Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » AJINLARNI YO`QOTUVChI MEZOTERAPIYa HAQIDA
AJINLARNI YO`QOTUVChI MEZOTERAPIYa HAQIDA

AJINLARNI YO`QOTUVChI MEZOTERAPIYa HAQIDA

AJINLARNI YO`QOTUVChI MEZOTERAPIYa HAQIDA
Ayol borki, ajinlarga qarshi kurashadi, doim yosh va navqiron ko`rinishga harakat qiladi. Zamonaviy tabobat va plastik jarrohlik esa ayollarimizning bu istaklarini ruyobga chiqarish uchun turli‑tuman uslublar taklif qilib kelmoqda. So`nggi paytlarda massaj, botoks va shunga o`xshash yoshartiruvchi muolajalar bilan birga, ayollar o`rtasida mezoterapiya uslubi ham anchayin ommalashgan.

Ba`zi ayollarda nasliy yoki boshqa holatlar sabab erta qarish, yuzga tez ajin tushishi kuzatiladi. Bunday hollarda kosmetologik vositayu kremlar ham yordam bermaydi. Mezoterapiya uslubidan foydalanish bilan anchayin samarali natijaga erishish mumkin. Mezoterapiyada teri ostiga maxsus biologik faol moddalar jo`natiladi. Biologik faol moddalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

turli vitaminlar — ular teriga quvvat bag`ishlaydi;

gialuron kislotasi — teridagi modda almashinuvini yaxshilaydi, uni namlantirib, yoshartiradi;

kollagen va elastin esa yuz terisi cho`ziluvchanligini orttirib, yuz ovalini mustahkamlaydi. In`eksiya har bir mijozning muammosi va teri holatini o`rgangan holda aynan uning o`ziga xos qilib tayyorlanadi. Mezoterapiya teri osilib qolishi, yuzdagi yosh o`tgani sari paydo bo`lgan ajinlar va sellyulitga qarshi eng samarali uslublardan biri hisoblanadi.

Qanday amalga oshiriladi?

Bemorning yuzi va uni bezovta qilayotgan muammo o`rganib chiqilib, kerakli tarkibiy qismlar aralashmasidan in`eksiya hozirlangach, uni ingichka va qisqa nina orqali teriga jo`natiladi.

Nina izi qolmaydimi?

Mezoterapiya teri uchun xavfsiz. In`eksiya juda ingichka va kalta nina yordamida terining muammoli qismlariga kam miqdorda, ignani chuqur kiritmagan holda qilinadi. Nina teriga kirganda u qon tomirlarini shikastlamaydi, asab tolalariga ham zarar etkazmaydi. Ammo har bir kishining og`riqdan ta`sirlanishi turli xil bo`lgani sabab ba`zi hollarda mahalliy og`riq qoldiruvchi dorilardan ham foydalanilishi mumkin. Ninadan qolgan iz, shish va qizarishlar bir soat davomida o`tib ketadi. Shu bilan birga, teriga nina kirishi ham uning tortilib, yosharishiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.

Ilk natija qachon ko`rinadi?

In`eksiya terida biologik jarayonlarni ishga tushiradi. Uning tarkibidagi gel ajinlar o`rnini to`ldiradi, qon aylanishini kuchaytiradi. Mezoterapiya natijasini 2‑3 muolajadan keyin ko`rish mumkin. Yuzning ovali esa birinchi muolajadan keyinoq o`zgarib, anchayin tortilib, go`zallashib qoladi.

Natija qanchaga etadi?

Mezoterapiya ta`siri ayolning yoshi va teri holati, hayot tarzidan kelib chiqqan holda yarim yildan 2 yilgacha etishi mumkin. Natija davomiy bo`lishini istasangiz, har 6 oyda muolajani takrorlab turish tavsiya qilinadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: