Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ariga chaqtirib shifo topish mumkinmi?
Ariga chaqtirib shifo topish mumkinmi?

Ariga chaqtirib shifo topish mumkinmi?

Ariga chaqtirib shifo topish mumkinmi?
Albatta! Qanday qilib deysizmi? Unda asalari zahri bilan davolash, ya'ni apiterapiya haqidagi maqolamizni diqqat bilan o'qing. Bizga bu borada xalq tabobati bilan shug'ullanib, ko'pchilikning dardiga darmon bo'layotgan Gulnora Shermatova yordam beradi.

— Gulnora opa, aytishlaricha, asalarining chaqishi ham ba'zi kasalliklarda koni foyda ekan. Shu haqda gapirib bersangiz…

— Asalarini xalq orasida qanotli farmatsevtlar, asalari yashiklari qo'yilgan joyni esa tabiiy dorixona deyishlari bejiz emas. Demak, ari chaqqanida 50ga yaqin turdagi mikroelementlar va oz miqdordagi zahar organizmimiz salomatligi uchun xizmat qilar ekan. Bu zahar esa mayda arteriya va qon tomirlarini kengaytiradi, inson tanasiga qon oqimining kelishi oshadi.

Ari zahri bilan davolash, ya'ni apiterapiya xalq tabobatida qadim zamonlardan beri qo'llanib kelinadi. Apiterapiya tarkibiga asal bilan yelka va bo'g'imlardan tuzlarni sug'urib olish, propolisdan suv va spirt asosida tindirma (nastoyka) tayyorlash ham kiradi. Propolis va asaldan tayyorlangan aralashmani yoshi ulug' insonlar tanovul qilsa, organizmga quvvat baxsh etadi. Apiterapiya usulining boshqa davo vositalaridan asosiy farqi shundaki, u kompleks ta'sir qiladi. Me'yor unutilmasa, zarracha ham salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Bugunga kelib apiterapiya ham bir necha kasalliklarni davolashda samarali vosita bo'lib hisoblanmoqda. Boshqacha aytganda, asalarilar mo''jizaviy shifo beruvchi haqiqiy bir martalik tabiiy shprislardir. Darvoqe, hozir Yevropa mamlakatlarida ham asalariga chaqtirib davolash usuli keng qo'llanilmoqda.

— Avvalo, ari zahri nima degan savolga aniqlik kiritsangiz…

— Ari zahri ishchi arilarning alohida zahar ajratadigan bezidan chiqadigan suyuqlik bo'lib, u arilarning himoya vositasidir. Asalarining zahri murakkab ta'sirga ega bo'lib, u arining chaqish soni, zahar miqdori va ari chaqqan joylarga, inson organizmining ari zahrini sezuvchanligiga ham bog'liq. To'g'ri, asalari chaqqanida bor-yo'g'i 30 soniya og'riq bo'ladi. Albatta, bu yoqimsiz jarayon. Shu bois bu og'riqni sezmaslik uchun mutaxassis tomonidan maxsus muolaja qo'llaniladi. Asalariga chaqtirib davolanishning ham o'ziga xos nozik jihatlari bor. Avvalo, bunday usulda davolanganda bemor mutaxassis nazoratida bo'lishi shart. Dastlab bemor tanasining asalari zahriga sezgirligi tekshirib ko'riladi. Buning uchun 1 dona ariga chaqtirib, ignasi 10 daqiqadan so'ng olib tashlanadi. Agar allergiyaning belgilari 10-15 daqiqada paydo bo'lmasa, shundan keyin asalariga chaqtirib davolashni boshlash mumkin. Ari chaqqanidan keyin bemorning qon aylanishi va uyqusi yaxshilanadi, og'riq kamayadi, qon bosimi tushadi.

— Agar bemorni me'yoridan ortiq ari chaqsa-chi?

— Avvalo, mutaxassis davolanayotgan bemorga qancha asalari qo'yishni yaxshi bilishini ta'kidlamoqchiman. Aslida, asalari ko'p chaqsa, boshi aylanadi, og'riydi, ko'ngli ayniydi, so'lagi oqadi, ich ketishi ehtimoli bor, hamma yeridan muzdek ter chiqib, ter bosadi. Shuningdek, qon bosimi tushib, birozdan so'ng isitmasi chiqishi ham mumkin. Ta'kidlashimiz lozimki, ayollar va bolalar ari zahriga sezgirroq bo'lishadi, ularda zaharlanish biroz og'irroq kechishi ehtimoli bor. Mabodo shunday hol yuz bergudek bo'lsa, imkon qadar ko'proq suyuqlik ichish lozim.

Ari zahri tarkibida suyak tizimini mustahkamlovchi va qayta tiklovchi moddalar mavjudligi olimlar tomonidan isbotlangan.

Qaysi bemorga qancha asalari qo'yish kerakligini mutaxassis belgilaydi. Davolash kursi bemorning tashxisiga, holatiga va organizmning ari zahriga reaksiyasiga qarab belgilanadi. O'rta hisobda 10-11 kun davomida muolaja kursi davom etadi.



QUYIDAGI KASALLIKLARDA ARIGA ChAQTIRIB ShIFO TOPISh MUMKIN:
artrit va osteoxondroz;
bosh og'rig'i;
periferik nerv tizimi xastaliklari (bel og'rig'i, yuz nervi falaji, polinevrit, qovurg'alararo nevrit, nevralgiya);
churra;
migren;
qon-tomir xastaliklari (endoartrit, tromboflebit, ateroskleroz);
depressiya va uyqu buzilishi;
quloq va burun-tomoq xastaliklari va hokazo.

KIMLARGA MUMKIN EMAS!
homilador ayollar;
jigar va me'da kasalliklarining o'tkir davri;
sepsis — qon tarkibida yiring bo'lganda;
ruhiy xastaliklar;
asal va asalariga allergiyasi borlar;
saratonga chalinganlar;
yuqumli xastaliklar bilan og'riganlar.

ASALARI ZAHRI TARKIBI NIMALARDAN IBORAT?

Asalari zahri murakkab bo'lib, tarkibida juda ko'p aminokislotalar, mikroelementlar, fosfor, yod, xlor, kalsiy, magniy, organik kislotalar va asosiy ta'sir qiluvchi modda melittin, gialuronidaza hamda boshqalar mavjud.

Melittin — asosiy ta'sir qiluvchi modda bo'lib, u organizmga arterial bosimni tushiruvchi, mikroblarni o'ldiruvchi, yallig'lanishga qarshi, qon tomirlarni kengaytirib, aterosklerozning oldini oluvchi, qonni suyultiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Gialuronidaza — chandiqlarni erituvchi, terini yoshartiruvchi, gematomalarni so'rdiruvchi ta'sir qiladi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: