Ayollar Orgazmi Va Echimi (Yigitlar Bilgani Ma'qul)
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ayollar Orgazmi Va Echimi (Yigitlar Bilgani Ma'qul)
- Дата релиза: 17-05-14, 01:02
Ayollar orgazmining fiziologik
jihatlari haqida emas, balki
psixologik tomoni haqida
gaplashmoqchimiz.Demak,1. Ayol
bilan erkak orgazmida farq
bormi?Ayol orgazmi erkak
orgazmidan tubdan farq qiladi.
Agar erkak uchun orgazm bo'lishi
jinsiy aloqaning tugashini
ko'rsatsa, ayollar bir aloqa
davomida bir necha marta
orgazm his qilish imkoniyatiga
ega.2. Ayol jinsiy aloqadan
qachon qoniqadi?Ayollar
orgazmining fiziologik va
psixologik tomonlari bor.
Fiziologik orgazmda ayol
jismonan lazzatlanadi. Lekin
aloqadan qoniqishi uchun bu
yetarli emas. Ayollarga jinsiy
aloqada psixologik lazzatlanish
ham bo'lishi kerak. Bunda ayol
erkak bilan birga ekanligidan, uni
sevib sevilganidan va aloqa
davomidagi mehrdan qoniqadi.
Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga
faqat jismoniy lazzatlanish berib,
psixologik tomondan
qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa
qoniqtirmagan bo'lishi mumkin.
Yoki aloqa davomida ayolga
jismoniy orgazm keltirilmay uni
faqat psixologik tomondan
qondirsa, u holda ayol jinsiy
aloqadan qoniqqan bo'lishi ham
mumkin. Ya'ni ba'zida ayolga
ham jismoniy, ham psixologik
qoniqish kerak bo'lsa, ba'zida
faqatgina jismoniy yoki faqatgina
psixologik qoniqish kifoya
bo'ladi.Shuning uchun aloqa
davomida ayol uchun erkalash va
erkalanish juda muhim. Chunki
jismoniy orgazmga erishish
uchun ko'plab usullar mavjud,
lekin psixologik lazzatlanishni
faqat erkakning aloqa
davomidagi ayoliga bo'lgan
munosabati bera oladi.Erkaklarda
unday emas. Ularda aloqa natijasi
orgazm bo'lsa, ham jismoniy ham
psixologik qoniqish vujudga
keladi.3. Psixologik lazzatlanish
uchun ayolga nima kerak?Agar
jinsiy aloqa suyukli erkak bilan,
ayolning o'z xohishiga ko'ra
amalga oshirilsa, aloqa davomida
erkak ayoli uchun nima yoqish
yoqmasligini bilgan holda
harakatlansa, ayol psixologik
lazzatlana oladi. Lekin psixologik
lazzatlanishning o'zi ham yetarli
bo'lmaganda ayolga albatta
jismoniy lazzatlanish, ya'ni
orgazm his qildirish kerak.4. Ayol
uchun jinsiy aloqa davomida
nima muhim?Ayol uchun jinsiy
aloqa bu jismoniy ehtiyojni
qondirish emas. Erkaklar jinsiy
aloqaga bo'lgan ehtiyoji kuchli
bo'lib, ular uni qondirish istagida
bo'ladilar. Ayolda esa unday
emas. U aloqaga organizmda
talab borligi uchun emas, balki
o''z xohishi kirishadi. Shuning
uchun u aloqani erkak bilan bir
munosabatdek qabul qiladi. Bu
munosabat davomida erkak faqat
o'z ehtirosini qondirishni ko'zlab
ayoli haqida o'ylamasa, ayolni
bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy
aloqa davomida ayol o'zini
naqadar suyukli va erkak uchun
kerakli ekanligini his eta olishi
lozim.5. Agar ayol jinsiy aloqaga
sovuqqon bo'lsa?Ayol sovuqqon
bo'lishiga bir nechta faktor sabab
bo'ladi, bulardan asosiysi
bu:ayolning birinchi jinsiy aloqasi
bilan bog'liq yomon
xotiralarialoqa davomida ayol
umuman lazzatlanmasligi Demak,
ayolning sovuqqonligi erkakning
qo'lida. Agar erkak ayolni
qo'zg'ata olmayotgan bo'lsa, ayol
sovuqqon bo'laveradi. Erkak
kerakli so'z va harakatlar bilan
ayolini qo'zg'ata olishni bilishi
kerak. Ayolni ham ehtirosi bor,
uni uyg'ota bilish kerak xolos.
Bugun jinsiy aloqaga sovuqqon
bo'lgan ayol, ertaga tanimaydigan
darajada ehtirosli bo'lib
o'zgarishi yonidagi erkakning
qo'lida
Hazon.ru saytidan olingan
6. Ayol uchun jinsiy aloqa
davomida necha bor lazzatlanish
kerak?Sonining ahamiyati yo'q.
Asosiysi ayolni qo'zg'atgandan
so'ng, tinchita bilish ham kerak.
Erkaklar qanchalik kuchli
qo'zg'aganidan qat'iy nazar
orgazmdan keyin butunlay
so'nadilar. Lekin ayolda unday
emas. Ba'zida orgazm his qilgan
taqdirda ham u yana aloqaga
yoki erkalanishga muhtoj bo'lishi
mumkin.7. Ayol jismoniy
qoniqishni his qilishi kimga
bog'liq?Ayolni o'zidan ko'ra
ko'proq erkakka bog'liq desak
adashmaymiz. Lekin ayolni o'zi
o'z hissiyotlarini bilmasa, o'z
ehtiyojlarini bildira olmasa erkak,
unga jismoniy lazzatlanish
keltirishda qiynalishi mumkin.
Shuning uchun statistikaga
qaraganda, ko'p oilalarda jinsiy
aloqa davomida ayollarning
60%gina orgazm his eta oladi.
Ulardan 40% esa, bir necha yil
turmushdan so'ng orgazm nima
ekanligini biladilar.8. Ayol
orgazmining ta'rifi bormi?Agar
erkak orgazmini ishib
borayotgan sharning yorilishidek
ta'riflasak, ayol orgazmi uzoq
vaqt davom etadigan har xil
kuchdagi lazzatlanish desak
bo'ladi. U aloqa davomida
kuchayadi, so'nadi, yana kuchayib
yana so'nishi mumkin.9. Ayol
orgazm haqida alday oladimi?Ha,
ko'pincha ayollar erkakni
ranjitmaslik uchun orgazm his
qilganini aldab aytishi mumkin.
Lekin buning natijasida,
birinchidan, erkak maqsadga
erishdim deb ortiqcha harakat
qilmay qo'yadi, ikkinchidan, ayol
doim aloqadan qoniqmagan
bo'lib qolaveradi. Shuning uchun
ayol aloqadan qoniqlamaganligi
haqida eriga ayta olish imkoniyati
bo'lishi kerak.10. Ayol uchun
orgazm muhimmi?Erkakchalik
emas. Erkaklar uchun jinsiy aloqa
xuddi insonga ovqatlanish kabi
zarur. Inson qorni ochganda
ovqat yeb olishi shart bo'lgandek,
erkaklar jinsiy aloqaga bo'lgan
ehtiyojini ham qondirishi shart.
Albatta hayot davomida ma'lum
bir sabablar (safar, kasallik, ayriliq
va hokazo)ga ko'ra jinsiy
aloqadan vaqtincha voz kechish
talab etiladi, bunda erkak sabrli
bo'la oladi. Ayollarda esa, aloqaga
umumiy kuchli jismoniy ehtiyoj
mavjud emas. Tabiatan ular
homilador bo'lish uchun jinsiy
aloqaga kirishishligi ko'zda
tutilgan. Lekin evolyutsiya
natijasida ayollar ham aloqadan
lazzatlana olishni boshladilar.
Undan tashqari , ayol jinsiy
aloqadan psixologik qoniqishni
ham kutadi. Ya'ni erkak uni
qanchalik kuchli xohlaganini his
qilib, erkak tomonidan
sevilganidan, erkalanganidan u
lazzatlanadi va o'zidan qoniqa
oladi. Bunga qo'shimcha ravishda
jismoniy lazzatlanish, ya'ni
orgazm ham joy olsa jinsiy
aloqaning sifati ayol uchun juda
yuqori bo'ladi. Lekin ayol jinsiy
aloqa davomida eri uni jismonan
sog'inmaganini yoki ehtirossiz
erkalaganini sezib borsa, u holda
nechta orgazm bo'lmasin ayol
aloqadan qoniqmaydi. Va
aksincha, erkak ehtirosli bo'lib
kunda ayolini jinsiy aloqaga
undab faqat o'z ehtiyojini
qondirishni ko'zlab turib, tezda
qoniqib aloqani yakunlasa, u
holda ayol erkakning ehtirosli
bo'lganiga qaramay jismonan
qoniqlay qolishi mumkin.Shuning
uchun "ayolga orgazm
muhimmi?", degan savolga javob
berish qiyin. Ba'zida orgazm
muhim bo'lib, ba'zida ayol
aloqadan faqat psixologik
lazzatlanishni kutadi. Ayol
yonidagi erkak ayoliga qachon
nima kerakligini bila olishi eng
muhim