Amerikada saratonni aniqlovchi saqich yaratiladi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Amerikada saratonni aniqlovchi saqich yaratiladi
- Дата релиза: 14-04-17, 13:17
Amerikaning Volatile Analysis kompaniyasi saratonni aniqlovchi saqich ishlab chiqarishni rejalashtirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Mazkur saqich o`simtalar ajratadigan tez harakatlanuvchi birikmalarni tahlil qiladi. Saqichni chaynash jarayonida ajralgan so`lakdagi birikma saqich bilan hamkorlikda organizmdagi o`ziga xos kimyoviy tarkib yordamida o`simta bor-yo`qligini aniqlaydi.
Tadqiqotchilarning ma`lumot berishicha, turli a`zolarning o`simtalari turli birikmalardan tashkil topgani tufayli, saqich yordamida bemorning saratonning qaysi turidan aziyat chekayotganligini aniqlash mumkin bo`ladi.
Hozircha mazkur saqichni ishlab chiqarish faqat rejaga kiritilgani tufayli uning qanchalik samarali bo`lishini oldindan aytishning iloji yo`q. Kompaniyaning aytishicha, mazkur saqich qon va peshob tahlilining o`rnini bosadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар