Ayolning 3 muammosi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ayolning 3 muammosi
- Дата релиза: 10-02-16, 23:10
Rossiyalik mashhur psixolog, psixoterapevt
Mixail Litvak kitobi asosida ayolning 3 asosiy
muammosini tahlil qilamiz.
Hozirgi zamon oilasini 3 ga ajratishimiz
mumkin.
Ahil er-xotin;
Bir-biriga chidab yashaydigan er-xotin;
Bir-biriga hayolan yoki jismonan xiyonat
qiladigan er-xotin.
Demak, ahil oila deganda unda er-xotin bir-
birini tushunishga harakat qiladigan oilaga
aytsak, bir-biriga chidab yashaydigan oilaga
bola-chaqa, uzoq yillar, qaynona-qaynota,
kuchsizlik va o'zbekchilik deb yashab
kelayotgan er-xotinni kiritishimiz mumkin.
Baxtli va baxtsiz oila degan tushuncha
hayotda uchramaydi. Chunki har bir oila
hayot davomida baxtli va baxtsiz damlarni
boshidan kechiradi .
Bir-biriga hayolida yoki jismonan hiyonat
qiladigan er-xotinlar hozirgi kunda ko'payib
bormoqda. Bunday oilalarda erkak jismonan
xiyonat qiladi yoki bo'lmasa kamida ko'chada
boshqa ayollarga xavas bilan qarab yuradi.
Undan tashqari shunday oilalar borki, unda
xotin boshqa ayollarning eriga, topish-
tutishiga, muomilasiga, ko'rinishiga va boshqa
uning uchun ijobiy xususiyatlariga xavas bilan
qaraydi. O'z eri bilan boshqani erini solishtirib
yuradi. Bu ham hayoliy hiyonat desak
adashmaymiz.
Ahil bo'lmagan oilalarning asosiy sababchisi
etib Mixail Litvak ayolning 3 muammosini
belgilaydi:
1. Ayol o'z erini tarbiyalashni istaydi.
2. Uni uradigan, so'kadigan er bilan ham
muloyimgina bo'lib yashashda davom
etaveradi.
3. Aybi ko'p erkakni hurmat qilib
yashayveradi.
Ushbu muammolarni birma-bir ko'rib chiqsak.
1. Erkak uchun ayol avallambor malham
bo'lishi kerak. Suyanchiq, tayanchiq bo'la
oladigan ayolni erkak hurmat qiladi. Lekin
yosh bolani tarbiya qilgandek eriga aql
o'rgatadigan, tuppa-tuzuk erini bir yo'lga
solishni yoki uni o'zgartirishni maqsad qilgan
ayol erkakni nafratini uyg'otishi hech gap
emas. Erkak hadeb ayolidan tarbiya
ko'raversa, u ayoliga o'z onasidek qaraydigan
bo'lib qoladi. Uni jisniy istamay qoladi. Undan
o'zini zaifdek his eta boshlaydi. Natijada esa,
o'z qadrini o'z ko'zida oshirish uchun so'kish,
qo'pol gapirish, siltash, sovuqqon bo'lishni
boshlaydi.
2. Ayol qadrini bilmasa, hech qaysi erkak uni
qadrlay olmaydi. Litvakning aytishicha,
turmush qurishdan oldin ayol ham, erkak ham
avallo o'z qadrini bila olgan bo'lishi lozim.
O'zbek oilalarida tug'ilgan qizning qadri juda
past bo'ladi. "Qiz tug'ilibdi", deb, noliydigan,
qizni kamsitib katta qiladigan ota-onalar juda
ko'p. Bunday oilada katta bo'lgan qiz o'zini
qadrini bilmaydi. Er uni so'ksa ham, ursa ham,
men shunga loyiqman deb o'ylaydi. Chidashni
afzal ko'radi. To'g'ri, ajrashish bilan muammo
hal bo'lmaydi. Chunki bunday ayollar
ajrashgani bilan keyin erga tega olmaydi,
tekkan taqdirda ham yana kamsitiladi. Chunki
u hali o'zini qadrlashni bilmaydi. Ajrashish
ham kerak emas, chidash ham mumkin emas.
Ayol o'zini seva bilishi lozim. Erining
so'kishiyu, qo'l ko'tarishlariga chek qo'yish
yo'lini izlashi kerak. Bunga oddiy holdek,
hammani eri shunday deb, qarashi noto'g'ri.
Eri ursa, "Dadasi ovqat yeysizmi,"degandan
ko'ra, arazlab, hafa bo'lib, erkalanib, yosh
boladek nozlanib, kerak bo'lsa, artist bo'lish
talab etiladi. Erkak, yonida bir pol latta emas,
o'zini seva biladigan boshi tik ayolni ko'ra
olsa, unga oyoq artishi qiyinroq bo'ladi.
3. Ichadigan, yuradigan erkak bilan indamay
yashab yuradigan ayollar ham kam emas. Shu
erkak bilan yashashga biron sabab bordur
yashashda davom etadi. Yashayversin, lekin
ichish, hiyonat qilishlariga chidash kerak
emas.
U holda "Ichmang", "Yurmang" deb eriga kim
ayta olar ekan? Ayta olgan taqdirda ham kim
unga quloq solar ekan? Qaddi rostlangan
ayol! Hurmatga sazovor ayol. Boshi egilgan,
o'zini supurgidek his etadigan, ota-onasidan
yoshligida ko'plab kamsitishlar olgan ayol
emas. Erkak yonida o'ziga ishongan, ko'zlari
chaqnab turgan, ruhan kuchli ayolni ko'rsa,
uni hurmat qila oladi.
O'zbek ayollari esa ruhan kuchsiz bo'lib,
erkakdek jismoniy kuchi ko'p bo'ladi. O'zi
bemalol 20 kg kartoshkani bozordan olib
kelaveradi. Bunday ayol erini ko'zida ayolligini
bora-bora yo'qotadi. Bunday ayolning gapi
erkak uchun bir tiyin bo'lib qoladi. Erkak
ichishdan, hiyonat qilishdan bosh tortishi
uchun u yonidagi ayolning gapini eshita olishi
kerak. Yonida haqiqattan AYOLni ko'ra olsa,
eshitadi. Albatta eshitadi.
Dunyoning manaman degan podshohu
ulamolari ayolining birgina gapi bilan butun
bir davlatning siyosatini o 'zgartirib
yuborgani barchaga ayon bo 'lgan tarixiy
faktdir.
Nahotki, oddiy bir erkakni ayol o'z kuchi,
mehri, shirin so'zi va ayyorligi bilan yo'lga
sola olmasa? Shuni unutmaslik kerak, bu 1
kunlik ish emas.
Ayolning ushbu 3 maummosi tufayli oilalarda
ko'plab kelishmoqvchiliklar yuz beradi.
Oiladagi ahillik 90 foiz ayolga bog'liq desak
adashmagan bo'lamiz. Ayol birinchi navbatda
o'ziga nazar tashlashi lozim. Lekin o'zini
aybini izlash uchun emas, o'zidagi ayollik
kuchni, ayollik qadrini, ayollik go'zalligini
topish uchun.
Yuqorida ta'kidlangan 3 muammodan holi
bo'lgan ayol oila aravasini ravon yo'ldan olib
bora oladi.
Manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар