AYoLNI QANDAY SEVISh KERAK? ERKAKLAR DIQQAT BILAN O`QISIN!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: AYoLNI QANDAY SEVISh KERAK? ERKAKLAR DIQQAT BILAN O`QISIN!
- Дата релиза: 07-11-17, 20:25
Erkak kishi oilaviy munosabatlarda ayollarchalik talabchan emas. Risoladagi erkak sevgan ayolining uncha-muncha injiqliklarini ko`tara oladi. Biroq ba`zan “bu ayolga nima kerak o`zi, nima qilsam chakagi yopiladi” deb o`ylab qolishlari turgan gap. Maqola ana shunday boshi qotib turgan erkaklarga mo`ljallangan.
1. Bir-biringizdan nima istashingiz ayon bo`lsin
Ayollar bor, eriga onadek g`amxo`r, ayollar bor, o`la-o`lguncha yosh boladek erka, ayollar bor, eriga xuddi do`st-o`rtoqdek va yana ayollar borki, Farmonbibidek hukmfarmo. Xullas, bizrossa har xilmiz. Siz yoningizda kimni ko`rishni istaysiz? Qaysi turdagi ayol bilan bir umr hayot kechirishga tayyorsiz? Ana shu savollarga javobingiz bo`lishi kerak. Avval boshdanoq, bir-biringizdan nima kutayotganingizni bilsangiz, tushunmovchiliklarning oldi olinadi. Oilaviy ziddiyatlarning aksari juftlar bir-biridan kutganlari oqlanmagani tufayli yuzaga keladi. Hafsala pir bo`lganidan yomoni yo`q. Shu sababli bo`lajak juftingiz bilan kelajak haqida samimiy suhbatlashib oling.
2. Qarorni siz qabul qiling!
Erkak kishi aniq-ravshan fikrlaydi, mas`uliyatni zimmasiga ola biladi, jur`atli va irodali. Ayollar tuyg`ular ta`sirida xayollarining ming ko`chasiga kirib chiqquncha erkak bir qarorga keladi-qo`yadi. Albatta, uning qarori muhokama qilinmaydi, aytdimi, tamom, bajariladi degani emas bu. Shunchaki, ayollar uzoq o`ylanib, cho`zilib o`tiradigan erkaklarni yoqtirishmaydi.
Tavsiya etilmaydi:
Dadasi, bugun biron joyga borib, ovqatlanaylik.
Farqi yo`q... Bugun majlisdan keyin qayoqqa istasang olib boraman, nimani aytsang olib beraman.

Jon deyman. Aytgancha, bir yangi restoranni bilaman, do`stlarim maqtashgandi, o`sha yoqqa olib boraman seni.
Tavsiya etiladi:
3. Ogohlantirmasdan yo`q bo`lib qolmang.
Ayollar xavotir va vahimaga moyil bo`ladi. Shuni bilib turib, kutilmaganda qo`ng`iroq va SMSlariga javob bermay qo`ysangiz hamda odatdagidan kech qoladigan bo`lsangiz, tabiiyki, eng sovuqqon va aqlli ayol ham “Nima bo`ldi ekan? Mashina urib ketdimikan? Yo yangi kelgan xodima ko`zini suzdimikan? Balki umuman boshqa xotini ham bordir-u, hozir u erimga o`g`il tug`ib berayotgandir...(keeeetdi bu yog`i)” deb o`ylay boshlaydi. Shu sababli vaqtincha aloqaga chiqa olmasangiz yoki kech qolayotgan bo`lsangiz, ogohlantirib qo`ying. Uning ko`ngli, sizning esa qulog`ingiz tinch bo`ladi.
4. Buzilgan narsalarni to`g`rilashni biling.
Tasavvur qilingki, bir uyum tozalanmagan sabzavotlar, suyak-sayoq go`sht va o`t-o`lanlardan biror soat ichida ayolingiz uch xil mazali taom pishirib kelsa, ko`nglingiz qanday yayraydi? Xuddi shunday, bitta mix qoqish yoki jo`mrakni tuzatib qo`yish orqali ayolingizning ko`z o`ngida superqahramonga aylanishingiz mumkin. “Qo`limdan kelmaydi, mexanik, duradgor yo santexnikka qo`ng`iroq qil” deb o`tirmang, urinib ko`ring. Qo`lida bolg`a tutgan va uni ishlata bilgan erkak har qanday ayolda hurmat hisini uyg`otadi. Yagona muqobil variant: “Menga qara, bu ishlarga vaqtim yo`q, pulning joyini bilasan, olgin-da, yangi unitazni ustasi bilan birga buyurtma qil, ortgan pulga o`zingga bitta tufli sotib olsang ham roziman”. Ana unda sizdan o`tadigan qahramon bo`lmaydi dunyoda. Faqat hamyoningiz shunga imkon bersa. Aks holda bolg`a ishlatishni o`rganing.
5. Aytmasidan biling, so`ramasidan muhayyo qiling.
Ayollarning kayfiyati juda o`zgaruvchan, har daqiqada yangilanib turadi. Ammo ma`lum muddat kuzatib, yoringizni yaxshi bilib olsangiz, bu o`zgaruvchanlikdagi ma`lum qonuniyatni ilg`ab olasiz. Masalan, ob-havo, oy kunlari yoki g`iybatlar ta`sirida o`zgarishi mumkin bo`lgan kayfiyatni siz o`ta sezgir bir uskuna o`laroq boshqarib borishingiz mumkin. Olaylik, ayol kishi hayz oldi kunlari jizzaki bo`lib qoladi. Yana shirinlikka (ba`zilar aksincha, achchiq, sho`r narsalarga) o`ch bo`ladi. Demak, shu kunlari uyga u istagan narsalarni olib kelish, janjal chiqarishga bo`lgan urinishlarini esa hazil bilan engib o`tish talab qilinadi. Ikki kunda o`tib ketadi bu holat, ammo qancha kayfiyat buzilishiyu munosabatlar yomonlashishing oldini olgan bo`lasiz. Ba`zida esa shunchaki, “Onasi, nima bo`ldi, kayfiyating yo`q? Qo`y, menga sog`lig`ing kerak, ko`p siqilma. Muammoni ayt, hal qilamiz” degan samimiy hamdardlik, yupatish so`zlari eng a`lo shokoladdan ham yaxshiroq ta`sir qiladi.
6. Shunday tanqid qilingki, tanqidga o`xshamasin!
Ayollar erlarini ko`p tanqid qilganlari bilan, o`zlari tanqidni yomon ko`radilar. Murosayu madora esa doim kerak. Shuning uchun tanqidni maqtovdan boshlaysiz. Ayolni obdan maqtab, keyin “ayrim juz`iy kamchiliklari” haqida gapirish kerak.
7. Doim oz-ozdan bo`lsa ham e`tibor ko`rsatib turing, erinmang!
Sizningcha, gul ortiqcha harajat, ammo ayolingiz uni yaxshi ko`radi. Uch oyda bir marta bo`lsayam kutilmaganda uyga guldasta ko`tarib keling. Vaqti-vaqti bilan kichkina syurprizlar qilib turing, masalan, hatto o`sha ro`zg`orga kerak supurgini ham chiroyli sovg`a sifatida taqdim qilish mumkin: “Eskisi seni juda qiynab qo`yibdi, onasi, yangi supurgida yayrab supurging dedim-da”. Xullas, hamma narsani uning uchun qilayotganingizni sezdiring. Vaqt o`tishi bilan bu ish o`zingizga ham yoqa boshlaydi.
8. Tashqi ko`rinishini maqtang (biroz yolg`on ishlatsangiz ham mayli)
Ayol doim maftunkor bo`lishi kerak. Bu isbot talab qilmaydigan, yoshligimizdan ongimizga singdirilgan haqiqat. Shu sababli qizaloqlar yoshligidanoq kiyim-kechakka o`ch bo`ladi. Tushunaman, Suriya va Ukraina inqirozi, qimmatbaho qog`ozlar bozoridagi tarang ahvol manzarasida uning yangi soch turmagi va naqd to`rt soat davomida tanlagan bilaguzugini payqash juda mushkul. Ammo harakat qiling. Vaqti-vaqti bilan navbatchi shirin so`zlarni aytib turing, masalan, “bugun ochilib ketibsizmi?” Bu xushomadingiz juftingizni ko`nglini ko`tarishi, shubhasiz! Unutmang, har bir o`zgarish sizga yoqish istagi ortidan amalga oshiriladi.
9. Hech qachon qilmaydigan ishlaringizni aytib qo`ying.
Masalan, bolani yiqitib yuborsa yoki allergiyangiz qo`zg`ab turganini bilib ham moshli yoki no`xatli ovqat pishirsa, bunga toqat qila olmaysiz. Buni avvaldanoq bildirib qo`ying. Shuningdek, hech qachon sumkangni ko`tarib yurmayman, sen bilan kiyim-kechak olishga bozorga tushmayman, ota-onangnikiga borganda mendan uzoq o`tirishni talab qilma, degan narsalarni ham aytishga haqqingiz bor. Agar bir-ikki marta shu ishlarga mulozamat yoki odob yuzasidan ko`z yumsangiz-u, keyin talabni qat`iy qo`ysangiz, ayolingiz unga nisbatan munosabatingiz o`zgardi, sovib qoldi degan shubhalarga boradi. Shuning uchun (garchi 1-punktning takroriga o`xshab ketsa ham) buni qat`iy uqtiryapmiz.
Shahina tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар