ALDOQChI KUYoVLARDAN HUShYoR BO`LING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ALDOQChI KUYoVLARDAN HUShYoR BO`LING!
- Дата релиза: 15-08-17, 16:37
Bugun atrofimizda namunali oila qurishga to`sqinlik qiladigan omillar etarlicha. Kimdir mard yigitlar kamayib ketganini, yana kimdir qaynonalarning kelinlariga qo`yayotgan talablari aqlga sig`masligidan noliydi. Boshqalar internet, telefon degan balo chiqib, odamlarni asl maqsaddan chalg`itayotganini, erkaklar va, hatto, ayollarning oilaga xiyonat qilishiga sabab bo`layotganini tushuntirmoqchi bo`ladi. Keling, qizlarjon, bu safar kundaligingizga uchrashuvga chiqqanda qanday va`dalarga aldanmaslik lozimligi, so`ng barmoq tishlamaslik uchun nimalar qilish kerakligini yozamiz.
Ikkilansangiz, ishonsangiz va hatto sevsangiz ham surishtiring!
Oilangiz va ko`nglingizga biror nomzod yoqib turibdi. Ikkilanayapsizmi? Surishtirishga haqqingiz bor. Axir ko`ylak sotib olganda ham nechta do`konga kirib chiqish, narx va sifatini solishtirish, sotuvchini savolga tutishdan erinmaysiz-ku, to`g`rimi? Hayotingizni hech bo`lmasa bir matoga qiyos qiling-da, siz ham yigit va uning oilasi, o`tmishi, buguni, orzulariyu rejalari, muomalasiyu bilimi, yashash tarzi — hammasini surishtiring. Uyalmang, tortinmang. So`rab-istashning ham ming usuli bor. Bizda faqat mahalla oqsoqoli, qo`ni-qo`shnidan surishtirishga e`tibor qaratiladi. Siz bu ro`yxatga ishxona, maktab, institut, internetni ham kiriting. Hozir hamma ochiq kitobdek ko`rinsa ham uning siz bilishingiz kerak bo`lgan muhim jihatlari ko`zdan pana bo`lishi mumkin. Bu qaysi jihatlar? Yigit yaxshi insonmi, odamlar bilan muomalasi qanaqa? Ishxonada o`zini qanday tutadi, istiqboli bormi? Oilasiga mahalla ahli necha baho qo`ymoqda, berilib, yoyilib maqtayaptimi yoki «Hm, yaxshi oila», «Boshqalardan so`rab ko`ring-chi» deyaptimi? Internetda dahshatli sirlari yo`qmi, bir «google»ga qidiruv berib ko`ring-chi? Juda bo`lmasa, dadangiz kuyov bo`lmish bilan yuzma-yuz suhbat qursin, erkaklar bir-birin aldashi qiyin!
Uchrashuvlarda sizga ko`p va`dalar berayotgani shubhaga solmayaptimi? Qaysi gaplaridan shubhadasiz? Balki quyidagi gaplar sizga tanishdir.
«Sizni xorijga olib ketaman!»
Men bilgan bir oila mana sakkiz yildan beri alohida yashaydi. Umumiy hisobda shu kelin-kuyov bir-birini bir yildan ortiqroq ko`rmagan bo`lsa kerak. Ammo orada allaqachon ikki o`g`il tug`ildi. Kelin uyda qaynona-qaynotaga qarab o`tiradi, kuyov okean ortida, oyda bir marotaba pul jo`natib turibdi. Kuyov to`ydan oldin kelinni ham olib ketaman, deb yaxshi rejalar, va`dalar qilgandi. Yigitning niyati to`g`ri bo`lsa ham, o`zi muvaqqatgina yashayotgan xorijga kelinni olib ketolmadi. To`ydan keyin ko`p o`tmay, yana «boyib kelgani» ketgan kuyov birinchi farzandi dunyoga kelgach, qaytib keldi. Ming marta harakat qilmasin, xotini va bolasiga viza ololmadi. Ota-onasi ham «O`g`lim, bola-chaqang, biz bilan yasha, shu erda tirikchilik qilaveramiz», demadi. Hali singilni turmushga berish, hali ukani uylantirish, hovlini yangitdan qurish kabi muammolarini aytaverib, yana ishga jo`natib yuborishdi. Nima bo`pti, deysizmi? To`g`ri, o`sha o`g`il topgan pul orqasidan chiroyli to`ylar o`tmoqda, hashamatli uylar qurilmoqda, ammo uning ortidan baxt topaman, deb kelgan kelinning hayoti sog`inch bilan o`tib ketyapti... Asabiy, yig`loqi ona u! Bolalari bilan o`zini ovutayotgan, erining xorijlik ayol bilan yashayotganidan allaqachon xabardor xotin u! Bolasini ortga qaytarmasdan, unga faqat pul jo`natuvchi mashina, deb qaraydigan qaynota-qaynonasidan ich-ichida norozi bo`lib kuch kechirayotgan kelin u!
Xulosa: Siz erga tegayotganingizda nimani maqsad qilasiz? Boy yashashnimi? Dunyo kezishnimi? O`ylang, boy yashayotganlar va sayohatga har faslda chiqayotganlarning hammasi baxtlimi? Yoki bundan mosuvo yashayotganlarning hammasi baxtsizmi? «To`ydan keyin oldin o`zim borib, 1-2 tanga topaman-da, so`ng sizni chet elga olib ketaman», degan gapga uchmang! Yoki hozir urfga kirgan vebkamerada suhbatlashib, so`ng kuyovsiz to`y bo`lishiga rozi bo`lib, erga tegmang! Hatto kattalarning o`zi bunga rozi bo`lsa ham siz noaniq manzillar, boshi ochilmagan ishlardan o`zingizni ehtiyot qiling! Eri jo`natgan to`rtta ko`ylak uchun o`zini xursand yashayotgandek ko`rsatayotgan ayollar safida qolmang!
Agar mabodo sizning ham orzularingiz xorij bilan bog`liq bo`lsa, yigitning rejalari qanchalik haqiqatga to`g`ri kelishini surishtiring. Buni uning o`zidan, qonunlardan va bu ish boshiga tushgan oilalardan aniqlasa bo`ladi.
«Sevganingiz bo`lganmi?»
Uchrashuvda shunday savolni ko`pincha o`zi kimnidir qattiq sevgan yigitlar beradi, degan gap yuradi. Bu qanchalik to`g`ri-noto`g`riligini bilmadik, lekin har bir qiz bu savoldan hushyorlashadi. Hatto sevgan yigiti bo`lmagan qiz ham qo`rqib, javob berib bo`lgach «O`zingizda-chi?» deyishga jur`at topadi. Yaqin dugonamga kuyov shunday savol berganida, «Yo`q, men unaqa qizlardan emasman», deb gapni qisqa qilgan ekan. Hozir xomilador holida ota uyida o`tiribdi. Nuqul sobiq erining shu gapini eslab, o`shanda u menga ko`p gap aytmoqchi bo`lgan, men e`tibor bermaganman, deb o`zini koyigani-koyigan. Ma`lum bo`lishicha, yigit bir qizni qattiq sevibdi-yu, ammo uni boshqa birovga turmushga berib yuborishibdi. Shundan so`ng yigit mening dugonamga uylangan, to`yidan bir oy o`tmay, boyagi sevgan qizining ajrashganidan xabar topgan jur`atsiz kuyov endi dugonam bilan yashashni istamasligini, o`shanga uylanishini ochiq aytibdi. Xullas, yigit xomilador xotinini uyiga jo`natib, sevgan kursdosh qizi bilan yashab yuribdi.
Xulosa: To`ydan avval har ikki tomonning ham ko`ngli kimgadir moyil bo`lgan bo`lishi mumkin. Bu degani hamma o`tmishni qo`msaydi, degani emas. Lekin odamlar har xil. Ba`zi sho`x yigitlar bor, to`ygacha qancha qizga sevgi izhor qilib, qanchasi bilan va`dalashgandek bo`ladi, lekin uylangach, jiddiy tortadi. Ba`zi ta`sirchan yigitlar ham bo`ladiki, ular kimgadir niyatini ochiq aytolmay, ota-onasini ko`ndirolmay, taqdir hukmiga qarab yuradi-yu, biroq keyinroq isyon qiladi. Ular narigi yigitlar kabi qizlarni sinovdan o`tkazib, o`zi uchun xulosa chiqarmagan bo`ladi, shuning uchun xotinidan ideal ayolni kutib yashaydi. Bunda har ikki holatda ham chegaradan chiqmagan bolani tanlash muhim. Ya`ni, shaddod yigit bo`lishi mumkin, ammo sayoq bo`lmasligi shart, bosiq yigit bo`lishi mumkin, biroq lanj bo`lmasligi shart!
Buning uchun uning tabiati, kim bilan sevishgani va bu «muhabbat» qanchalik kuchli bo`lgani haqida ozroq bilsangiz, zarar qilmaydi. To`g`ri, ko`pincha ota-onalar masalaning bu tomoniga unchalik qiziqishmaydi, to`ydan keyin unutadi, deyishadi. Surishtirganda, yigitning o`zidan ham ko`ra oilasi haqida ko`proq bilishni istashadi. Mana shuning uchun ham ko`pincha to`ydan keyingina kuyovning qaysidir «dom»da juvon xotini borligi ma`lum bo`ladi. Yaxshilab o`ylab ko`rsangiz, yigit o`qigan fakultetdan, albatta, biror tanishingizni topasiz, yoki akangiz, biror ishonchli odamni o`rtaga qo`yib, o`z tengdosh yigitlari orqali ham so`rattirsangiz bo`ladi. Yosh yigitlar ko`pincha yuzxotir qilib o`tirmay, bilganlarini ochiq aytishadi.
«O`qitaman, ishlataman...»
...deb va`da berganlarning aksariyati so`zida turmaydi. Nima uchun? Turmush qurganingizdan keyin yaqin 10 yil ota-ona qaramog`ida bo`lasizlar. Kuyov istagan taqdirda ham sizga ota-onasining qoshidan o`tib, bunga imkoniyat yaratib berolmasligi mumkin. Bolalarning ketma-ket tug`ilishi o`qish va ish bo`yicha tanaffusni talab qiladi. Shuning uchun ham turmushga chiqquncha o`qib oling, iloji bo`lsa, ishga ham joylashing. Siz hammasini badastir qilib qo`ysangizgina, kuyovdan va`daga vafo talab qila olasiz. Bu va`dalar amalga oshadimi-yo`qmi, buni oldindan tekshirishning oddiy usuli bor. Agar yigitning onasi, opa-singlisi oilasidagi ayollar o`qigan bo`lsa, ishlasa, demak, ertami-kechmi u ham ayolining ma`lumot olishi va ishlashiga to`sqinlik qilmaydi. Hatto, uchrashuvlarda «Ishlamaysiz, uyda o`tirasiz!» degan bo`lsa ham, vaqt o`tib, turmush taqozosi yoki o`rtadagi ishonch tufayli, yoki sizning hamma ishni udda qila olishingizga qarab, uning qarori o`zgarishi mumkin.
Aziza QURBONOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар