suv, 5 osh qoshiq oq loy va 1 dona bodring zarur.

Suv va loyni qo'shib, yaxshilab aralashtiring. Krem ko'rinishidagi massaga bodringni mayda to'g'rab, loyga qo'shing. Masalliqlar quyuq massani hosil qilguncha yaxshilab aralashtiring. Niqobni yuzga surtib, 20 daqiqa kuting. Niqob yuzingizda qurigach, uni yuvib olishingiz mumkin. Niqobni haftada 3 marotaba bajaring. Shunda teringiz tezda yumshoq va mayin bo'lganini sezasiz.

YOGURT VA KARTOShKALI PYuRE

Yogurt va pyure ham quruq terini namlantirishda yaxshi yordam beradi.

Sut kislotalari terini namlantiribgina qolmay, teridagi o'lik to'qimalarga ham qarshi kurasha oladi. Shu bois teri yumshoq bo'ladi.

Ushbu niqobni tayyorlash uchun 1 stakan yogurt, 3 osh qoshiq kartoshkali pyure kerak.

Yogurt va kartoshkali pyureni aralashtirib, bitta massa holiga keltiring. Niqobni yuz hamda bo'yningizga surting. 20 daqiqadan so'ng niqobni issiq suvda yuving. Teringiz o'zini yanada yaxshi his eta boshlaydi. Muolajani haftada 2 marotaba takrorlang.

TUXUM

Tuxum quruq terini yumshatishda kerakli moddalarga ega tabiiy mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari, tuxum terini tortish xususiyatiga ham ega. Bu niqobni suli yormasi bilan aralashtirib niqob tayyorlasangiz, natijasi yanada yaxshiroq bo'ladi.

Buning uchun 2 dona tuxum, 1/2 stakan suli yormasi va cho'tka kerak bo'ladi.

Tuxumni suli yormasi bilan yaxshilab aralashtiring. Cho'tka yordamida niqobni yuzingizga surtib, 15 daqiqaga yuzingizda qoldiring va keyin issiq suvda yuving. Niqobni haftada 2 marotaba takrorlab tursangiz, tez orada natijasini ko'rasiz.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: