Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Asabiylashmang, “o`lim uyqu”si xavfi bor!
Asabiylashmang, “o`lim uyqu”si xavfi bor!

Asabiylashmang, “o`lim uyqu”si xavfi bor!

Asabiylashmang, “o`lim uyqu”si xavfi bor!
Aytishlaricha, rus adibi Nikolay Gogol umr bo`yi tiriklayin ko`milishdan qo`rqib yashagan. O`limidan bir necha yil o`tgach, qabrini boshqa erga ko`chirish uchun ustuxoni ochilganda mayit ko`milganidek emas, yonbosh holda yotganiga guvoh bo`lishgan. Shundan so`ng Gogol hayotligida qo`rqqani haqiqatan amalga oshgani, u, aslida, o`limga juda o`xshash holat – letargik uyquga ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan. Bu hodisani bir uydirma deydigan bo`lsak, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan quyidagi voqeani qanday rad etish mumkin?

Nadejda Lebedina ismli ayol turmush o`rtog`i bilan shu qadar qattiq urishib qoladiki, ruhiy zarba ta`sirida letargik uyqu yuz beradi. 34 yoshi (1954 yili)da qattiq «uxlab qolgan» ayol 20 yildan so`ng (1974 yili) ko`zini ochgan. Bu orada uning ham eri, ham onasi olamdan o`tishgan edi. Akademik I. Pavlov esa 22 yil tirik murda bo`lib yotgan bir bemori to`g`risida yozib qoldirgan. Manbalarda keltirilishicha, u 1896 yildan 1918 yilga qadar letargik uyquda bo`lgan. So`nggi yillarda unda harakat alomatlari sezila boshlangan va nihoyat bemor ko`zini ochgan.

Haqiqatmi yo cho`pchak?

Bu g`ayrioddiy holat odamlarni azaldan qiziqtirib, o`ylantirib kelgan. XVIII asrda Evropa, xususan, hozirgi Germaniyada mayitni o`limidan so`ng uch kungacha ko`mish man qilingan. Hatto tobut qutisidan bir teshik ochib, unga naycha ulangan. Bundan maqsad «adashib» ko`milganlar jonini saqlab qolish edi. Ba`zan «signal» berishi uchunnaychaga qo`ng`iroqcha ham taqilgan.Turli manbalarda bu boradagi ajabtovur, hatto kulgili ixtirolaru konstruksiyalar haqida o`qish mumkin.

Darvoqe, 1910-1930 yillarda Evropada letargiya epidemiyasi yuzaga kelgan. Odamlar o`lmay turib ko`milishdan vahimaga tushishgan. Qarindosh-urug`lariga «O`lsam, falon kun dafn qilmay turinglar, jonim uzilganiga aniq ishonch hosil qilinglar», degan ma`noda vasiyatlar qoldirishgan.

Aleksandr Dyuma, Gabriel Garsia Markes kabi taniqli yozuvchilar ham bu mavzuga murojaat qilib, qahramonlarining “tubsiz uyqu”ga ketganini tasvirlashgan. Bora-bora letargik uyquni ilmiy jihatdan chuqur o`rganishga kirishildi. Xo`sh, letargik uyqu o`zi nima? Organizm jo`shqin hayotdan ko`ra behushtlik uyqusini tanlashiga nima sabab bo`ladi? Aslida, bu haqiqatmi yoxud bir cho`pchak?

Mutaxassis: Zulayho BOLTAEVA, Xorazm viloyati, Urganch tumani Viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi nevrologi, tibbiy psixologi.

Letargiya – o`zni yo`qotish

Letargik uyqu — bu to`satdan yuz beradigan, insonning tiriklik alomatlari butunlay yo`qolmasa-da, sezilmas darajaga tushib qoladigan holat. Grek tilidan tarjima qilinganda, “letargiya” so`zi “o`zni yo`qotish”, “harakatsizlik” degan ma`nolarni anglatadi.

U kasallik sanalsa ham zamonaviy tibbiyotkelib chiqishi sabablarini to`liq aniqlaganicha yo`q. Kuzatuvlarga ko`ra, nasliy omillar, jismoniy, aqliy va ruhiy zo`riqishlar, asab tizimida muvozanatning keskin buzilishi, kuchli hayajon «o`lim uyqu»sini chaqirishi mumkin. Hatto uzoq davom etgan uyqusizlik va to`yib ovqatlanmaslik ham “o`lim” uyqusini chaqiradi.

Yana bir farazga ko`ra, og`ir uyquni fanga noma`lum virus keltirib chiqaradi. Boshqa bir taxminlarda esa miya to`qimalarini zararlovchi bakteriyalar, oxir-oqibat, «o`lim uyqusi»ga sabab bo`lishi aytiladi. Afsuski, bularning birortasi bo`lmagan taqdirda, ya`ni sababi noma`lum tarzda ham jonsizdek uxlab qolish tarixda ko`p bor ro`y bergan.

Xuddi o`likka o`xshaydi

Letargik uyqudagi insonning barcha hayotiy ko`rsatkichlari pasayadi: terisi soviydi, oqaradi. Ko`z qorachiqlari yorug`likka reaksiya bermaydi. Nafas olishi va yurak urishi kamayadi, hatto bilinmay qoladi. U og`riqni his qilmaydi. Tana harorati keskin tushib ketadi.

Uni tashxislashda shifokorlar insonni bu holatga tushib qolishiga sabab bo`lgan omillarni o`rganishadi va imkon bo`lsa, ularni bartaraf etishga harakat qilishadi.

Letargiyaning engil va og`ir shakli bor. Engil turi chuqur uyquga qiyoslanadi, bunda bemorning nafas olishidagi ravonlik o`zgarmaydi. Og`ir darajasi esa o`limga o`xshaydi: yurak bir daqiqada atigi 2-3 marta urib, uni ilg`ash nihoyatda qiyin kechadi. Shu bois og`ir tusdagi letargik uyquga ketgan odamni atrofdagilar, hatto tibbiyot xodimlari ham o`lgan, deb xulosa chiqarishi mumkin.

Qancha davom etadi?

Bu uyqu bir necha soatdan bir necha kun, hafta, oygacha cho`zilishi mumkin. Uning qachon boshlanib, qachon tugashini oldindan aytish qiyin. Bemorga shunchaki tinchlik va orom kerak. Bilasizki, inson organizmi uzoq vaqt suvsiz va oziq moddalarisiz qola olmaydi. Shu sabab shifokorlar tavsiyasiga ko`ra, bemorni zond vositasida ovqatlantirish va terisini muntazam parvarishlab turish lozim. Ba`zi xulosalarga ko`ra, letargik uyqudagi odam tashqi dunyodan butunlay uzilib qolmaydi. U yon-atrofdagi ovozlarni eshitib turgan bo`lishi ehtimoldan xoli emas. Faqat bunga munosabat bildira olmaydi. Shu bois u bilan suhbatlashish, uni uyg`onishga chorlash tavsiya qilinadi. Aksar paytlarda ularning shifoxonada yotishiga zarurat bo`lmaydi. Uy sharoitida, qarindoshlar kuzatuvi ostida bo`lishsa kifoya. Muhimi, bemor yotgan xonani muntazam shamollatib, tozalab turish lozim.

Komadan farqi nima?

Koma, odatda, kasallik asorati sifatida, shuningdek, og`ir jismoniy ta`sir, jarohat va halokatlar, jarrohlik operasiyalaridan so`ng yuzaga keladi. Shu sabab unga alohida kasallik sifatida qaralmaydi. Letargik uyqu esa to`satdan, mutlaqo kutilmaganda ro`y beradi. Komada ham bemor go`yo qattiq uyquda, behusht holatda bo`ladi. Shifokorlar Glazko shkalasi yordamida uning darajasi (birdan to`rtgacha)ni aniqlay olishadi. Komadan bemor mustaqil ravishda yoxud shifokorlar qo`llagan davo choralari yordamida chiqib ketishi mumkin. Komadan farqli o`laroq, letargiya davolanishni talab qilmaydi, aniqrog`i, muolajalar foydasiz. Shunday bo`lsa-da, unda o`limga olib kelish xavfi yuqori bo`lmaydi.

Davosi topilganicha yo`q

Atrofga bir nazar tashlasak, yarim letargiya holatidagi kishilarni ko`rishimiz mumkin. Ularning yashagisi yo`q, barcha narsaga befarq, hayotdan ma`ni izlab topolmaydi. Tibbiyot bu o`rinda ojiz. Yagona najot — insonning o`zidan, irodasidan, uning ma`naviyati va ruhiyati oziqlanadigan manbalardan. Odam hayotdan zavq olib yashay bilishi, hech qursa, shunga intilishi kerak. O`tmish va kelajak bilan emas, bugunidan bahra olib umr kechirishi lozim. Ichki qo`rquvlar, aslida, uni tirik murdaga aylantirib qo`yishi hech gap emas. Letargik uyquga tushish holatlari ayni kunlarda juda kam kuzatilmoqda. Albatta, malakali shifokorlar uni o`limdan farqlay olish ko`nikmasiga egalar. Bunday hollarda zaruratga ko`ra, elektrokardiografiya yoki elektroensefalogramma qilinadi. Biroq kasallikningdavosi hozircha topilgani yo`q. Boisi u tibbiyot uchun to`la o`rganilmagan fenomen bo`lib qolmoqda.

Sanam O`TKIROVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: