ASABIYLIKNI ENGIShNING 4 QOIDASI

ASABIYLIKNI ENGIShNING 4 QOIDASI

ASABIYLIKNI ENGIShNING 4 QOIDASI
Nega kayfiyatingiz yo`q? Nima bezovta qilayapti? Bunday savollar atrofdagilar e`tiboridan chetda qolmaydi. To`g`ri-da, birgina sizning kayfiyatingiz boshqalarnikiga ham ta`sir etishini bilmasmidingiz? Turli vaziyatlarda asabbuzarlikka duch kelishingiz tabiiy. Ammo bir o`ylab ko`ring, bu shunga arziydimi? Javob berishdan avval qanday qilib asabiylashmaslik qoidalari bilan tanishib chiqing...

Ishda boshlig`ingizdan dakki eshitganingiz uchun asabiylashayotgan bo`lsangiz, darhol o`zingizni qo`lga oling. Bir necha daqiqa toza havoga chiqib, chuqur nafas oling-da, yana ishingizga qayting. Xayolingizdagi turli noxush o`y-fikrlarni quvib, yaxshi narsalarni o`ylang. Ko`rasiz, bu foyda beradi!
Kimdandir arazlashdan avval «O`zimdan biror kamchilik o`tmadimikan?» deb o`ylab ko`ring. Mabodo o`zingizning aybsizligingizga ishonsangiz, juda yaxshi, araz-ginani yig`ishtirib, yana hayotdan zavq oling. Ko`rdingizmi, o`zingizni qanchalik haq deb bilsangiz, boshqalar ham o`zlari haqida xuddi shunday fikrda. Buning uchun asabiylashish shart emas.
Turmush o`rtog`ingiz bilan xafalashib qoldingizmi? Buning uchun ko`z yosh to`kib, asabingizni jilovlay olmay qolmang tag`in. Eng ma`quli biroz sukut saqlang. So`ng iliq dush qabul qilib, achchiq qahva yoki choy iching. Ozgina shokolad bo`lsa, yanayam yaxshi. Qarabsizki, ko`nglingizdagi qoraya boshlagan g`uborlar asta-sekin tarqab, o`rniga yana «quyosh charaqlaydi».
Biroz e`tiborsiz bo`lishni ham o`rganing. Har narsaga kuyib-pishaverishingiz o`zingizga zarar qilmasin. Muammolarni salgina ortga tashlasangiz, tashvishingiz ham kamayadi. Bu esa yaxshi kayfiyatni ta`minlaydi. Xush kayfiyat esa albatta asabni tinchlantiruvchi malhamdir!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: