Ayol Ko'nglini Olishni Biling Erkaklar..
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ayol Ko'nglini Olishni Biling Erkaklar..
- Дата релиза: 13-07-14, 17:00
Ayol bardoshli bo'lgani bilan uning
ko'ngli juda zaif bo'ladi. Erkak
uchun arzimagan bir so'z ayol
qalbini vayron qilib tashlashi hech
gap emas. Albatta ayol indamaydi,
chidaydi, sabr qiladi, lekin yillar
o'tib ko'zlari muhabbatga to'lib
baxtidan quvonib yashayotgan
ayol, asta-sekin ko'ngli zarba va
alamlarga to'lib ketgan nigohi
so'ngan ayolga aylanib borishi
yonidagi turmush o'rtog'ini
ajablantiradi.
Erkak tushunmaydi, "bolalari sog'-
salomat", "oila but", "hamma narsa
yetarli", lekin ayoli so'ngan,
arzimagan narsaga asabiylashgan,
er-xotin orasida sovuqchilik o'sib
bormoqda. Erkakni jahli chiqishi
tabiiy, axir shuncha yil birga bo'lib,
birga farzandlar katta qilib,
shuncha to'sqinliklardan o'tishsa-
yu, endi rohatini ko'rish vaqti
kelganda er-xotin munosabatlari
yaxshi emas, ayol esa bu
munosabatlarda baxtsizdek
tuyuladi. Nega???
Ayolni ko'ngli nozik. Bir marta
ayolni qalbini og'ritsa, unga esdan
chiqazish qiyin. Hayot davomida
esa ayol erining bir qator
zarbalariga (xiyonat, qo'pollik,
bo'shlik, sovuqqonlik va hokazo)
bardosh berib yashab kelayotgan
bo'lsa, uning qabi juda zaiflashgan
bo'ladi. Alam va aytilmagan
so'zlarga to'lib ketgan ko'ngilga
ega bo'lgan ayolni baxtli qilish
endi juda qiyin bo'ladi, juda kech.
Erkak butun umri davomida
ayolini ko'nglini sindirmasligiga
harakat qlishi kerak. Erkak adashib
xiyonat qilib qo'yadi, bu yo'ldan
oilasiga qaytadi, ayoli kechiradi,
lekin ayol ko'ngli shu payt
qanchalik og'ir lat yeganini faqat
uning o'zi biladi. Yillar o'tib u
xiyonat erkakni esida ham
bo'lmas, lekin ayol sinib bo'lgan,
endi u eriga hech qachon oldingi
muhabbatga to'la ko'zlari bilan
qaray olmaydi. Harakat qiladi lekin
alami juda katta.
Yoki masalan, eri-xotin orasiga
qaynona aralashib uyda katta
janjallar bo'lgan. Erkak bo'shlik
qilib muammoni hal qilishga qodir
bo'lmagan. Farzand deb,
o'zbekchilik deb oila yarashib yana
birga yashaydi, lekin ayol eridan
qattiq ranjiydi. Yillar o'tadi, ayol
kuladi, lekin ich-ichida yuragini
tubida o'sha alam doim yuzaga
chiqib turadi.
Bunday misollar juda ko'p. Afsuski,
erkaklar bir ojizlik qilib keyin yoshi
o'tganda ayolining qo'polligidan,
sovuqqonligidan, farzandlarining
hurmatsizligidan azoblanadi.
Bo'shlik qilmangiz. Ayol yonida
kuchli erkak borligini his qilsin.
Qaynona-kelin mojarosida kerak
bo'lganda ayolini yonini olish,
farzandingiz maktabida
muammolar bo'lsa, borib
o'qituvchi bilan gaplashib kelish,
qo'shni farzandi bilan o'g'lingiz
urushgan bo'lsa, uning ota-onasi
bilan gaplashish shu kabi
masalalarda ba'zida erkakning
obro'si va hurmati kerak bo'ladi.
Ayol boshi bilan bu masalalarni hal
qilishi mumkin, lekin birinchidan,
erkakning gapiga boshqacha
qaraladi, ikkinchidan, ayol ham
o'zini himoyalanganini his etishi
darkor. Siz bo'shlik qilasiz, ayol
hammasini balki hal qilar, lekin
sizdan ranjiydi...shunisi achinarli,
ayolni ranjitmang.
Erkaklar, ayol ko'nglini olinglar.
Oilada hammasi yaxshi bo'lgan
taqidrda ham ayolga shirin so'z va
e'tiboringiz juda kerak. Kun
davomidagi sog'inchli qo'ng'iroq
qilishingiz, ba'zida bo'lsa ham
sovg'a olib kelishingiz, faqat tunda
emas, balki kun mobaynida ham
erkalab turishingiz ayolingiz
uchun juda muhimligini
unutmang.
Orada xafagarchilik yuz bersa,
albatta bu haqda gaplashib
kechirim so'rashni biling. Ayol
indamayati, demak hammasi o'tib
ketdi deb o'ylamang. Ayol tili bilan
indamaydi, lekin dili bu haqda
baqirayotgan bo'ladi. Sizning
kechirim so'rashingiz, kechirishi
uchun harakat qilishingiz
qalbidagi yaralarni yo'q bo'lishiga
yordam beradi.
Axir siz ayolingizga qancha ko'p
mehr, shirin so'z, e'tibor bersangiz
sizdan kamaymayi. Aksincha,
evazida yillar o'tganda yoningizda
sizga mehr va minnatdorchilikka
to'la kozlari bilan qarab turadigan
ayolni ko'rish nasib etadi. voydodshou.net saytidan olingan.
Erkak uchun
eng muhimi -
ayol ko'zlarida
tushib
ketmaslik, o'z
hurmatini
yo'qotmaslik.
Bunga esa
faqatgina mehr
va e'tiboringiz
bilan erisha
olasiz. Qo'pollik
va qattiq qo'llik
bilan emas.
Afsuski, ba'zi erkaklarning fikricha,
ayoliga ko'proq e'tibor berish
bo'shlik alomatidir. Yo'q, aksincha,
faqatgina "kuchli" (ruhan) erkak
ayolini erka qila oladi. U ayoli boshiga chiqib olishidan
qo'rqmaydi, u kuchli va o'ziga
ishongan.
Siz ham shundaymisiz?
ko'ngli juda zaif bo'ladi. Erkak
uchun arzimagan bir so'z ayol
qalbini vayron qilib tashlashi hech
gap emas. Albatta ayol indamaydi,
chidaydi, sabr qiladi, lekin yillar
o'tib ko'zlari muhabbatga to'lib
baxtidan quvonib yashayotgan
ayol, asta-sekin ko'ngli zarba va
alamlarga to'lib ketgan nigohi
so'ngan ayolga aylanib borishi
yonidagi turmush o'rtog'ini
ajablantiradi.
Erkak tushunmaydi, "bolalari sog'-
salomat", "oila but", "hamma narsa
yetarli", lekin ayoli so'ngan,
arzimagan narsaga asabiylashgan,
er-xotin orasida sovuqchilik o'sib
bormoqda. Erkakni jahli chiqishi
tabiiy, axir shuncha yil birga bo'lib,
birga farzandlar katta qilib,
shuncha to'sqinliklardan o'tishsa-
yu, endi rohatini ko'rish vaqti
kelganda er-xotin munosabatlari
yaxshi emas, ayol esa bu
munosabatlarda baxtsizdek
tuyuladi. Nega???
Ayolni ko'ngli nozik. Bir marta
ayolni qalbini og'ritsa, unga esdan
chiqazish qiyin. Hayot davomida
esa ayol erining bir qator
zarbalariga (xiyonat, qo'pollik,
bo'shlik, sovuqqonlik va hokazo)
bardosh berib yashab kelayotgan
bo'lsa, uning qabi juda zaiflashgan
bo'ladi. Alam va aytilmagan
so'zlarga to'lib ketgan ko'ngilga
ega bo'lgan ayolni baxtli qilish
endi juda qiyin bo'ladi, juda kech.
Erkak butun umri davomida
ayolini ko'nglini sindirmasligiga
harakat qlishi kerak. Erkak adashib
xiyonat qilib qo'yadi, bu yo'ldan
oilasiga qaytadi, ayoli kechiradi,
lekin ayol ko'ngli shu payt
qanchalik og'ir lat yeganini faqat
uning o'zi biladi. Yillar o'tib u
xiyonat erkakni esida ham
bo'lmas, lekin ayol sinib bo'lgan,
endi u eriga hech qachon oldingi
muhabbatga to'la ko'zlari bilan
qaray olmaydi. Harakat qiladi lekin
alami juda katta.
Yoki masalan, eri-xotin orasiga
qaynona aralashib uyda katta
janjallar bo'lgan. Erkak bo'shlik
qilib muammoni hal qilishga qodir
bo'lmagan. Farzand deb,
o'zbekchilik deb oila yarashib yana
birga yashaydi, lekin ayol eridan
qattiq ranjiydi. Yillar o'tadi, ayol
kuladi, lekin ich-ichida yuragini
tubida o'sha alam doim yuzaga
chiqib turadi.
Bunday misollar juda ko'p. Afsuski,
erkaklar bir ojizlik qilib keyin yoshi
o'tganda ayolining qo'polligidan,
sovuqqonligidan, farzandlarining
hurmatsizligidan azoblanadi.
Bo'shlik qilmangiz. Ayol yonida
kuchli erkak borligini his qilsin.
Qaynona-kelin mojarosida kerak
bo'lganda ayolini yonini olish,
farzandingiz maktabida
muammolar bo'lsa, borib
o'qituvchi bilan gaplashib kelish,
qo'shni farzandi bilan o'g'lingiz
urushgan bo'lsa, uning ota-onasi
bilan gaplashish shu kabi
masalalarda ba'zida erkakning
obro'si va hurmati kerak bo'ladi.
Ayol boshi bilan bu masalalarni hal
qilishi mumkin, lekin birinchidan,
erkakning gapiga boshqacha
qaraladi, ikkinchidan, ayol ham
o'zini himoyalanganini his etishi
darkor. Siz bo'shlik qilasiz, ayol
hammasini balki hal qilar, lekin
sizdan ranjiydi...shunisi achinarli,
ayolni ranjitmang.
Erkaklar, ayol ko'nglini olinglar.
Oilada hammasi yaxshi bo'lgan
taqidrda ham ayolga shirin so'z va
e'tiboringiz juda kerak. Kun
davomidagi sog'inchli qo'ng'iroq
qilishingiz, ba'zida bo'lsa ham
sovg'a olib kelishingiz, faqat tunda
emas, balki kun mobaynida ham
erkalab turishingiz ayolingiz
uchun juda muhimligini
unutmang.
Orada xafagarchilik yuz bersa,
albatta bu haqda gaplashib
kechirim so'rashni biling. Ayol
indamayati, demak hammasi o'tib
ketdi deb o'ylamang. Ayol tili bilan
indamaydi, lekin dili bu haqda
baqirayotgan bo'ladi. Sizning
kechirim so'rashingiz, kechirishi
uchun harakat qilishingiz
qalbidagi yaralarni yo'q bo'lishiga
yordam beradi.
Axir siz ayolingizga qancha ko'p
mehr, shirin so'z, e'tibor bersangiz
sizdan kamaymayi. Aksincha,
evazida yillar o'tganda yoningizda
sizga mehr va minnatdorchilikka
to'la kozlari bilan qarab turadigan
ayolni ko'rish nasib etadi. voydodshou.net saytidan olingan.
Erkak uchun
eng muhimi -
ayol ko'zlarida
tushib
ketmaslik, o'z
hurmatini
yo'qotmaslik.
Bunga esa
faqatgina mehr
va e'tiboringiz
bilan erisha
olasiz. Qo'pollik
va qattiq qo'llik
bilan emas.
Afsuski, ba'zi erkaklarning fikricha,
ayoliga ko'proq e'tibor berish
bo'shlik alomatidir. Yo'q, aksincha,
faqatgina "kuchli" (ruhan) erkak
ayolini erka qila oladi. U ayoli boshiga chiqib olishidan
qo'rqmaydi, u kuchli va o'ziga
ishongan.
Siz ham shundaymisiz?
Смс Шерлар