Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » AYoL ORGANIZMINING OGOHLANTIRUVChI BELGILARI
AYoL ORGANIZMINING OGOHLANTIRUVChI BELGILARI

AYoL ORGANIZMINING OGOHLANTIRUVChI BELGILARI

AYoL ORGANIZMINING OGOHLANTIRUVChI BELGILARI
Ayol hayotda ishbilarmon, oilada chaqqon, harakatchan kelin, mehribon ona bo`lishi mumkin. Bularning hammasiga ulguradi. Ammo salomatligiga xafsala qilmaydi. Buning ortidan kezi kelsa, yaxshigina pand ham eydi. Shunda ham «qirqta joni bor» naqliga amal qilib, hech narsa bo`lmagandek yuraveradi. Xo`sh, bu qachongacha davom etadi? Vaqtida qaratilmagan betoblik ortidan jiddiy kasallikka yo`liqqqanidami? har bir ayol salomatligidagi arzimas o`zgarishga ham e`tibor berishi, kasallik chaqiruvchi belgilarni bilishi kerak. Mavzu yuzasidan oliy toifali shifokor Xulkar RAVShANOVAga yuzlandik.

DIQQAT QILING!

Ayolning salomatligiga ta`sir qiladigan belgilar soni aslida juda ko`p. Asosiylari esa quyidagicha:

1. Og`riq. Bel, biqin, qorin pastida yuzaga keladigan goho simillab, o`tib ketadigan og`riq jiddiy bezovtalikka o`xshamasa-da, aslida organizmingizga ko`mak kerakligini daraklaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, shifokorga murojaat etuvchi ayollarning aksariyati og`riq bo`lgani, biroq o`tib ketgani uchun e`tibor bermaganliklarini aytishadi. Demak, bu belgini sezgan zahoti vaqtni boy bermay, shifokorga uchrang. Zero ushbu a`zolardagi og`riq yallig`lanish jarayonlarini bildirishi mumkin.
2.Hayzning vaqtida kelmasligi yoki haddan ziyod kelishi.hayzning ko`p miqdorda kelishi bachadon miomasi, kista, tuxumdondagi o`sma paydo bo`lishini bildiradi.

3. Oqchil. Jinsiy a`zolardagi shamollash, yallig`lanish jarayoni kechayotganidan darak beradi. Ko`pchilik ayollar bunga, hatto, e`tibor berishmaydi. Aynan oqchil bepushtlikdan tortib, bachadon, tuxumdonlarda jiddiy o`zgarishlarga sababchidir.

4. Qon ajralmalari. Qanchalik arzimas va kam bo`lmasin, jiddiy davolashni talab etadi. Misol uchun, aloqadan keyin qindan nimpushti ajralmalar kelishibachadon eroziyasida kuzatiladi.

5. Yondosh a`zolar ishining buzilishi. Ayol nasl qoldiruvchi a`zolaridagi o`zgarishlar siydik pufagi, to`g`ri ichakni zararlaydi. Bu a`zolarda og`riq sezsangiz yoki tez-tez kichik hojatga qatnash, achishish hisi bezovta qilsa, albatta, shifokor-ginekolog va urologga uchrang. Negaki, shu tariqa ayolda sistit va bavosil kasalliklari rivojlanishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: