AYoLLAR TILINI O`RGANAMIZ. ERKAKLAR UChUN ShPARGALKA
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: AYoLLAR TILINI O`RGANAMIZ. ERKAKLAR UChUN ShPARGALKA
- Дата релиза: 11-11-17, 18:37
Dunyoda ayolni tushunishdan mushkulroq ish yo`q, deyishadi. To`g`ri, gohida uni tushunish qiyin, ayniqsa, asabiylashib turganida muomala qilish mushkul. Ammo ozroq e`tibor va sabr ayolingiz ko`nglini topishingizda katta yordam beradi. Quyidagi shpargalkalarimiz ham til topishib olishingizga yordam bersa ajabmas...
“BESh DAQIQA, AZIZIM...”
Bu iborani ikki xil talqin qilishingiz mumkin. Agar biror erga otlansag-u, pardozdan avval besh daqiqalik «taym-aut» bersak, bilingki, yarim soatsiz ish bitmaydi. Agar sizga besh daqiqadan keyin serial boshlanishini va futbolni ko`rib olishingizga aynan shuncha vaqt ajratilganini aytsak, ishonavering, bir soniya ortiqchasi ham bo`lmaydi. Ayol ruhiyati-da, nima ham qilardik.
«YaXShI BO`PTI...»
Odatda bahs yakuniga etganidan darak berishni istasak aynan mana shu ikki so`zni yordamga chaqiramiz. Modomiki, hammasi «YaXShI BO`LGAN» ekan, bizga gap uqtiraman, deb ovora bo`lmang. Sizniki ma`qul desak-da, baribir, o`z bilganimizdan chekinmaymiz.
«HECh NARSA BO`LGANI YO`Q»
Ushbu ibora to`fondan avvalgi sokinlik, desak mubolag`a bo`lmaydi. Zotan, «HECh NARSA», degan javobimiz aniq nimadandir dalolat berishi turgan gap. Axir xafa bo`lganimizni ochiq-oydin aytishdan nima naf? Siz yaxshisi, hushyorlikni yo`qotmang-u, yana-da ziyrak bo`ling. Ammo, hadeb so`roqqa tutavermang. Ana shunda «HECh NARSA BO`LGANI YO`Q»dan boshlanadigan janjallar «YaXShI BO`LIBDI» bilan yakunlanmaydi.
OG`IR XO`RSINISh
Ayollarning bu xatti-harakatini erkaklar ko`pincha noto`g`ri tushunishadi. Og`ir xo`rsinish biror vaziyat yuzasidan noto`g`ri fikrlayotganingizni ko`rsatish yoki chorasizlik bo`lishi mumkin. Shu bilan birga gap uqtirolmay halak bo`lsak ham «Uf-f-f...», deya xo`rsinib qo`yishimiz mumkin.
«HAMMASI YaXShI»
Bu ham ayollar lug`atidagi eng xavfli so`zlardan biri. Agar asabiy ovozda «HAMMASI YaXShI» desak, bilingki sizni mot qilish usullarini axtarguncha biroz tanaffus olgan bo`lamiz. Bu vaqt mobaynida hovurimizdan tushib olishimiz uchun muloyim so`zlab, hech bo`lmaganda sukut saqlasangiz, mumday eri-i-ib ketamiz.
ShART EMAS!
Shunday dedikmi, yaxshisi bizga yaqinlashmang! Zero, bu payt asabimiz avjiga chiqqan bo`lishi mumkin. Yo`q, yo`q aslo noto`g`ri hayolga bormang! «Shart emas!» deganimiz sizsiz ham uddalay olamiz, degani emas! Shunchaki biroz fe`limizni ko`rsatib qo`yamiz, xolos.
«XAVOTIRLANMANG, O`ZIM...»
Odatda biror yumushda ko`maklashishingizni iltimos qilsak, ammo siz pinagingizni ham buzmay televizorga tikilib o`tiraversangiz, norozilik namoyishi aynan mana shu ibora bilan boshlanadi. «O`zim eplayman!» deganimizga ko`pam ishonavermang. Piching qilsak-da, baribir, ko`magingizni intiqib kutamiz.
«TUShUNARLI...»
Aslida gaplaringizni umuman tushunmaganimizni bildirish uchun atay shunday qilamiz. Ammo suhbatni qaytadan boshlashingiz shart emas. Juda ko`nglingiz bo`lmasa, mayli biror soatlar o`tib, gaplashishimiz mumkin.
«QAERDASIZ?»
Bilaman, bu so`zga allergiyangiz bor. Biroq «O`rgangan ko`ngil – o`rtansa qo`ymas», deganlariday, bir kunda bir marta «Qaerdasiz?» demasak, xotirjam bo`lmaymiz-da! Qolaversa, qo`ng`iroq qilganimizda atay bir-iki soniya jim turishimiz ham bekorga emas. Shu yo`l bilan orqa «fon»da notanish ayol ovozi bor-yo`qligini tekshirib ko`ramiz! Bu vaziyatda sizdan o`ta ishonarli va tayinli gap eshitishimiz shart! Agar biz kutgan so`zlarni topib aytmasangiz, ayb o`zingizda.
KAMOLA TAYYoRLADI.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар