ASORATLARSIZ ASAL OYI: BUNGA QANDAY ERIShISh MUMKIN?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ASORATLARSIZ ASAL OYI: BUNGA QANDAY ERIShISh MUMKIN?
- Дата релиза: 10-08-17, 14:26
Turmush qurishga ahdlashgan juftliklarning tibbiy ko`rikdan o`tishi hech kimga sir emas. Tibbiy ko`rik davomida qizlar ginekologik tekshiruvdan ham o`tishadi. Bu ular bilan ginekolog mutaxassisning suhbati va kichik tos a`zolarini ultratovush tekshiruvidan o`tkazishdan iborat. Ana shu tekshiruvdan xulosa qilib, turmushga chiqayotgan qizning reproduktiv salomatligi aniqlanadi, zarur bo`lsa, ayrim davolash choralari o`tkaziladi. Uylanayotgan yigit ham urolog-androlog bilan maslahatlashgan holda ma`lum tekshiruvlardan o`tishi maqsadga muvofiq. Shunda ushbu juftlikning jinsiy hayoti muammolarsiz kechishi kafolatlanadi. Biroq jinsiy hayotning boshlanishi ayol organizmida «inqilobiy» o`zgarishlarni boshlab beradi. Aynan shu davrdan boshlab u turli infeksiya, bakteriyalar bilan to`qnash kelishi mumkin…
Deflorasiya
Tibbiyotda qizlik pardasi butunligining buzilishi deflorasiya deb ataladi. Deflorasiya er-xotinning birinchi qovushgan vaqti yuz beradi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, qizlik pardasi bir necha jinsiy yaqinlik (koitus)dan so`ng ham butunligini saqlashi mumkin, bu uning tuzilishi (mustahkamligi, cho`ziluvchanligi va h.k.) bilan bog`liq. Shuning uchun birinchi koitus deflorasiya bilan tugamasa, vahimaga tushmang. Bu holat qizlarda ko`p uchraydi, faqat ginekolog-shifokor uni izohlab, zarur tavsiyalarni berishi mumkin.
Mutaxassisga qachon murojaat etish kerak?
Uch kecha davomidagi urinishlar besamar bo`lsa, ginekolog-shifokor ayolni ko`rikdan o`tkazib, zarur bo`lsa qizlik pardasida kichik kesimlarni amalga oshirishi mumkin. Bu deflorasiya yuz berishini osonlashtiradi. Ba`zan bu paytda qizdagi kuchli hissiy holat ham deflorasiyaga to`sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun nikoh kechasi haqidagi turli uydirmalar tufayli qattiq qo`rquvda bo`lgan qizlarga ba`zan psixologik yordam ham kerak bo`ladi.
Birinchi koitusdan so`ng 3-5 kun davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim. Shu kunlar davomida gigiena qoidalariga to`liq rioya etilsa, qizlik pardasining chekkalari bitib, keyingi koituslar og`riqsiz va boshqa asoratlarsiz kechadi.
Kelin-kuyovlarga maslahatlar
Yangi boshlayotgan turmushingiz, jinsiy hayotingizda muammolar bo`lmasligini istasangiz, bir yostiqqa bosh qo`yishdan avval dildan suhbatlashing.
Turmush o`rtog`ingizga o`z hissiyotlaringiz, tuyg`ularingizni uyalmay ayting.
Nikohning ilk kechasi qanday o`tsa, keyingi hayotingiz ham xuddi shu mezonlarga quriladi.
Ilk kecha qiz uchun sinov kechasiga aylanmasligi kerak, eng avvalo buni yigit yaxshi tushunishi lozim.
Munosabatlarni o`zaro ishonch va sadoqat asoslariga quring, buni yoringizga anglating. Bu vaziyatni yumshatib, ruhiy engillik yaratadi.
Asal oyi kasalliklari
Sistit. Jinsiy hayotni boshlagan juftliklarni ko`p hollarda sistit kasalligi bezovta qiladi. Bu koitus paytida notanish mikrofloraning olib kirilishi, jinsiy a`zolardagi ba`zi nuqtalarga ta`sir ko`rsatilishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat yangi turmushga chiqqan qizlarning ko`pchiligida yuz beradi. Bu kichik hojatga chiqqanda achishish, peshobdan bo`shanmaganlik hissi bilan kechadi. Agar shunday holat kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qiling. Bir hafta davomida olib borilgan muolaja sizni bu xastalikdan osongina forig` qiladi.
TORCH-infeksiyalar. Bular jinsiy yo`l bilan yuquvchi infeksiyalardir. Xlamidiy, mikoplazma, ureaplazma, gerpes infeksiyalari, papilloma viruslari turli yallig`lanish jarayonlarini chaqirib, ayol reproduktiv tizimi, peshob chiqarish yo`llarida asoratli holatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu infeksiyalar tufayli ba`zan bepushtlik holatlari kelib chiqishi, homiladorlikning normal kechishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi, homilaga ham yuqishi mumkin. Qindan noxush ajralmalar kela boshlasa, qorin pastida sababsiz og`riqlar kuzatilaversa, albatta maxsus tahlillar topshirib, infeksiyalarni aniqlash lozim. Ularga mikrobiologik ekishlar, polimer zanjirli reaksiya usullari (PSR) kiradi. Buning uchun bachadon bo`ynidan surtma hamda venadan qon topshiriladi. Mabodo biror infeksiya borligi aniqlansa, virus va bakteriyalarga qarshi dori vositalari yoki lazer muolajasi tayinlanishi mumkin. Shuning barobarida immunitetni ko`taruvchi vositalar, vitamin va fermentlar ham foydadan holi bo`lmaydi. Bir kurslik davo choralari o`tkazilgandan so`ng yana bir marta tekshirish uchun tahlil topshirilsa, xavfli kasalliklardan himoyalanganingizga amin bo`lasiz.
Vaginizm. Juda kam bo`lsa-da, ba`zi ayollarda vaginizm deb nomlangan nevrologik holat uchrashi mumkin. U asosan vulva, qinning yallig`lanish asorati yoki nevrologik kasallik sifatida yuzaga keladi. Vaginizm jinsiy yaqinlik yoki ginekologik ko`rik vaqtida qin, oraliq, tos chuqurligi va bo`ksa mushaklarining tortishib-qisqarib og`riq berishi bilan namoyon bo`ladi.
Vaginizm odatda ruhiy buzilishlardan tashqari kichik tos sohasidagi ayrim kasalliklar tufayli ham paydo bo`lishi mumkin. Agar ruhiy buzilish bo`lsa, uni psixoterapevt mutaxassis yordamida jiddiy davolash lozim. Kichik tos sohalari kasalliklariga esa yallig`lanishga qarshi terapiya o`tkazishning o`zi kifoya.
Homilador bo`lish uchun eng ma`qul kunlarni biling
Turmushga chiqqan har qanday ayol tezroq homilador bo`lsam deydi. Buning uchun eng oddiy chora — homilador bo`lish uchun maqbul kunlarni bilishingiz kerak. Agar hayz sikli 28 kundan iborat bo`lsa, hayzning 15-16 kunlarigacha ovulyasiya sodir bo`ladi. Ovulyasiya bo`lgan kunda tuxumdonda urug`lanish uchun etilgan 1 ta yoki undan ortiq tuxum hujayra avval qorin bo`shlig`iga, so`ng bachadon nayiga chiqadi. Bu erda spermatozoidlar (erkaklik urug`lari) bilan uchrashsa, urug`lanadi. Bu urug`langan tuxum xujayra bachadonga tushib, ma`qul sharoitlar bo`lsa, bachadon devoriga o`rnashib, homiladorlik boshlanadi. Tuxum hujayra ayol organizmida 24-36 soat yashasa, spermatozoidlar 3 kundan to 5 kungacha yashashi mumkin. Shuning uchun ovulyasiya bo`lgan kunni aniqlab, shu kunlarga (ovulyasiya bo`lgan va undan keyingi 2 kun) homiladorlikni rejalashtirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu kuni, bu kundan ikki kun oldin va keyin jinsiy yaqinlik yuz bersa, homilador bo`lish ehtimoli ortadi. Ovulyasiya har hayz siklida o`zgarib turadi.
Ovulyasiya kunini aniqlash usullari
Ovulyasiya kunini uy sharoitida aniqlashning eng oddiy usuli hayz sikli davomida (hayz kunlari ham) to`g`ri ichakda haroratni o`lchashdir. Buning uchun har kuni ertalab bir vaqtda o`rindan turmay bitta termometrni to`g`ri ichakka 4-5 sm.gacha kiritib o`lchash kerak. Harorat odatdagidan yarim gradus past bo`lgan kuni ovulyasiya yuz bergan bo`ladi. Keyingi kunlar esa haroratning ko`tarilishi kuzatiladi.
Bachadon bo`ynidan ajralayotgan shilliqqa e`tiborli bo`ling. Ovulyasiya kunlari odatda shilliq ko`proq ajraladi va suyuq hamda shaffof ko`rinishda bo`ladi.
Ovulyasiya kunini aniqlovchi testlardan foydalanish ham mumkin. Uni uy sharoitida peshobga solib aniqlash mumkin. Bu testlar bir hayz siklida bir necha marotaba o`tkazilgani uchun dorixonalardan ko`proq sotib olish kerak.
Ovulyasiyani ultratovush tekshiruvi yordamida ham aniqlash mumkin. Bunday tekshiruv paytida shifokor avval follikulaning pishib etilish jarayoni, keyin ovulyasiya belgilari — follikula o`rnida sariq tana hosil bo`lishi va bachadon atrofida suyuqlik to`planishini ko`radi. Ana shu jarayonni kuzatish uchun ultratovush tadqiqotiga hayz siklining 11-18 kunlari bir necha marta tushish talab etiladi.
Mutaxassislar tavsiyalari asosida DILAFRO`Z
tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар