Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ayollar ish va oilani birgalikda qanday uddalashi mumkin?
Ayollar ish va oilani birgalikda qanday uddalashi mumkin?

Ayollar ish va oilani birgalikda qanday uddalashi mumkin?

Ayollar ish va oilani birgalikda qanday uddalashi mumkin?
Oila va ish – hayotimizning eng muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Lekin ko‘pincha ularni muvaffaqiyatli ravishda birga qo‘shib olib borishda bizning vaqtimiz, kuchimiz va energiyamiz yetmay qoladi! Oila uchun ham, ish uchun ham vaqt topish uchun nima qilish kerak?

Oilangiz bilan o‘tkazadigan vaqtingizni rejalashtiring

Bu juda oddiy va oson bo‘lib eshitilsa ham, lekin optimal jadval tuzishga harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Bir kunlik reja tuzishdan boshlang. Birinchi vaqtlar ish va uy bilan bog‘liq ishlaringizni 2—3 bandlarga joylashtirishga harakat qiling. Ularni albatta bajaring!

Hayotingizning turli sohalarini ham birga qo‘shib olib boring

Albatta, oila va ish birinchi darajali, lekin hayotingizning boshqa sohalarini ham esingizdan chiqarmang: o‘zingiz va sog‘lig‘ingiz to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ijod qilish, go‘zallik salonlari va sport zallari, do‘stlaringiz bilan muloqot qilish va boshqalar. Bularning hammasi ham juda muhim va ularni hech qachon jadvalingizdan o‘chirib tashlamang. Aynan ular sizga kuch bag‘ishlaydi va kayfiyatingizni ko‘taradi.

Mukammal bo‘lishga urinishni bas qiling

Haqiqatan ham, hech kimga mukammal bolalar, ota-onalar yoki rafiqa kerak emas. Hamma haqiqiy, samimiy va sevuvchi odamlarga muhtoj bo‘ladi. Ular sizning kamchiliklaringizni va yaxshi tomonlaringizni juda yaxshi bilishadi, shuning uchun tinchlaning va xotirjam bo‘ling.

O‘z oilaviy taomillaringizni joriy qiling

Ular juda oddiy ko‘rinsa ham yoqimli bo‘ladi: birgalikdagi nonushta va kechki ovqatlanishlar, dam olish kunlari sayr qilishlar, uxlashdan oldin suhbatlashishlar. Bularning hammasi yaqinlaringizning ishlari va hissiyotlari haqida bilishga imkoniyat yaratadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: