AYoLLAR+KARERA=? FORMULANING EChIMI BIZDA!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: AYoLLAR+KARERA=? FORMULANING EChIMI BIZDA!
- Дата релиза: 31-10-17, 13:07
Xo`sh, bizning karera pog`onalarida yuqorilashimizga nimalar to`sqinlik qiladi: uy-ro`zg`or tashvishlari, bolalar parvarishidagi muammollar, er-xotin o`rtasidagi munosabatlar va fe`l-atvorimiz. Agar ijtimoiy va maishiy muammolarimizga echim topsak, har qanday ishni uddalashamiz tayin. Ushbu psixologik tavsiyalar esa sizga bu borada asqotishiga ishonamiz.
Bilasizmi, qizlar tug`ilmasidanoq harakatchan va kurashuvchan bo`lishadi. Hech kuzatganmisiz, chaqaloqligida o`g`il bolalarga qaraganda qizaloqlar erta qadam tashlashadi, gapira boshlashadi... Demak, biz — kurashuvchan va faolmiz! Faqat ba`zida o`zimizga ishonmaysiz, ikkilanamiz. Keling, gumonlarni chetga surib, hammasini uddalashimizga ishonaylik va avvalo, buni o`zimiz uchun isbotlaylik!
Soha tanlayotganda, ko`ngligingizga quloq tuting va imkoniyatlarni to`g`ri baholang! Bilasiz, ayol zoti tuyg`ular asiri bo`ladi. Ertaga «Aslida men shifokor bo`lishim kerak edi», deb afsuslanib o`tirmang!
O`qishni tugatdingiz-u, turmushga chiqdingiz. Qaynona xizmati, bola-chaqa tashvishi bilan ishlashga imkoningiz yo`qmi? Ha, deb aldamang! Shunchaki, hafsala qilmayapsiz. Bugun zamonaviy texnika rivojlangan, imkoniyatlar keng. Uyda o`tirib, bemalol ba`zi narsalarni o`rganish, o`zlashtirish mumkin (til, tadbirkorlik qoidalarini o`rgatuvchi onlayn kurslar masalan)!
Vaqt va pulni taqsimlay biling. Masalan, bolalarni bog`cha-maktabga olib borib-olib kelish uchun yordamchi yollash, ertalablari kechki taomga tayyorgarlik ko`rish xotirjam ishlashingizni ta`minlaydi.
Jamoada hurmatingizni biling va boshqalarni ham hurmat qiling. Fitna-g`iybatlardan uzoqroq yuring. Uyning gapini ishxonaga tashimang. Aks holda rahbariyat «Oilasi tinch emas. Qaynonasi bilan til topisha olmagan odam bo`lim rahbarligini eplarmidi?» deb xizmat pillapoyalarida o`sishingizga imkon bermasligi mumkin. Ishxonadagi muammolarni esa oila a`zolaringizga aytmang.
Ishdan doim belgilangan vaqtdan ertaroq ketishga, har kuni kechikib kelishga odatlanmang. Hamma ishingizni vaqtida bajaring. Tartib bor joyda ishning unumi ham yuqori bo`ladi.
Tinglash va tushuntirish san`atini o`zlashtiring. Sizga nisbatan nohaqlik yuz berganda his-hayajonga berilmang! Ko`z yosh qilmang. Bosiqlik bilan vaziyatni oydinlashtiring.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар