Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » “Ajrashmoqchiman, ammo xotinim nikoh guvohnomasini bermayapti”
“Ajrashmoqchiman, ammo xotinim nikoh guvohnomasini bermayapti”

“Ajrashmoqchiman, ammo xotinim nikoh guvohnomasini bermayapti”

“Ajrashmoqchiman, ammo xotinim nikoh guvohnomasini bermayapti”
"Men xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sud arizani qabul qilish uchun nikoh tuzilganligi to`g`risidagi guvohnomaning asl nusxasini talab qilmoqda, biroq xotinim uni menga bermayapti. Nima qilishim kerak?"

*83*** abonenti, Toshkent shahri.

Savolga huquq magistri Farruh Fayziev javob beradi:

— Oliy sud Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo`yicha qonunchilikni qo`llash amaliyoti to`g`risida"gi 06-son Qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisiga ko`ra da`vo arizasiga nikoh tuzilganligi to`g`risidagi guvohnoma ilova qilinadi. Biroq amaliyotda ko`pincha ajralishga rozi bo`lmagan er (xotin) da`vogarga ushbu hujjatning asl nusxasini bermay, u yo`qolganligi yoki uni topa olmayotganligi va boshqa sabablarni vaj qiladi. Bunday holda siz nikohni qayd etgan FHDYo organiga murojaat qilib, nikoh hujjatidagi yozuvdan ko`chirma olishingiz mumkin, uni sudga taqdim etasiz.

Muammoning yana bir echimi ham bor. Siz takroriy guvohnoma olishingiz mumkin. Chunonchi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son Qaroriga 1-ilova) ko`ra fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDYo organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko`ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida nikoh tuzgan shaxslarga arizachi murojaat etgan kunda takroriy guvohnomalar beradi. Bunday hujjatning yuqori qismiga "Takroriy" belgisi qo`yiladi. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berganlik uchun davlat boji va gerb yig`imi undiriladi (har biri eng kam oylik ish haqining 15%i miqdorini tashkil etadi).
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: