Asalli sut ichishning 6 sharti

Asalli sut ichishning 6 sharti

Asalli sut ichishning 6 sharti
Asosan nafas yo`llari kasalliklarida tavsiya qilinadigan asalli sutning boshqa ko`plab foydali xususiyatlari borki, bu ichimlik bilan do`stlashsangiz sog`ligingizning tashvishini qilmasangiz ham bo`ladi.

Terini yoshartiradi!

Asal va sut kasallik qo`zg`atuvchi viruslar bilan kurashadi. Ikkisining bir paytda qabul qilinishi organizmni tetiklashtirib, immunitetni rag`batlantiradi. Kunora bir stakan asalli sut ichishga odatlansangiz, yuz teringiz quruqlashib qolmaydi. Negaki foydali ichimlik teri kataklarini ichkaridan oziqlantiradi.

Hazm a`zolarida muammo bormi?

Asal me`da faoliyati uchun zarur bo`lgan prebeotikdir. Uning iste`molidan so`ng oshqozon mikromuhitida foydali bakteriyalar stimullashadi. Hazm a`zolarida muammo bo`lsa, ertalab nonushta qilishdan oldin bir choy qoshiqda asalni eng-da, iliq sut ichib oling.

Madorsizman, deysizmi...

Har kuni ertalab och qoringa bir stakan asalli sut iching. Sutdagi oqsil hamda asaldagi uglevod organizmingizni quvvatlantirib, jismoniy faolligingiz ortadi. Kun davomida o`zingizni tetik sezasiz.

Bo`g`imlarda og`riq bo`lsa...

Sutda kalsiy moddasi bor, asal esa kalsiyning organizmga singishida yordam beradigan mikroelementlarga boy. Demakki, bu ikki mahsulot birga ichilsa, suyaklar keraklicha oziqlanadi. Shuningdek, bo`g`im xastaliklarida ham asalli sut ichiladi.

Uyqusizlikmi? Chorasi bor!

Har oqshom bir stakan issiq asalli sut iching. Asal organizmni tinchlantiradi, sut esa oshqozondagi og`irlikni bartaraf etadi. Tanangizdagi engillik sizni asta uyquga elita boshlaydi.

Erta keksayishni istamasangiz...

...asalli sut iching. Totli ichimlikdagi antioksidantlar erkin radikallar bilan kurashadi. Buning natijasida esa organizm keksayish jarayonini sekinlashtira oladi.

! Asalli sut tayyorlash uchun bir stakan sut va 1 – 1,5 choy qoshiq asal kerak bo`ladi. Ichimlik iliq holatda qabul qilinadi. Ushbu usul asalga allergiyasi borlar uchun tavsiya etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: