Asal Oyi (Mulohaza)

Asal Oyi (Mulohaza)

Asal Oyi (Mulohaza)

Deyarli har bir er-xotin turmushida
asal oyi bo'ladi. Bir oy, uch oy,
ba'zilarda 1-2 yillab ham davom
etadi u. Asal oyi davri hammaga
yoqimlidir, u ehtiroslarga boy
bo'lib, bizga yoshligimizni eslatadi.
Lekin negadur butun hayotimizni
asal oyidek o'tkaza olmaymiz...
Turmushning o'n yilligida, yigirma
yilligida ham huddi oldingidek
ehtiros va tuyg'ularga boy
munosabatni hamma qumsaydi,
shunga intiladi, lekin negadur iloji
bo'lmaydi. Nahot asal oyi yoshi
o'tgan juftliklarda bo'lmasa...
Haqiqatan ham shundaymikin?
Turmushning ilk oylarida asal oyi.
U payt er-xotin bir-biriga
to'yolmaydigandek tuyuladi.
Erning xayoli xotinida, xotininiki
erida. Orada tushunmovchilik
bo'lsa ham, juftliklar kuni bilan bir-
birini qumsab, tezda kechirib yana
diydorlashish ilinjida yashaydilar.
Vaqt o'tib bu munosabatlarga
qarindoshlar qo'shiladi. Ularning
yaxshi-yomon aralashuvi asta-
sekin juftliklarni jismonan
uzoqlashtira boshlaydi. Keyin
turmushning moliyaviy tomoni
paydo bo'ladi. Pul topish harakati,
uni ishlatish muammosi juftliklar
munosabatiga yana bir kichik
ta'sir o'tkazishni boshlaydi.
Yana vaqt o'tgach oilada farzand
dunyoga keladi. Ana shunda ilk
bora er-xotinda umumiy bir hayol
paydo bo'ladi. Bu - farzandi
haqidagi xayol. Agar oldin erkakda
moliyaviy hayol bo'lib, ayolni bu
bezovta qilmagan yoki ayolning
qarindoshida biron muammo
bo'lib, erini bu qiziqtirmagan
bo'lsa, endi butunlay boshqacha.
Endi bu juftlikni birlashtiruvchi bir
katta kuch bor - ularning farzandi.
Aynan shu davrdan boshlab er-
xotin erkak va ayoldan ota-onaga
aylanadilar.
Endi ishga ketgan erini ertalabdan
boshlab kutishni o'rniga ayol
bolasini katta qilish bilan ovora
bo'ladi. Ishxonada bo'lib ayoliga
qo'ng'iroq qilgan er nafaqat ayoli
haqida balki farzandining holati
haqida ham xabarlashadi. Oilada
pul ishlatilayotganda endi
bolaning ehtiyojlari birinchi
o'ringa o'tadi. Kechqurun er-xotin
birga bo'lib diydoriga to'yishni
o'rniga bolani uxlatish bilan ovora
bo'ladilar.
Yana yillar o'tadi. Farzandlar katta
bo'ladi. Ular o'zini o'zi eplagani
bilan er-xotinning vazifalari
yanada ko'paygan. Farzandini
o'qitish, uni yomon yo'ldan asrash,
kerakli tarbiya berish va yana
yuzlab vazifalar ota-onaning
oldida turmoqda. Ular shu bilan
band. Bunga doim sherik
bo'ladigan moliyaviy muammolar
ham yo'q emas.
Shunday qilib hayot davomida er-
xotinning orasiga minglab
munosabatlar qo'shilib ketadi. Bu
yaxshi munosabatlar va baxt
keltiruvchi holat bo'lgani bilan o'z-
o'zidan ularni ayol va erkakdan,
qo'pol qilib aytganda ota-ona,
buvi-buva, pul olib keluvchi va
tarbiyachi, oshpaz va haydovchiga
aylantirib qo'yadi. Bu
munosabatlarda asal oyiga joy
bormi?
Farzandini sevadigan ayol uchun -
farzand doim birinchi o'rinda
bo'ladi. Oilasi tinch bo'lishini
istaydigan erkak shu tinchlikka
erishish yo'llarini izlaydi. Endi tun
mobaynida xotini bilan
"suhbatlashib" ertasi kuni ishda
uyqusrab o'tirishga ma'suliyatli
erkak qodir bo'lmaydi. Chunki u
oila boshi, farzandlarini baxtini
o'ylaydigan erkakdir. Ayol esa
avallo ona bo'lib qoladi. Erini ming
sog'ingan bo'lsa-da, bolasining
tundagi bir dona chaqirig'i uni
o'rnidan sakrab turishiga
sababchi bo'ladi. Bunday misollar
juda ko'p.
Lekin baribir
ayol ham erkak
ham o'sha
ehtirosli, bir-
biriga bo'lgan
sog'inchli
munosabatlarga
qaytishni
istaydi...Nahot
iloji yo'q bo'lsa?
Asal shirinliklardan eng shiralisi
bo'lsa kerak. Shuning uchun ham
hayotning eng shirali davrini asal
oyi deb nomlashgan. Lekin
tasavvur qiling mo'jiza bo'lib
butun umr asal oyidek o'tmoqda.
Har kuni, har oy, har yil.....Mana
shunday asal oyi cheksiz davom
etadigan hayot egasi shuni anglay
oladimi? Yo'q. Chunki bu uning
har kungi hayotidir. Unga endi
bundan ortiqrog'i kerak bo'ladi.
Asal oyi o'ziga xos ekanligi bilan,
oddiy hayotdan ko'ra ajralib
turishi bilan bizga yoqimlidir. Asal
oyini butun umr kechira olmas
ekanmiz, uni ba'zida hayotimizga
kiritib turishimiz kerak va buning
iloji bor. Faqat u buvi bilan
buvaning, ota bilan onaning,
haydovchi bilan oshpazning
munosabalariga kira olmaydi. U
erkak va ayol orasidagi
munosabatda bo'ladi xolos.
Imkoniyatdan kelib chiqib bir kun,
bir tun, hatto bir kechaga
bo'lsada, er-xotin ERKAK va AYOL
bo'lib qolishni bilishsa, ularning
umri davomida asal oyi qayta-
qayta takrorlanaveradi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: