Bachadon bo'yni eroziyasi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bachadon bo'yni eroziyasi
- Дата релиза: 15-07-14, 15:05
1. Bachadon bo'yni eroziyasi faqat tuqqan ayollarda bo'ladimi?
Yo'q, bachadon bo'yni eroziyasi yosh qizlarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Lekin bu haqiqiy eroziya bo'lmay, balki adasheroziya hisoblanadi.
2. Adash eroziya sog'liq uchun zararli emasmi?
Agar uning darajasi yuqori bo'lmasa, oddiy davolanish yetarli bo'ladi. Lekin adasheroziya ayol qinigacha tarqalib ketgan bo'lsa, u hol onkologik jarayonni boshlanayotganidan dalolat berishi mumkin.
3. Bachadon bo'yni eroziyasini qanday bilsa bo'ladi?
Agar hayzdan tashqari bo'lgan payt ayolda qon chiqishi kuzatilsa, ayniqsa jinsiy aloqadan so'ng u kuchaysa darhol vrachga murojaat qilish kerak. Lekin ko'p hollarda eroziya hech qanday alomatsiz ham kechishi mumkin. Shuning uchun 1 yilda bir marta ginekolog qabulida bo'lish kerak.
4. Eroziyaning salbiy oqibatlari qanday?
Eroziya ko'pincha yallig'lanish natijasida kelib chiqadi. Yallig'lanishga turli hil infeksiyalar olib keladi. Bu infeksiyalarni vaqtida davolamasa, bachadon bo'yni patologik kasalliklari kelib chiqishi mumkin.
5. Eroziyani davolash usullari qanday?
- kimyoviy usul: azot bilan kuydirish, radioto'lqinlik ta'sir.
- operasiya usuli: bunda bachadon bo'yni eroziyaga uchragan qismi olib tashlanadi.
- elektrkuydirish
- lazerli kuydirish
Shuni ta'kidlash lozimki davolash usullarini ayrimlari tug'magan ayollar uchun xavfli, chunki bachadon bo'yni kuydirilgandan so'ng iz qoladi, bu esa erkak spermatazoidi bachadon tomon oson o'tishi uchun to'sqinlik ko'rsatishi mumkin.
6. Eroziya bepushtlik sababchisi bo'lishi mumkinmi?
Ha, ko'pincha bachadon bo'yni eroziyasi davolangandan so'ng tez homilador bo'lish imkkoniyati bor. Lekin davolanishni maxsus ginekolog amalga oshirish kerak, chunki yuqorida aytganimizdek ayrim davolash usullari homiladorlikka to'sqinlik qilishi mumkin.
7. Eroziya bo'lishiga nima sabab bo'ladi?
- Abort ko'p qilingan bo'lsa;
- Jinsiy hayot juda erta boshlangan bo'lsa;
- Jinsiy infeksiyalar;
- Noto'g'ri kontrasepsiya;
- Gormonal balansning buzulgani;
- Tug'ishdan so'ng yirtilish;
- Jinsiy a'zolarning shikkastlangani.

Смс Шерлар